Hayot sug’urtasining uzoq va qisqa muddatli turlari. Hayot sug’urtasida sug’urta shartnomalarini tuzish reja


Download 1.74 Mb.
bet1/3
Sana07.03.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1247849
  1   2   3
Bog'liq
ХАЁТ СУГУРТАСИ


HAYOT SUG’URTASINING UZOQ VA QISQA MUDDATLI TURLARI. HAYOT SUG’URTASIDA SUG’URTA SHARTNOMALARINI TUZISH
REJA:

  1. Hayotni uzoq muddatga sug’urta qilish

  2. Hayotni ma’lum muddatga sug’urta qilish

3. Hayot sug’urtasida sug’urta shartnomalarini tuzishning
huquqiy jihatlari

1. Hayotni uzoq muddatga sug’urta qilish
Hayotni uzoq muddatga sug’urtaqilish shakli – bu sug’urtalangan shaxsning butun umri davomida vafot etishidan sug’urtalash bo’lib, bunda sug’urtahodisasi qaerda va qachon yuz berishi hech qanday rol o’ynamaydi. Shartnomada sug’urtalanuvchining sug’urtalovchi daromadida ishtirok etishi, investitsion daromadidagi ishtiroki va boshqa shu kabi holatlar ko’zda tutiladi va bu sug’urtahodisasining qachon yuz berishiga qarab sug’urtasummasining turlicha bo’lishiga olib kelishi mumkin. Sug’urtashartnomasning muddati belgilanmaydi. Sug’urtamukofoti bir martada yoki bo’lib-bo’lib sug’urtashartnomasi amala qilishi davomida to’lab borilishi mumkin. Sug’urtalangan shaxs 75-80 yoshga to’lgandan

keyin sug’urtamukofotini to’lashdan ozod etiladi. Sug’urtasummasi bir martada yoki bo’lib-bo’lib renta shaklida to’lanishi mumkin.


Sug’urtaqoplamasining ushbu turi, o’znomidan ko’rinib turibdiki, boquvchini yo’qotish holatlarida oila uchun daromadni ta‘minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Sug’urtasummasi oila boquvchisi vafot etgan paytdan boshlab to shartnoma yakunlangunga qadar qismlab to’lab boriladi. Ba‘zida joriy qiymat yoki kelishib olingan summa qismlab to’lash o’rniga boquvchi vafot etishi bilan bir martada to’lanishi mumkin.
Bu muddatli sug’urtaqildirishning nisbatan arzon varianti hisoblanadi, chunki sug’urtaqildiruvchi qanchalik uzoq yashasa, u o’lgan taqdirda shunchalik kam pul to’lash zarur bo’ladi. Agarda u shartnomaning amal qilish muddati yakunlanadigan paytga kelib tirik bo’lsa, sug’urtaqildiruvchi umuman hech nima olmaydi.
Ushbu variantning asosiy xususiyatlari quyidagicha:
- o’lim bo’yichato’lovlar qismlab amalga oshiriladi,
- polislar nisbatan arzon bo’ladi,
- to’lovlar foyda sifatida ko’rib chiqilishi va soliqqa tortilishi mumkin.

Sug’urtasummasi o’sib oila daromadlarini sug’urtaqildirish.


Inflyasiya oila daromadlarini sug’urtaqildirish polislari bo’yichato’lovlar qimmatini «eb qo’yadi» va buning o’rnini to’ldirish uchun hayotni sug’urtaqildirish bo’yichaayrim kompaniyalar to’lovlar hajmi polisning amal qilish muddati davomida kelishib olingan miqdorda o’sib boradigan polislar taklif etadi. Ayrim polislar bo’yichato’lovlar sug’urtamukofotlari to’lash paytidan boshlab o’sadi, boshqa polislar bo’yichaesa – sug’urtaqildiruvchi o’lgan paytdan boshlab to’xtaydi o’sib boradigan to’lovlar inflyasiyadan ma‘lum bir himoya beradi.
To’lovlar darajasi to’lovlarni kiritish jarayonida o’sa boshlaydigan polislar sug’urtaqildiruvchining o’limidan so’ng ular bo’yichaindeksatsiya to’xtatiladigan polislardan qimmatroq bo’ladi. Polislarning ushbu turi, ehtimol, boqimandalarni himoya qilish uchun eng to’g’ri keladi, lyokin bu polislarni xarid qilish ham 65

VICH-infeksiya va OITS keng tarqalib ketganligi tufayli oxirgi paytlarda qiyinlashgan.





Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling