Hayot faoliyati
Download 275.31 Kb.
|
Hayot faoliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- IX MAVZU. GIDROMETEOROLOGIK HOLATLAR BILAN BOG‘LIQ FAVQULODDA VAZIYATLAR HAMDA ULARDA XAVFSIZLIK QOIDALARIGA RIOYA ETISH
- Sel oqibatidagi tuproq yemirilishi
Nazorat savollari
1. Zilzilada qanday jarohat turlari ko‘p uchraydi? 2. Suyak sinishining qanday turlari mavjud? 3. Suyak sinishining qanday belgilari mavjud? 4. Qon ketishining turlarini ko‘rsating. 5. Uzoq ezilish holati nima? 79
Suv suyuq holatda o‘z massasini tutib tura olmaydi. Suvning aynan shu xususiyati uni yuqoridan pastga, tog‘lardan jilg‘alarga, ulardan soy va daryolarga qo‘shlishini, dalalar va bog‘- rog‘larga oqib borishini, yam-yashil maydonlar paydo bo‘lishini ta’minlaydi. Suv insoniyatga, uning yaratuvchilik ishlariga kattagina talofatlar keltirgan va hamisha real xavf solib turgan. Tarixda antik dunyo madaniyatining namunalari bo‘lgan dunyoning yetti ajoyib mo‘jizalarining 4 tasi turli tusdagi favqulodda vaziyatlar oqibatida vayronaga aylangan. 2004-yilning dekabrida Hind okeanida yuz bergan zilzila natijasida paydo bo‘lgan sunami 230 mingdan ortiq kishini nobud bo‘lishiga olib kelgan. Suvning shu xususiyati okean va yirik dengizlardan uzoq bo‘lgan mintaqa malakatlariga, shuningdek, mamlakatmizga ham sel, suv toshqini kabi xavflarni paydo qilib, og‘ir oqibatlarga olib kelgani ma’lum. Tasavvur etishingiz uchun 2011-yilning martida Yaponiyadan uncha uzoq bo‘lmagan suv ostida yuz bergan zilzila va uning oqibatlarini keltirishning o‘zi yetarli, deb bilamiz. Xonsyu oroli yaqinida yuz bergan zilzila natijasida Okean ostida uzunligi 380 va kengligi 190 km bo‘lgan yoriq paydo bo‘ldi. Aynan shu yoriqning paydo bo‘lishi natijasida o‘ziga xos chuqurlik vujudga keldi. Oqibatda juda katta massaga ega bo‘lgan suv har tarafdan bu chuqurlikka oqib keldi va bir necha daqiqalar ichida ulkan suv minorasini barpo etdi. «Suv minorasi» tezda orqaga qaytib, baland to‘lqin hosil qildi va katta tezlik bilan Tinch okeani sohillariga urildi. Yaponiyaning Fukusima shahri bu ulkan suv to‘lqinini o‘ziga qabul qilishga majbur bo‘ldi. Bu ulkan suv to‘lqini Yaponiya uchun juda katta yo‘qotishlarga sabab bo‘ldi. 80 Ma’lumki, sel – arabcha so‘z bo‘lib, shiddatli tog‘ oqimi, yaponcha yasunami – tog‘ to‘lqini ma’nosini beradi. Sel sekundiga 2-4 m. tezlikda harakat qiladi. Sel o‘z oqimiga ko‘ra o‘zi bilan juda ko‘p miqdorda tuproq, qum, tosh va boshqa jinslarni olib ketadi. Shu sabab, tiniq suvning vazniga nisbatan 2-3 baravarga ortadi. Sel qachon, qay vaqtda, qanday kuch bilan kelishini oldindan aytish ancha mushkul. Shu sabab, xalqimiz selni tabiatning o‘ta xatarli, falokat keltiradigan, kutilmagan ofati, deb bejiz aytmaydi. Chunki, u kun ochiq, jazirama issiq bo‘lib paytida ham paydo bo‘lishi va og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Sel toshqinlari juda katta hududdagi qishloq xo‘jaligi ekinlarini nobud qiladi, ko‘plab yerlarni ko‘mib tashlaydi, ko‘prik hamda ko‘plab gidrotexnik inshootlarni qo‘porib, aholi yashaydigan punktlarni yuvib ketadi, asfalt va temir yo‘llariga shikast yetkazib izdan chiqarib tashlaydi. Mamlakatimizning janubiy hududlari hamda umumiy hududining 90 %dan ortig‘i tog‘liklardan iborat bo‘lgan Qirg‘iziston va Tojikiston Respublikalarida juda katta sel kelish xavfi saqlanib kelmoqda. Mutaxassislar selni keltirib chiqaruvchi omillarni quyidagilar, deb bilishadi: muntazam jala quyishi va kuchli yomg‘ irlar yog‘ishi yuz berayotgan sellar 85 %ni, tog‘ qorlarining erishi 4 %ni, tog‘ suv havzalari, suv omborlari, muzlagan suv havzalari qirg‘oqlarining o‘pirilib ketishi 1,3 %ni va boshqa sabablar 9,7 %ni tashkil qilishi mumkin. Mamlakatmizda sel va suv toshqinlari mavsumiy xarakterga ega bo‘lib, u ko‘proq martiyul oylarida yuz beradi. Ayniqsa, aprel-may oylarida ularning ko‘plab yuz berish xavfi yanada ortadi. Qishqi yog‘ingarchilik me’yoridan ortiq bo‘lgan yerlarda sel toshqinlari ko‘proq kuzatiladi. Aksincha yog‘in kam bo‘lgan yillarda esa toshqin kam yuz beradi. Toqqa yaqin va tog‘li hududlarda qor-yomg‘irlar tushgan yillari sel toshqinlari havo haroratiga hamda yong‘ingarchilik miqdoriga qarab har xil bo‘lishi mumkin. 81 O‘zbekistonning toqqa yaqin va adir zonalaridagi kichikkichik soylardagi jala va yomg‘irlardan hosil bo‘lgan sel toshqinlari o‘zi bilan ko‘p miqdorda mayda tuproqlarni olib keladi, shiddat bilan o‘tib, katta yemirish kuchiga ega bo‘ladi (3-rasm). 3-rasm. Sel oqibatidagi tuproq yemirilishi Markaziy Osiyoda sodir bo‘ladigan sel va suv toshqinlarining 75 % O‘zbekiston hududiga to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonning Farg‘ona, Andijon, Namangan, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax va Toshkent viloyatlarida sel kelish xavfi mavjud. Respublikada 1852 ta sel kelish havzalari aniqlangan. Mamlakatda 178 ta sel to‘plagich joylari, 1200 km dan ortiq sel yo‘lini burib yuborish traktatlari qurilgan. 3 Farg‘ona vodiysidagi Farg‘ona tog‘ havzasini o‘rab turgan tog‘ yon bag‘ilarida 300 ga yaqin sel irmoqlari hosil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston hududidagi sel kelish ehtimoli bo‘lgan eng hatarli hududlardan biridir. Undagi tik yonbag‘irlar, qiyaliklar va irmoqlardan iborat tog‘ relyefi suv tog‘ jinslari harakatini, suv oqimlari harakatini tezlashtiradi. O‘zbekistonda kattagina vayronagarchiliklar olib kelgan sellar:
1998-yil 7 iyuldagi Shohimardon seli – 116 kishi nobud bo‘lgan, 118 kishi jarohatlangan. 3Ш. Убайдуллаев, А. Норбоев ва. «Чақирувга қадар бошланғич тайёргарлик» Т. «Илм-Зиё» – 2007, 23 бет 82 2002-yil 23 martdagi G‘uzor tumanidagi sel oqibatida - 56 ta bino, 3 avtomobil ko‘prigi vayron bo‘lgan, 7,5 km. Masofadagi avtomobil yo‘lini yuvib yuborgan. O‘zbekistonda selga qarshi amalga oshirilayotgan tadbirlarni ikkiga bo‘lish mumkin. Birinchisi, faol usul bo‘lib, bunda tog‘ yon bag‘irlarida daraxtzorlar bunyod etiladi, meliorativ ishlar amalga oshiriladi, ikkinchisi sust usul bo‘lib, bunda sel oqimlari boshqarib turiladi, sel omborlari va sel tutib qoluvchi inshootlar bilan toshqinlar to‘xtatiladi, suv o‘tkazish uchun sel o‘zanlari vaqti-vaqti bilan tozalab uriladi, qirg‘oqlar mustahkamlanadi, daryo chetlari marzalar bilan ko‘tariladi. O‘rmon melioratsiya ishlari selga qarshi kurashda eng faol tadbirlardan biri hisoblanadi. Download 275.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling