Hayot yoʻli Tillolarni emas, vijdonini tanlagan o‘g‘il


Download 45.14 Kb.
bet1/7
Sana14.12.2022
Hajmi45.14 Kb.
#1005005
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Fayzulla Xo\'jayev hayoti va faoliyati. Jadidlar harakati namoyondalarining fojiali taqdiri


Fayzulla Xo'jayev hayoti va faoliyati. Jadidlar harakati namoyondalarining fojiali taqdiri
Reja:

  1. Fayzulla Ubaydullayevich Xoʻjayev Faoliyati

  2. Hayot yoʻli

  3. Tillolarni emas, vijdonini tanlagan o‘g‘il

  4. Jadidchilik harakatlari va tarixiy ta`qdirlari to’g’risida.

  5. Jadidchilik harakatining o’zbek milliy-ma‘rifiy taraqqiyotidagi ahamiyati.

Fayzulla Ubaydullayevich Xoʻjayev (1896.06.01., Buxoro, Buxoro amirligi, Rossiya Imperiyasi – 1938.03.15., Moskva, SSSR, shuningdek, Fayzulla Xoʻjaoʻgʻli ham deyilgan). Atoqli davlat va siyosat arbobi, Buxoro jadidchiligining faol ishtirokchisi, "Yosh buxoroliklar” partiyasining rahbarlaridan biri. Buxoro Xalq Sovet Respublikasining Nozirlar Kengashi raisi.
Buxoroda savdogar oilasida tugʻilgan. Buxoro madrasasida 2 yil tahsil olgach, 1907—1912-yillarda Moskvada xususiy maktabda oʻqigan. Buxoroga qaytgach, 1912-yildan „Yosh buxoroliklar“ partiyasining, 1913-yildan partiya Markaziy Qoʻmitasining aʼzosi boʻldi. Otasidan meros qolgan katta boylikni yangi usul maktablari ochishga, „Yosh buxoroliklar“ siyosiy faoliyatini moddiy qoʻllab-quvvatlashga sarfladi. 1917-yildan boshlab Fayzulla Xoʻjayev va Fitrat partiyaning soʻl qanotiga boshchilik qilib, Buxoroda avval konstitutsion monarxiya, soʻngra demokratik respublika tuzish uchun kurashdilar. „Yosh buxoroliklar“ Buxoro amiri tomonidan taʼqib qilingach, Xoʻjayev va uning safdoshlari Buxoroni tark etishga majbur boʻlishdi. Xoʻjayev 1920-yil yanvarda Toshkentda tuzilgan inqilobchi „Yosh buxoroliklar“ partiyasi Turkiston Markaziy byurosi raisi, „Uchqun“ gazetasining muharriri (1920-yil aprel-sentabr).1920-yil 14 sentabrda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi hukumati — Xalq Nozirlar Shoʻrosi tuzilib, Xoʻjayev hukumat boshligʻi qilib saylandi. BXSR tashqi ishlar noziri (1920—22), harbiy ishlar noziri (1921—24), ichki ishlar noziri (1922), BXSR Mehnat va mudofaa kengashi raisi (1922-24).Shuningdek, Sharqiy Buxoro Inqilobiy harbiy kengashi raisi (1923—24), SSSR Harbiy Dengiz ishlari xalq komissarligining Oʻzbekiston SSR boʻyicha rasmiy vakili (1925-yildan).
Xoʻjayev BXSRning mustaqil ichki va tashki siyosat yuritishiga, iqtisodiy islohotlar oʻtkazish va demokratik erkinliklarni joriy kilishga alohida eʼtibor qaratib, Sovet Rossiyasidan tashqari Eron, Turkiya, Afgʻoniston, Xitoy, Ozarbayjon, Xorazm Xalq Sovet Respublikasi, shuningdek, Germaniya va Yaponiya bilan diplomatik aloqalar oʻrnatgan. U talabalarni xorijga joʻnatib oʻqitishning tashabbuskorlaridan biri boʻlgan.Oʻzbekiston SSR Inqilobiy qoʻmitasi (Revkom) — Muvaqqat ishchi-dehqon hukumati raisi (1924-yil noyabr — 1925-yil fevral), OʻzSSR XKS raisi (1925-1937), SSSR MIQ raislaridan biri.
Xoʻjayev oʻz faoliyati davomida oʻzbek xalqining iqtisodiy va madaniy ravnaqiga xizmat qiluvchi tadbirlarni amalga oshirishga intildi. U VKP(b) MQ Oʻrta Osiyo byurosi va Oʻzbekiston KP MQga nisbatan muxolifat mavqeida turgan „Oʻn sakkizlar guruhi“ (1925-yil noyabr)ga xayrixoh boʻlgan. „Quloq“larni sinf sifatida tugatish siyosatini yoqlamagan. Oʻzbekistonda yoppasiga chigit ekilishi paxta yakkahokimligiga olib keladi, deb hisoblagan. Oʻzbekistonda zamonaviy sanoat inshootlari qurilishida tashabbuskor boʻlgan.
Xoʻjayev davlat arbobi, tarixchi va iqtisodchi olim, publitsist, jurnalist sifatida boy ilmiy meros qoldirgan. Uning „Buxoro inqilobining tarixiga materiallar“ (1926), „Buxorodagi revolyutsiya va Oʻrta Osiyoning milliy chegaralanishi tarixiga doir“ (1932) kitoblari, „BXSRdagi iqtisodiy ahvol“ (1924), „Yosh buxoroliklar toʻgʻrisida“ (1926), „Jadidlar“ (1926), „Bosmachilik“ (1930) maqolalarida Oʻzbekiston tarixining XX asr 1-choragidagi jiddiy muammolar koʻrsatilgan. Xoʻjayev 1937-yil 9 iyulda Moskvada qamoqqa olindi. Unta Sovetlarga qarshi „Oʻng trotskiychi blok“ faoliyatiga qoʻshilganligi hamda „Milliy ittihod“ tashkiloti faoliyatiga rahbarlik qilganlik, „bosmachilik“ harakati va qoʻrboshilarni qoʻllab-quvvatlaganlik, Fitrat, Choʻlpon, Abdulla Qodiriy va boshqa oʻzbek ziyolilariga gʻamxoʻrlik koʻrsatganlik kabi ayblar qoʻyildi va otishga hukm qilindi. Hukm Moskva atrofidagi Butovo qatlgohida ijro etilgan.
1965-yil 6 martda SSSR Oliy sudi harbiy kollegiyasi Xoʻjayevni aybsiz deb topdi va oqladi. Oʻzbekistonda uning 100 yillik yubileyi nishonlandi (1996). Xoʻjayev asarlari va u haqidagi tadkiqotlar nashr etildi. „Buxoroning jin koʻchalari“ (Asqad Muxtor) qissasi, „Inqilob tongi“ (Komil Yashin) dramasi, „Men yashashni istayman“ (Nusratillo Naimov) roman-xronikasi va boshqa asarlar Xoʻjayev faoliyatiga bagʻishlangan. Buxoro davlat universiteti, Buxoro shahridagi pedagogika kolleji, Buxoro shahridagi koʻcha, Toshkentdagi metro bekati, koʻcha, koʻplab shirkat xoʻjaliklari, maktab va mahallalar, Navoiy shahridagi koʻcha va maktab Xoʻjayev nomi bilan ataladi. Buxoroda haykali bor. BXSRning Qizil yulduz (I darajali) ordeni bilan mukofotlangan (1922)[1].
Fayzulla Xoʻjayev 1896-yili Buxoro amirligining yirik savdogar oilasida tugʻilgan. U yoshligida eski maktabni bitirib, Buxoro madrasasida oʻqigan. 1907—1912-yillarda F.Xoʻjayev Moskvada shaxsiy oʻqituvchilardan taʼlim olgan. 1913-yildan jadidlar safida faoliyat koʻrsatgan va xalq orasida maʼrifat tarqatish bilan shugʻullangan. 1917-yildan u „Yosh buxoroliklar“ partiyasi tashkilotchilaridan biri. Buxoro jadidlari soʻl qanotining inqilobiy ruhdagi aʼzolaridan boʻlib, 1920-yilda Buxoro amiri Said Olimxonni taxtdan agʻdarishga harakat qiladi.
1920-yilda Turkistonda muhojirlikda boʻlib, „Yosh buxoroliklar“ partiyasining Turkiston byurosini tashkil qilgan. Fayzulla Xoʻjayev tomonidan tuzilgan partiyaning dasturi shariat asosida boʻlib, xalqning milliy anʼanalari va oʻziga xos xususiyatlarini eʼtiborga olgan holda Buxoroda xalq demokratik respublikasini tashkil etishni maqsad qilib qoʻygan edi.
Buxoro amiri taxtdan agʻdarilgach va hokimiyat Yosh buxoroliklar qoʻliga oʻtgandan soʻng, Fayzulla Xoʻjayev hukumat rahbari etib saylanadi. Bu lavozimda u mustaqil siyosat olib borishga, Rossiya va xorijiy mamlakatlar bilan teng muloqot qilishga intilgan. 1922-yilda u Germaniyaga chet el savdo kompaniyalari va yirik savdogarlar bilan shartnoma tuzishga borgan.
1925-yilda Xoʻjayev Oʻzbekiston Xalq nozirlari kengashining raisi etib saylandi. U oʻz faoliyatida oʻzbek xalqining iqtisodiy va madaniy ravnaqiga xizmat qiluvchi tadbirlarni amalga oshirishga intildi. Xoʻjayev sovet tuzumi tomonidan milliy ziyolilarning faoliyatini cheklash siyosatiga qarshi chiqdi. U uzoq yillar davomida markazning tazyiqi ostida ishlashga majbur boʻldi. 1926-yilda jadidchilik tarixiga bagʻishlangan „Buxoro inqilobi tarixiga materiallar“ kitobi uchun kompartiya tomonidan qattiq taʼqibga olindi.
Fayzulla Xoʻjayev hukumat rahbari sifatida Oʻzbekistonning xalq xoʻjaligi (paxtachilik, irrigatsiya, kapital qurilish, chorvachilik)ni rivojiantirishga, maorif va madaniyatni ravnaq toptirishga harakat qildi, biroq yangicha tusdagi mustamlaka sharoitida bu intilishlarning befoyda ekanini keyinroq anglab yetdi.

Millatlar tarixida muhim siyosiy shaxslar bo‘ladi. Va ular tanlovi millionlab odamlar kelajagini belgilab beradi. Bunday tanlov amir Olimxon hokimiyatiga qarshi chiqqan, uch marta o‘limga hukm etilgan, 13 yil O‘zbekiston SSR hukumatini boshqarib so‘ng qatag‘onga uchragan Fayzulla Xo‘jayev chekiga ham tushgandi.


1896 yil 1 iyun, Buxoro. Boylikda Buxoro amiri bilan tenglasha oladigan savdogar Ubaydulla Xo‘ja oilasida o‘g‘il farzand dunyoga keldi. Bu chaqaloq keyinchalik Buxoroda demokratik davlat qurishga uringan, O‘zbekistonning rivoji uchun borini bergan, millatning ko‘zi to‘q, halol farzandi Fayzulla Xo‘jayev edi.
Tarixning ma’lum davrida Xo‘jayev faoliyatini qoralaganlar ham bo‘ldi. Ushbu maqolada hozir hayot bo‘lgan qarindoshlari, tarixchilar va tarixiy manbalar asosida siyosatchining hayot yo‘liga nazar tashlashga qaror qildik.

Download 45.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling