Hayot faoliyati
Is gazi bilan zaharlanishning belgilari va alomatlari
Download 275.31 Kb.
|
Hayot faoliyati
Is gazi bilan zaharlanishning belgilari va alomatlari
Bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi. Nafas chalg‘ishi. Teri olcha rangini kasb etishi. Is gazining uzoq vaqt va bevosita ta’siri o‘limga olib kelishi mumkin. Ammiak– odatdagi sharoitda o‘tkir nashatir spirt hidi bor rangsiz gaz, havodan yengil. 33°C haroratda yoki yuqori bosimlarda osongina suyuq holatga o‘tadi. Suvda yaxshi eriydi va kislorodli muhitda yonadi. Ammiak bilan havoning quruq aralashmasining portlash xususiyati mavjud (harorat 18°C bo‘lib, aralashma tarkibida 16–28 % atrofida ammiak bo‘lsa). Bo‘g‘uvchan va nervotrop ta’sirga ega. Ammiak gazining odamlar yashaydigan hududda havodagi mumkin bo‘lgan miqdori 0,04 mg/m3, eng ko‘pi bilan 0,2 mg/m3 ga teng. Agar gazning miqdori 40,0 mg/m3 bo‘lsa, ko‘z achishib yoshlanadi hamda nafas olish yo‘llari qattiq achishadi. Gazning o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan miqdori 1500–2700 mg/m3. ga teng. Gazning suvdagi 10 %li eritmasi
Suyuq ammiak gazi sanoat miqyosidagi sovutgichlarda, sovutgich modda sifatida (go‘sht kombinati, sabzavotlar bazasi, baliq-konserva zavodlari) ishlatiladi. Ammiak gazi saqlash va ma’lum masofaga tashish uchun siqilgan holda 6–18 kgs/m3 bosimga ega holda metall idishlarda olib boriladi. Ammiak nafas olish yo‘llarini qichishtiradi, miya to‘qimasi faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi, qon quyulishini buzadi, xotirani pasaytiradi, ko‘z ko‘rish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘p miqdorda ta’sir etsa, odam vafot etadi. Ammiakdan zaharlanish belgilari: burun bitishi, yo‘tal, nafas qaytishi, ko‘zdan yosh oqishi, yurakning tez urishi. Xlor – odatdagi sharoitda qo‘lansa hidli, sarg‘ish-yashil gaz, havodan 2,5 baravar og‘ir. 34°C haroratda suyuq holatga o‘tadi. 114 Suv (20°C haroratda bir hajm suvda ikki hajm xlor eriydi) hamda organik erituvchilarda ham yaxshi eriydi. Kuchli oksidlovchi modda, mineral bilan, ko‘pchilik nomineral moddalar va organik moddalar bilan o‘zaro yaxshi ta’sirga ega. Bo‘g‘uvchi ta’siri bor. Havodagi mumkin bo‘lgan miqdori 0,03 mg/m3, agar moddaning miqdori 10 mg/m3 bo‘lsa, inson organizmiga salbiy ta’sir etadi, miqdori 2500 mg/m3 ni tashkil etsa, o‘limga olib kelishi mumkin. Xlor nafas olish yo‘llarini qichishtiradi, o‘pkani shishiradi, yuqori darajada quyuqlashgani esa o‘ldiradi. Zaharlanganlik belgilari – ko‘z jildi shilliq pardasining yallig‘lanishi, tanglay va tomoqning qizarishi, nafas qisishi, ovoz bo‘g‘ilishi, ko‘z yoshlanishi, azob beradigan quruq yo‘tal, shilimshiq va qon aralash balg‘am ajralishi, badan ko‘karishi, ko‘krakdagi og‘riq, hushdan ketish. Teriga ta’sir qilganda – qizarish va ekzema yuzaga keladi. Xlor odatda paxta-qog‘oz kombinatlarida, qog‘oz ishlab chiqarishda, rezina tayyorlashda, suvni tozalash stansiyalarida ishlatiladi.
suyuqliklardan og‘ir. Tez bug‘lanuvchi, suvda yerimaydi, har qanday yuzaga osonlik bilan singib ketadi. Simob bug‘lari havodan og‘irroq. Zichligi – 13,52 g/sm3. Erish temperaturasi – 390C, +357 gradusda qaynaydi. Tibbiy amaliyotda, ishlab chiqarishda nazorat o‘lchov asboblarida (termometr, barometr va manometr) ishlatiladi. Simob hayot uchun juda xavfli. Bug‘lanish maydoni qancha katta bo‘lsa xavf ham shuncha o‘sib boradi. Simob bilan zaharlangandaodamda umumiy holsizlik, og‘- riqli yutinish, og‘izda metal ta’mi, ko‘ngil aynishi, qusish,so‘lak oqishi, tana haroratini ko‘tarilishi,qorinda va oshqozonda og‘riqning paydo bo‘lishi, bosh aylanishi, oyoq-qo‘llarning qaltirashi, chayqalib yurish, ongning chalkashishi, gapirish qobiliyatining buzilishi, hushdan ketish kabi holatlar kuzatiladi. Yuqorida keltirilganlardan tashqari sanoatda sianid kislota, serovodorod, fosgen kabi zaharli kimyoviy moddalar ham ishlatiladi. 115
Download 275.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling