Hayot faoliyati
Download 275.31 Kb.
|
Hayot faoliyati
Uzoq ezilish holati
Uzoq ezilish holati (Krash sindromi) ko‘plab yumshoq to‘qimalarning uzoq vaqt yopiq shikastlanishi natijasida kelib chiqadi. Uning umumiy va mahalliy belgilari mavjud. Umumiy belgilar: shok, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi asosiy belgilar hisoblanadi va kasallik oqibatini aniqlaydi. Uzoq ezilish holati yer qimirlashi paytida uchraydi. Ba’zan bitta oyoq yoki qo‘l bosilib qolishi mumkin. Qutqarib olingandan so‘ng qo‘l yoki oyoq oqargan, sog‘iga nisbatan sovuqroq, barmoq uchlari ko‘kargan bo‘ladi. Suyaklar ko‘pincha zararlanmaydi. Tomir urishi bilinmaydi. Bir necha kun ichida ezilgan qo‘l va oyoqlar shishib, ikki uch barobar kattalashib ketadi. Armanistondagi zilzila paytida kuzatilgan uzoq ezilish holatlari odatdagi ana shunday hollardan farq qilmaydi. Birinchi kunlardayoq jabr ko‘rganlarda ezilgan to‘qimalar va zararli mahsulotlar qonga so‘rilishi natijasida organizmning jarohatdan keyingi zaharlanish belgilari yuzaga keldi. Kasallikning ikkinchi davrida ham bemor darmoni qurib, qusadi, og‘ir hollarda 3-7 kunga kelib hushidan ketadi. Og‘ir zaharlanish oqibatida kelib chiqadigan yurak yetishmovchiligidan o‘lim sodir bo‘ladi. Yumshoq to‘qimalarning ezilish darajasi va qancha vaqt og‘irlik ostida bo‘lganiga qarab kasallikning yengil, o‘rtacha og‘irlikdagi, og‘ir va o‘ta og‘ir uzoq ezilish turlari farqlanadi.
Download 275.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling