Hayot va tafakkur elementi


Download 59.34 Kb.
bet1/2
Sana11.10.2023
Hajmi59.34 Kb.
#1698694
  1   2

16.2.Fosfor
Fosfor, 1669 yil (Brand, Germaniya) alkimyoviy filosofik toshni izlash natijasida (siydikni haydashda qoladigan qoldiqdan aniqlagan) ochgan. Fosfor nomi yunoncha yorug’lik sochuvchi so’zidan olingan. A.Yu. Fersman fosforning ahamiyatini yuqori baholab, uni “Hayot va tafakkur elementi” deb atagan.
Tabiatda

Olinishi

Fosforning allotropik shakl ko‘rinishlari. Quruq probirkaga karbonat angidrid to‘ldiring. Probirkaga qizil fosfordan no‘xat kattaligidek soling. Probirka og‘zini paxta bilan berkitib, shtativ qisqichiga gorizontal holda mahkamlang. SHundan keyin probirkaning qizil fosfor joylashgan qismini gaz alangasida ohista qizdiring. Probirka devorining sovuq qismida oq fosfor dog‘lari hosil bo‘lishini kuzating. Probirka bir oz sovugach, uning og‘zidagi paxtani qisqich yordamida olib, stakandagi mis sulfat eritmasiga tashlang. Probirka devorida yopishgan oq fosforni shisha tayoqcha yordamida kirib oling va havoga chiqaring. Nima sodir bo‘ladi? Fosforning qaysi allotropik modifikatsiyasi kimyoviy jihatdan aktivroq? Bu tajribada qanday tasdiqlanadi? Fosforning yonish reaksiya tenglamasini yozing.
1-tajriba. Bir xil og'irlik miqdorida olingan ammoniy xlorid va kalsiy gidroksidni chinni hovonchada yaxshilab aralashtiring. Probirkaning 1/3 qismiga qadar aralashma soling va probirkani shisha nay o'rnatilgan probka bilan berkiting, shtativga o'rnating (16.2.1-rasm). Aralashmani sekin qizdiring. Ajralib chiqayotgan gazni ehtiyotlik bilan hidlang. Shisha nay uchiga suv bilan ho’llangan qizil lakmus qog’ozni tuting. Bunda nima sodir bo’ladi?Shisha tayoqchani konsentrlangan xlorid kislotaga botirib olib, gaz chiqayotgan nay uchiga yaqinlashtiring. Nima kuzatiladi?


2-tajriba. Fosforga nitrat kislotaning ta'siri.Probirkaga 0,1-0,2 g qizil fosfor soling va unga 3-5 ml HNO3 qo'shing. Probirkani shtativga qiya xolda o'rnating va kuchsiz qizdiring. Jarayonni borishini kuzating. Agar xamma fosfor reaksiyaga kirishib tamom boimasa yana nitrat kislota qo'shing, Gaz ajralishi butunlay tugagandan so'ng qizdirishni to'xtating. Reksiya natijasida ortofosfat kislota va azot (II) oksid hosil bo'lishini hisobga olib reaksiya tenglamasini yozing.

Download 59.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling