Hayot faoliyati
Selning yana bir xususiyati shundan iboratki
Download 275.31 Kb.
|
Hayot faoliyati
Selning yana bir xususiyati shundan iboratki, kuchli yomg‘ir
yoki jala natijasida paydo bo‘lgan sel yer usti qismidagi tuproqni yuvib ketishi, ya’ni yer yereoziyasiga yoki uning yemirilishiga olib kelishi mumkin. Chunki, mamlakatimizning tog‘ etagi adir zonalari asosan osongina yuvilib ketadigan tuproqlardan tashkil topgan aylanma nishabliklarga ega. Mana shu nishabliklarda jala-yomg‘irlar yig‘ilib, o‘zining yuqori zichligi va qovushqoqligi bilan suv oqimidan farqlanib turuvchi loy-suv suspenziyasidan (suvdagi jinslar aralashmasidan) iborat katta-kichik oqimlar hosil bo‘ladi. 1987-yilning bahor oyi boshlaridan oxirigacha yog‘ingarchilik bilan o‘tdi. Masalan, gidrometereologiya va atrof-muhitni nazorat qilish respublika boshqarmasi bergan ma’lumotlarga qaraganda, 1987-yilning aprel oyidan yog‘ingarchilik me’yorga nisbatan Toshkentda 200%, Angrenda, 250 %ni tashkil qildi. Ayrim tog‘li tumanlarda bu ko‘rsatkich 350 %gacha yetdi. Yog‘ingarchilikning bu xilda ko‘p bo‘lishi, albatta dalalarimiz, qir-adirlarimizda o‘t-o‘lanlarning serob bo‘lishini ta’minladi. G‘alla ekinlari yaxshi rivojlandi, ertangi ekinlar tez bo‘y cho‘zdi.
Ammo yog‘ingarchilikning bu qadar ko‘p bo‘lishi ba’zi tumanlar va qishloqlarda ancha tashvish keltirdi. Xalq xo‘jaligiga katta iqtisodiy ziyon yetkazdi. 83 Suv toshqini seldan o‘z xarakteri bilan farqlanadi. U suv o‘zanlarida suvning ko‘payishi, uning hajmini ortishi bilan bog‘liq holat hisoblanadi. Shu bois u uzoq vaqtgacha davom etishi katta zararlar keltiradi. Gidrologlar barcha suv toshish hollarini to‘rtga bo‘ladilar: Past – tekislik daryolarida 5-10-yilda bir marta kuzatiladi. Ba’zi oldindan tayyorgarlik tadbirlari ko‘rilganda ular uncha zarar yetkazmaydi.
Download 275.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling