Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarning zaharlovchi
xususiyatlari
Is gazi - rangsiz va hidsiz gaz. Is gazining asosiy xavfli tomoni
shundaki, u o‘pka orqali qon hujayralariga tez kirib olib,
unda mavjud bo‘lgan kislorod o‘rnini egallaydi. Buning natijasida
organizmda kislorod yetishmovchiligi (gipoksiya) kelib
chiqadi.
Is gazi bilan zaharlanishni keltirib chiqaruvchi sabablar
Zaharlanish benzinli dvigatellar ishlashi (ishlangan gazlar)
dan, tabiiy gaz yonishidan, yong‘in paytida hamda ba’zi sanoat
obyektlarida ro‘y berishi mumkin. Yaxshi shamollatilmaydigan
113
yopiq xonalarda, masalan, garajlarda is gazi bilan zaharlanish
ko‘p sodir bo‘ladi. Avtomobil dvigatelini doim ochiq havoda
qizdirish lozim. Uni hech qachon cheklangan yopiq joyda
qizdirmaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |