Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun uch narsa kerak; diqqat, intizom va harakat


Download 9.92 Kb.
Sana02.03.2023
Hajmi9.92 Kb.
#1243386
Bog'liq
Hikmatli soz



Hikmatli so'zlar

Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun uch narsa kerak; diqqat, intizom va harakat.


Tilingdan oldin qalbingni tarbiya qil. Chunki so‘z qalbdan kelib, tildan chiqadi.
Aql qo‘ydir, nafs bo‘ri, iymon esa cho‘pon. Agar iymon kuchli bo‘lmasa, nafs aqlni yeydi.
To‘g‘rilik Musoning asosi kabidir. Egrilik esa sehrgarlarning sehrlariga o‘xshaydi. To‘g‘rilik o‘rtaga chiqqach, barcha egriliklarni yutib yuboradi.
Yo asling kabi ko`rin yo ko`ringaning kabi bo`l.
Baxtli oila qurishning ikki sharti bordir: 1.Yaxshi turmush o'rtog'ini tanlay bilmoq, 2.Yaxshi turmush o'rtog'i bo'lmoq.
Donoga yondoshgil, qoch nodondan san, Hatto u xavflidir dono dushmandan.
O‘ylaring so‘zlaringga, so‘zlaring fe’lingga, fe’ling taqdiringga nuqs etadi. Go‘zal o‘yla, go‘zal yasha.
Oddiy fikrla, oddiy qabul qil va oddiy yasha! Chunki haqiqat ham juda oddiydir
Insonlardagi go‘zallik bu – yuzdir, yuzdagi go‘zallik esa – ko‘zdir. Ammo, insonni inson qilgan bu uning tilidan chiqadigan – so‘zdir.
(Jaloliddin Rumiy hikmatlari )
Til — shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma'qul bo’lib chiqsa — tilning ofatidir.
Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila, Aylamak bo‘lmas ado, oning haqin yuz ganch ila.
G‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish, El anga shafiqu mehribon bo‘lmas emish. Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa, Bulbulg‘a tikondek oshyon bo‘lmas emish.
Bilmaganni so'rab o'rgangan olim, orlanib so'ramagan o'ziga zolim
Kimki, yolg’on so’zni birovga to’nkagay, o’z qora yuzini yog’ga bulaydi. Ozgina yolg’on ham ulug’ gunohdir; ozgina zahar ham halok qiluvchidir.
Yosh bolaning juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur. Tarbiya insonga o’zida yaxshi odat va fazilatlar xosil qilishga yordam beradi
Bu dunyoda abadiy qolmoq mumkin emas biroq yaxshi nom qoldirmoq katta saodatdir.
Yomon so'zki kelib jong'a urgay, ki jondin ham o'tub imong'a urg'ay
( Alisher Navoiy hikmatlari)


Download 9.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling