“Hayot yo’li education center”


Download 27.98 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi27.98 Kb.
#1036578
Bog'liq
10-sinf nazorat


10-sinf nazorat

“IMPULS EDUCATION”




1.Yorug’lik bosqichi xloroplastlarning qayerida kechadi?
A)granular; B)stroma;
C)tilokoidlar; D)ribosomalar;
2. Meyoz jarayoni asosida qanday o’zgaruvchanlik yotadi?
A)ontogenetik; B)mutatsion;
C)modifikatsion; D)kombinativ;
3. Fotosintezning qorong‘ilik bosqichi boshlang‘ich mahsulotlar sifatida ……… ishtirok etadi . Nuqtalar o`rniga tegishli raqamlarni qo`ying.
1)glukoza; 2)CO2; 3)suv; 4)ATF; 5)ADF; 6)xlorofill; 7)NADF·H;
A)2,4,7; B)1,3,5; C)2,4,6; D)3,5,7;
4. Interfazaning ketma-ket keladigan har uchala davrida ham sintezlanadigan moddalarni aniqlang.
A)azotli asoslar, fermentlar;
B)sentriolalar, mikronaychalar;
C)tubulin, gistonli oqsillar;
D)RNK, oqsil molekulalari;
5. Reduksion bo’linish meyozning qaysi bosqichidan boshlanadi?
A)Telofaza I; B)Profaza I; C)Anafaza I; D)ProfazaII;
6. Bir tanada ♂ va ♀ jinsiy a’zosiga ega bo‘lgan avtotrof (a) va geteratrof (b) organizmlarni ko‘rsating.
A)a-na’matak, ituzum, lola; b-rishta, exinakokk, cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi;
B)a-turkiston ismalog‘i, bug‘doy, funariya; b-qoramol tasmasimon chuvalchangi, exinakokk;
C)a-olma, archa, no‘xat; b-gidra, yomg‘ir chuvalchangi, oq planariya;
D)a-qarag‘ay, makkajo‘xori, gilos; b-oq planariya, olabug‘a baliq, exinakokk;
7. Ko’p yillik o’simliklarda ko’p marta takrorlanuvchi davr qaysi?
A)Yoshlik; B)Qarilik; C)Ko’payish; D)Embrional;
8. Kolovratkada jins aniqlanishining qaysi tipi uchraydi?
A)singam; B)progam; C)epigam; D)sitogam;
9.Hujayra siklining turli bosqichlarida genom - DNK (M) miqdori to‘g‘ri ifodalangan javobni aniqlang?
A)M DNK [G1] = M DNK [meyoz profaza II];
B)M DNK[meyoz profaza II] = 2xM DNK [meyoz profaza I];
C)M DNK [G1] = M DNK [G2];
D)M DNK [meyoz profaza I] < M DNK [meyoz profaza II];
10. Modifikatsion o`zgaruvchanlikka xos xususiyatlarni aniqlang.
1)dominant yoki retsessiv xarakterga ega; 2)irsiylanmaydi;
3)irsiylanadi; 4)norma reaksiyasi bilan chegaralangan;
5)belgilarning o’zgarishlari chegaralanmagan;
6)guruhli xarakterga ega.
A)4,6; B)1,3; C)2,5; D)5,6;
11. O’roqsimon anemiyada qanday genotipli organizm bolalikda nobud bo’ladi?
A)geterozigota; B)dominant gomozigota; C)retsessiv gomozigota; D)nobud bo’lmaydi;
12. 780 ta nukleotiddan iborat DNKmolekulasida timin nukleotidlari 30% ni tashkil etsa, shu fragmentdagi jami vodorod bog'lar soni (a), DNK asosida sintezlangan oqsil molekulasidagi peptid bog'lar soni (b) ni aniqlang.
A) a - 624; b – 80; B) a - 936; b – 130;
C) a - 624; b – 104; D) a - 936; b – 129;
13.Bir qator bo’lib joylashgan qisqa shakldagi hujayralardan tashkil topgan orgaznizmda jinsiy ko’payishning qaysi usuli kuzatiladi?
A)izogamiya; B)geterogamiya;
C)oogamiya; D) poliembroniya;
14. Oktoploid karam navida urug’lanish natijasida bir nechta zigota hosil bo’ldi. zigotlardagi xromasomalarning umumiy soni 21600 bo’lsa, qo’sh urug’lanishda ishtirok etgan spermiylar sonini toping.
A)1200; B)1550; C)300; D)600;
15. Ulotriksni ko`payishida 64 ta ikki xivchinli hujayrava 16 ta to’rt xivchinli hujayra hosil bo`ldi. Shu hujayralardan jami nechta yangi ulotriks ipi hosil bo`ladi?
A)144; B)272; C)80; D)96;
16. Genom (a) va gen (b) darajasidagi mutatsiyalarni to’g’ri juftlang.
1)Daun sindromi; 2)fenilketonuriya; 3)albinizm; 
4)Shershevskiy-Terner sindromi; 5) Klaynfelter sindromi;
A)a-3,4,5; b-1,2; B)a-2,4,5; b-1,3;
C)a-1,4,5; b-2,3; D)a-1,3,4; b-2,5;
17. Tiriklikning populyatsiya-tur (a), organizm (b) darajalari bilan bog’liq jarayon va tushunchalarni juftlab ko’rsating.
1)soxta kashtan changdonida megasporaning meyoz bo’linishi; 2)olma mevaxo’ri qurtining metamorfozi; 3) hujayra ribosomasida gemoglobin sintezi; 4)azotning davriy aylanishi; 5)o’rmonda o’tlar, chigirtkalar va hashoratxo’r qushlarning o’zaro munosabati; 6)qirg’ovulning manjuriya va yapon kenja turlarini paydo bo’lishi;
A)а –6, b–2; В)а–1, b–2; С)а–6, b–4; D)а–3, b–5;
18. Alligatorning embrional rivojlanish bosqichlari ketma-ketligi to’g’ri keltirilgan javobni aniqlang.
1)suyak; 2)zigota; 3)blastomer; 4)blastula; 5)nerv nayi; 6) eritrositlar tarkibida gemoglobin sintezi; 7)gastrula; 8)ektoderma hosil bo’lishi;
A)1,2,7,4,8,6,5,1; B)2,3,1,5,4,7,8,6;
C)2,3,4,7,8,6,5,1; D)3,4,2,8,7,5,6,1;
19. Diploid navli makkajo’xori changdonidagi dastlabki jinsiy hujayralar soni 1260 tani tashkil etadi. Bu hujayralar meyoz va mitoz bo’lindi. Qo’sh urug’lanishda makkajo’xori
spermiylarining 40%i qatnashgan bo’lsa, urug’lanishda qatnashmagan spermiylardagi xromosomalar soni urug’lanishda qatnashgan spermiylardagi xromosomalar sonidan qancha ko’p?
A)13650; B)20160; C)50400; D)40320;
20. DNK fragmentida A soni 600 ta, G soni 2400 ta bo’lsa, shu DNK fragmentida nechta H3PO 4 (a), dezoksiriboza (b), azot asoslari (c) mavjud ekanligini aniqlang.
A)a - 600; b-2400; c-3000;
B)a-6000; b-3000; c–6000;
C)a-6000; b-6000; c–6000;
D)a-3000; b-6000; c-3000;
21.Mavsumiy bioritmlarni aniqlang.
1)arterial bosim; 2)xazorezgilik; 3)hayvonlarning tullashi; 4)mitoz bo’linish tezligi; 5)bo’rsiqning qishki uyquga ketishi; 6)leykotsitlarning miqdori.
A)1,4,6; B)2,4,6; C)2,3,5; D)5,3,4;
22. Homo sapiensning somatik hujayralaridagi xromasomalar soni Zea maysning markaziy hujayralaridagi xromasomalardan necha % ga ortiq?
A)65; B)230; C)2; D)130;
23. Sichqonlarda junning rangi 2 ta birikmagan C va B bilan belgilanadi. C geni to’liq dominantlik qilib sichqonlarning rangli bo’lishini, c geni esa pigment hosil bo’lishini bloklaydi (albinos rangni). B geni qora rangli junni, b geni esa jigarrang junni hosil qiladi. Qora rangli sichqon albinos sichqon bilan chatishtirildi. F1 avlodda olingan sichqonlarning yarmi albinos, ¼ qismi qora, ¼ qismi jigarrang rangga ega. Chatishtirish uchun olingan qora rangli sichqon genotipini aniqlang.
A)bbCC; B)BBcc; C)BbCc; D)bbcc;
24. Pisum sativumning dominant belgilarini ajrating?
1)gulining qizilligi; 2)donining silliqligi; 3)yashil rangli,silliq don; 4)gulning poya uchida joylashishi; 5)poyaning uzun bo'lishi; 6)yashil rangli, bo'g'imsiz dukkak; 7)sariq rangli bo'g'imli bo'g'imsiz dukkak; 8)gulning barg qo'ltig'ida joylashishi;
A)2,5,6; B)1,2,4; C)3,7,8; D)3,6,8;
25. Cho’chqa tasmasimon chuvolchangning rivojlanish bosqichlari ketma-ketligi to’g’ri berilgan javobni aniqlang.
1)parazitning finnaga aylanishi; 2)tuxumdan lichinkaning chiqishi; 3)parazitning ingichka ichakda voyaga yetishi; 4) lichinkaning ichakdan qonga o’tishi; 5)cho’chqaning paraziti bilan zararlanlanishi; 6)lichinkaning muskullariga o’tishi; 7)parazitning odamga yuqishi
A)5,2,4,61,7,3; B)1,4,6,5,3,2,7;
C)7,1,4,5,2,6,3; D)1,4,3,7,5,2,6;
26. Bilvosita (a) va bevosita (b) rivojlanuvchi
umurtqali organizmlarni aniqlang.
1)urchuqsimon kaltakesak; 2)qichitqio’t kapalagi;
3)planariya; 4)kvaksha; 5)chuchuk suv
gidrasi; 6)midiya; 7)povituxa; 8)chug’irchiq;
A)a-2,6; b-3,5; B)a-4,6; b-2,5;
C)a-2,5; b-3,6; D)a-4,7; b-1,8;
27. 30 yoshli erkakning neyronlarida normal holatda kuzatiladigan jarayonlarni aniqlang.
1)reduplikatsiya; 2)transkripsiya; 3)translyatsiya;
4)ATF sintezi; 5)kariokinez; 6)sitokinez;
7)translokatsiya;
A)1,2; B)2,3; C)5,6; D)6,7;
28. Transmissibl plazmidga xos xususiyatni aniqlang.
1)hujayra asosiy xromosomasining maxsus DNK izchilligini kesib rekombinatsiya bo`ladigan; 2) nasldan- naslga o`tadigan; 3)asosiy xromosomaga birika olmaydi; 4)asosiy xromosomaga birikkandan keyin o`z mustaqilligini yo`qotadi; 5)asosiy xromosomadan mustaqil ravishda o`z-o`zini replikatsiya qila olmaydi; 6)asosiy xromosomalardan mustaqil ravishda o`z-o`zini replikatsiya qila oladi;
A)1,2,3; B)1,4,5; C)4,5,6; D)3,6,1;
29. Energiya almashinuvining 2-bosqichida 2 ta ATF malekulasi hosil bo`lgan bo`lsa, 3-bosqichda necha malekula ATF malekulasi hosil bo`ladi (a) va shu vaqtning o`zida xloraplastlarda sintezlangan ATF miqdorini (b) hisoblang.
A)a-144, b-4320; B)a-72, b-2880;
C)a-108, b-3240; D)a-36, b-1080;
30. Jinsiy X-xromosomaga birikkan retsessiv gen kasalligini aniqlang.
A)Klaynfelter sindromi
B)Daun sindromi
C)Shershevskiy-Terner sindromi
D)gemofliya



Download 27.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling