Hayot sug’urtasining uzoq va qisqa muddatli turlari. Hayot sug’urtasida sug’urta shartnomalarini tuzish reja


Hayotni ma’lum muddatga sug’urta qilish


Download 1.74 Mb.
bet2/3
Sana07.03.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1247849
1   2   3
Bog'liq
ХАЁТ СУГУРТАСИ

2. Hayotni ma’lum muddatga sug’urta qilish
Hayot sug’urtasi insonlarga ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning butun kompleksini hal etish imkonini beradigan katta hajmdagi sug’urta kafolatlari va investitsion xizmatlarning to’plamini taqdim etadi. Shartli ravishda ushbu xizmatlarni 2 guruhga ajratish mumkin: ijtimoiy va iqtisodiy. Birinchi guruh vazifalarning amalga oshirilishi davlat ijtimoiy sug’urtasi va ta‘minoti tizimidagi etishmovchiliklarni boshqarish imkonini bersa, ikkinchi vazifalar guruhining bajarilishi esa bir tomondan shaxsiy daromadlarning oshishiga olib kelsa, ikkinchi tomondan butun moliya-kredit operatsiyalarini amalga oshirish paytida zarur bo’lgankafolatni taqdim etadi.
Qonuniy hujjatlarga muvofiq zimmasiga hayot sug’urtasi bo’yichabelgilangan tartibda shartnoma tuzish majburiyati yuklatilganlar hayot sug’urtasi bo’yichaalohida maqsadlarni belgilashi mumkin, masalan xavfli va zararli mehnat sharoitidagi ishchilarning hayot sug’urtasi, davlat xizmatidagi shaxslar hayot sug’urtasi.
Shunday qilib fuqaro hayot sug’urtasi shartnomasini o’zoilasini barvaqt o’lim xavfidan saqlash maqsadida, yoki kelgusi moliyaviy ehtiyojini ta‘minlash uchun investitsion maqsadda tuzishi mumkin. Shuning uchun uzoq muddatli hayot sug’urtasi favqulodda muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajarishga va bu orqali davlatni qo’llab-quvvatlashga imkon beradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida hayot sug’urtasi ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni ta‘minlashning muhim bir mexanimi bo’lib xizmat qiladi.
Hayotni ma‘lum muddatga sug’urtaqilish shakli qadimgi va an‘anaviy sug’urtaturi hisoblanadi. Bunda sug’urtashartnomasi ma‘lum belgilangan davrga (bir yil, besh yil, o’n yil), va sug’urtasummasi naf oluvchiga faqatgina sug’urtalanuvchi shartnoma amal qilish davrida vafot etganda beriladi.

Ushbu sug’urtaturi sug’urtalanuvchining vafot etishi hodisasida sug’urtato’lovini amalga oshirishning eng yuqori kafolatini beradi va eng minimal sug’urtamukofotini belgilaydi. Uning asosiy maqsadi - sug’urtalangan shaxsning bevaqt vafot etishidan ko’riladigan zarardan uning oila-a‘zolarini himoya qilishdir.
Sug’urtamukofoti shartnoma amal qilishi davomida to’lab boriladi. Shartnoma sug’urtalanuvchining sug’urtalovchi daromadida ishtirokini ham, investitsion daromadidagi ishtirokini ham va boshqa shu kabi holatlarni ko’zda tutmaydi. Sug’urtahodisasi yuz berganda sug’urtasummasini to’lash bir martada yoki bo’lib-bo’lib renta ko’rinishida to’lanishi ham mumkin.
Muddatli sug’urtabelgilangan vaqt davrini qamrab oladigan hayotni sug’urtaqildirish bo’yichashartnomalarning boshlang’ich (bazaviy) turi hisoblanadi. shbu shartnomalar turining bir necha xil variantlari mavjud:
- qayd qilib qo’yilgan muddatli sug’urta;
- qayta tiklanadigan muddatli sug’urta;
- konvertatsiyalanadigan muddatli sug’urta;
- sug’urtasummasi kamayib boradigan muddatli sug’urta;
- sug’urtasummasi o’sib boradigan muddatli sug’urta;
- oila daromadlarini sug’urtaqildirish;
- sug’urtasummasi o’sib oila daromadlarini sug’urtaqildirish.

Keling, bu variantlarga xos bo’lganustunliklar va mukofotlarni taqqoslaymiz va ularning har birini qo’llash bo’yichashartlarni ko’rib chiqamiz.


1. Qayd qilib qo’yilgan muddatli sug’urta.

Bu muddatli sug’urtaqildirishning eng oddiy va shu bilan bir paytda arzon varianti hisoblanadi, chunki shartnomaning amal qilish muddati davomida doimiy bo’lib turadigan mukofot evaziga hayotni sug’urtaqilish bo’yichasug’urtakompaniyasi sug’urtaqildiruvchi shartnomaning amal qilish muddati yakunlangunga qadar o’lgan hollarda sug’urta summasi to’lash majburiyatini o’zzimmasiga oladi. Bu muddat yakunlangach, polis o’z qiymatini yo’qotadi.


Ushbu variantning asosiy jihatlari quyidagilardan iborat:
- sug’urtamukofoti pastligi, sug’urta qoplami cheklangan vaqt davomida amal qiladi,
- sug’urtamukofoti va summasi shartnomada qayd qilib qo’yiladi,
- polisnning joriy qiymati va na qayta xarid qilish summasi mavjud emas,
- shartnoma tugagandan so’ng to’lovlar yo’q,
- mukofotlar kiritish kelishib olingan kutish muddatidan o’tib ketgan hollarda polis amal qilishni to’xtatadi.
Ushbu polisdan foydalanishning ehtimoli eng yuqori bo’lganvariant – qarz oluvchining o’limi holatida qarzning qaytarilishini ta‘minlash.
2. Qayta tiklanadigan muddatli sug’urta.

Muddatli sug’urtaning ushbu varianti shu bilan ajralib turabiki, shartnoma sug’urtaqildiruvchining istagi bilan bevosita shartnoma muddati tugashi bilan tibbiy tekshiruvsiz uzaytirilishi mumkin. Ushbu polislar uchun yosh bo’yichacheklovlar qo’llanishi mumkin (masalan, 65 yoshgacha).


Shartnoma muddati uzaytirilgan hollarda sug’urtamuofotlari sug’urtaqildiruvchining yoshini hisobga olgan holda oshiriladi va takroriy uzaytirish imkoniyati mavjud bo’ladi.
Mazkur variantning asosiy xususiyatlari quyidagicha:
- polisning amal qilish muddati tibbiy tekshiruvsiz uzaytirilishi mumkin;
- polis navbatdagi muddat yakunlanganidan so’ng uzaytirilishi yoki qayta tiklanmasligi mumkin;
- shartnoma muddati uzaytirilganda sug’urtamukofotlari sug’urtaqildiruvchining yoshini hisobga olgan holda oshiriladi. Sug’urtamuddati 20 yilga teng bo’lganpolis xarid qilish o’rniga 45 yoshli kishi unga shartnomaning amal qilish muddatini har besh yilda uzaytirish huquqini beradigan besh yillik qayta tiklanadigan polis xarid qilishi mumkin
3. Konvertatsiyalanadigan muddatli sug’urta.

Qayd qilib qo’yilgan muddatli sug’urtaning ushbu varianti shartnoma amal qiladigan muddatning istalgan qismida sug’urtaqildiruvchiga sug’urtamukofotlarining hammasini yoki bir qismini umrbod sug’urtapolisiga yoki qolgan umrni sug’urtaqildirish polisiga konvertatsiyalash imkonini beradi. Mukofot stavkasini belgilash sug’urtaqildiruvchining konvertatsiya paytidagi yoshi uchun qolgan umrni sug’urtaqildirish yoki umrbod sug’urtayangi polisi bilan bir xilda amalga oshiriladi.


Ushbu polis variantining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
- qolgan umrni sug’urtaqildirish yoki umrbod sug’urtapolisiga konvertatsiya qilish imkoniyati;
- badallarning hammasi yoki bir qismi konvertatsiya qilinishi mumkin;
- ushbu variant bo’yichamukofot konvertatsiya qiymatini kompensatsiyalash uchun biroz yuqori.

Polislarning ushbu turi ssuda ta‘minoti sifatida ham qo’llanishi, konvertatsiya esa uni kelajakda jamg’arib boriladigan ssudaga aylantirish usuli sifatida foydalanilishi mumkin.


4. Sug’urtasummasi kamayib boradigan muddatli sug’urta.

Muddatli sug’urtaning ushbu variantida polis amal qilish muddatining oxirida nolga teng bo’ladigan har yili belgilangan miqdorda pasayib boradigan sug’urtasummasi ko’zda tutiladi.


Ushbu variantga quyidagilar xos:
- mukofot doimiy bo’lib qolaveradi;
- qolgan sug’urtasummasi juda kichik bo’lib, mukofotni to’lashdan bo’yin tovlashning oldini olish uchun mukofotni to’lash davri shartnomaning amal qilish muddatidan kichik bo’lishi mumkin;
- mukofot hatto qayd qilib qo’yilgan muddatli sug’urtadan hams past bo’lishi yoki kamroq vaqt to’lanishi mumkin.

Muddatli sug’urtaning ushbu varianti odatda kamayib boradigan qarzni qoplash uchun, masalan, sug’urtasummasi uy uchun to’lanmagan qarz miqdori bilan bir xil proporsiyada kamayib boradigan pulini bo’lib-bo’lib to’ash sharti bilan xarid qilingan uy bo’yichaqarzlarni qoplash uchun foydalaniladi.


5. Sug’urtasummasi o’sib boradigan muddatli sug’urta.

Sug’urtaqoplamining ushbu turi shartnomaning amal qilish muddati davomida pulning qimmati pasayib ketishi sababli sug’urtaqoplamining real qiymatini pasaytiradigan inflyasiya ta‘sirini hisobga olish uchun qo’llanadi. Bunga yoki sug’urtasummasini har yili belgilangan foizga oshirish hisobiga, yoki oshirilgan summa bilan birga uzaytirilishi mumkin bo’lganqisqa muddatli polislardan foydalanish yordamida erishish mumkin. Odatda to’g’ri keladigan inflyasiya koeffitsientini hisobga olgan holda qayta hisob-kitob qilishning indeksli usulidan foydalaniladi.


Ushbu variantga xos bo’lganxususiyatlar quyidagilardan iborat:
- sug’urtaqoplami summasi tibbiy tekshiruvsiz polisning amal qilish muddati davomida o’sib boradi;
- sug’urtamukofotlari sug’urtasummasining o’sishi bilan birgalikda o’sib boradi;
- sug’urtamukofotlari polis uzaytirilganda sug’urtaqildiruvchining yoshiga muvofiq o’sib boradi;
- boshlang’ich sug’urtamukofotlari ekvivalent qayd qilingan muddatli sug’urtaqildirishda bo’lganholatdan ko’ra yuqori;
- sug’urtaqoplami 60-65 yoshgacha amal qilishi mumkin.

VICH-infeksiya va OITS keng tarqalib ketganligi tufayli oxirgi paytlarda bu polislarni xarid qilish qiyinlashgan.





Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling