va foydalanish muddati tugagan zaharli ximikatlar, shuningdek,
176,2 ming dona zaharli moddalar idishlari saqlanmoqda.
Respublikada 1989-yildan boshlab ifloslantiruvchi moddalarning
atmosferaga chiqarilishi 2,1 barobarga pasaydi, ifloslangan
oqava suvlarning tashlanishi ikki baravar kamaydi. Pestitsidlardan
foydalanish keyingi 5 yil davomida 4 baravarga qisqardi.
Kimyoviy zaharli moddalardan muhofazalanish
Ogohlantirish tadbirlari. Yashash joyingiz yoki ishxonangiz
yaqinida kimyoviy xavfli obyekt bor-yo‘qligini aniqlang. Agar
bo‘lsa, mazkur obyektdagi KXMning potensial xavfi va alohida
belgilari, xususiyatlari bilan tanishib chiqing. Aholini avariyadan
ogohlantiruvchi «Diqqat, barchaga!» signalining xarakterli
xususiyatlarini (sirena ovozi va korxonalarning qisqa gudoklari),
xabar berilganda harakat qilish tartiblari, xonalarni germetik
yopish, suv va oziq-ovqat muhofazasi qoidalarini eslab qoling.
O‘zingiz va oilangiz uchun paxta-dokali bog‘lamlarni tayyorlab,
ma’lum joyda saqlang. Shuningdek, kimyoviy xavfli
hududlardagi avariyalar vaqtida aholining harakati bo‘yicha
eslatmani ham saqlab qo‘ying. Imkoni bo‘lganda KXMning
tegishli turlaridan muhofaza qiladigan gazga qarshi gazniqoblar
olib qo‘ying.
Do'stlaringiz bilan baham: |