Hayot va tafakkur elementi
-tajriba. Fosfat kislota tuzlarining gidrolizi
Download 59.34 Kb.
|
1 2
3-tajriba. Fosfat kislota tuzlarining gidrolizi.Uchta probirka oling. Probirkalardan biriga natriy ortofosfat, ikkinchisiga natriy gidrofosfat va uchinchisiga natriy digidrofosfal tuzlari eritmalaridan quying. Uchala probirkaga universal indikator qog'ozini tushuring va muhitini aniqlang. Har bir tuzning gidroliz tcnglamalarini molekulyar va ion ko'rinishida yozing va xulosa chiqaring.
Metafosfat va ortofosfat kislotalarining olinishi_.: a) metafosfat kislotasining olinishi. Oz miqdordagi fosfat angidridni soat oynasiga qo‘ying. Fosfat angidrid batamom suyuqlangandan keyin 1-2 tomchi neytral lakmus eritmasidan tomizing va uning rangining o‘zgarishini belgilang. Reaksiya tenglamasini yozing: 1) metafosfat kislotasining olinishi; 2) hosil qilingan kislotaning dissotsiatsiyasi. b) ortofosfat kislotasining olinishi: Probirkaga qizil fosfordan no‘xatdek bo‘lakchasini soling va 5-6 tomchi konsentrlangan nitrat kislotasidan quying. Probirkani shtativga qiya holda maxkamlang va kuchsiz gaz alangasida gaz ajralib chiqa boshlaguncha qizdiring. Qizdirishni to‘xtating. Ortofosfat kislota hosil bo‘lganiga ishonch hosil qiling va probirkadagi eritma sovugandan keyin PO43- ioniga hos, ammoniy molibdat bilan sifatiy reaksiya o‘tkazing: H3PO4+12(NH4)2MoO4+21HNO3=(NH4)3H4[P[Mo2O7)6]+21NH4NO3+10H2O. Buning uchun probirkaga 5-6 tomchi ammoniy molibdatning to‘yingan eritmasidan tomizing, unga bir necha tomchi HNO3va 1-2 tomchi tajribada olingan eritmadan qo‘shing. Probirkani eritmasi bilan suv hammomida qizdiring. Sariq cho‘kmaning tushishi ortofosfat kislotasining hosil bo‘lishidan dalolat beradi. Quyidagilarni yozing: a) azot oksidi hosil bo‘lishini hisobga olib, ortofosfat kislotasining olinish reaksiya tenglamasi; b) ortofosfat kislotasining bosqichli dissotsiatsiyasi; v) kalsiy va uch valentli temirga muvofiq keladigan bu kislotaning turli tuzlarining formulalarini yozing va ularni nomlang. Ortofosfat kislotasining kam eriydigan tuzlarini olish. a) bariy gidrofosfatning olinishi..Probirkaga 4-5 tomchidan bariy xlorid va natriy gidrofosfat (Na2HPO4) eritmalaridan quying. Ajralib chiqqan cho‘kmaning rangini belgilang. Bariy gidrofosfat hosil bo‘lishini hisobga olib, reaksiyaning molekulyar va ionli tenglamalarini yozing. b) temir va alyuminiy fosfatlarining olinishi. 2 ta probirkaga quyidagi tuzlarning eritmalaridan 3-4 tomchidan quying: birinchisiga temir (III) xlorid, ikkinchisiga alyuminiy sulfat. Har bir probirkaga 2-3 tomchidan natriy atsetat va natriy gidrofosfat tuzlarining eritmasidan quying. Tushgan cho‘kmalarning rangini belgilang. Normal tuz hosil bo‘lishini nazarda tutib, reaksiyalarning molekulyar va ionli tenglamalarini yozing. Uch valentli temir va alyuminiy fosfatlar mineral kislotalarda eriydi va sirka kislotasida erimaydi. Atsetat ioni vodorod ionlarini bog‘laydi va kam dissotsialanadigan sirka kislotasini hosil qiladi. Fosfat kislota tuzlarining termik parchalanishi. Natriy digidrofosfatning parchalanishi. 2 ta probirkaga natriy digidrofosfat kristallaridan 2-3 donadan soling. Bitta probirkani kontrol sifatida qoldirib, ikkinchisini shtativga mahkamlang va past gaz alangasida 3-5 minut qizdiring, keyin sovuting. Ikkala probirkaga 3-5 tomchi distillangan suv quyib, tuzlarni eriting va 2-3 tomchidan kumush nitrat eritmasidan quying. CHo‘kma ranglarining farqini belgilang. Reaksiya tenglamalarini yozing: a) natriy metafosfat hosil bo‘lishi bilan boradigan natriy digidrofosfatning parchalanishi; b) natriy digidrofosfat va metafosfatlarning kumush nitrat bilan ta’siri. Ortofosfat kislotasining qaysi tuzlari o‘g‘it sifatida ishlatiladi? Fosfor, oltinggugurt va xlor hamda azot va fosforlarning kislorodli tuzlarini kuchi bo‘yicha taqqoslang? Fosfat kislota tuzlarining gidrolizi. Uchta probirka olib, ularning xar biriga 3-5 ml dan distillangan suv quying va har qaysi probirkadagi suvga lakmusning neytral eritmasidan 5-6 tomchidan tomizing. Birinchi probirkaga uchlamchi natriy fosfat tuzi kristalidan oz-ozdan soling. Uchinchi probirkani kontrol uchun saqlang. 1- va 2- probirkalarga solingan tuzlarni shisha tayoqcha bilan aralashtirib eriting. Kontrol probirkadagi indikatorning rangini 1- va 2- probirkalarning rangi bilan solishtiring. Uchlamchi va birlamchi natriy fosfat tuzlari gidrolizlanganda, reaksiya muhiti qanday bo‘lishini qayd qiling. Keyin kontrol probirkaga ikkilamchi natriy fosfat kristallaridan ozroq solib eriting. Indikator rangining o‘zgarishini 1- va 2- probirkalardagi indikator rangiga solishtiring. Reaksiya muhitini aniqlang (reaksiya muxitini aniqlash uchun universal indikator shimdirilgan maxsus qog‘ozlardan xam foydalanish mumkin. U holda xar bir tuz eritmasiga botirib olingan universal indikatorli qog‘ozning rangi etalonning rangi bilan solishtiriladi va rN aniqlanadi). Har bir tajriba uchun reaksiya tenglamalarini molekulyar va ionli xolda yozing. Download 59.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling