Hayotga qarshi jinoyatlar
Fuqarolik burchini bajarish
Download 154.5 Kb.
|
Hayotga qarshi jinoyatlar
Fuqarolik burchini bajarish deganda, har qanday kishining O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida yoki boshqa qonunlarda belgilab qo`yilgan huquq va majburiyatlarini amalga oshirishiga ham, boshqa ijtimoiy foydali faoliyatni amalga oshirishiga ham yo`naltirilgan ijtimoiy foydali va huquqiy faoliyatini tushunish lozim. Masalan, bu huquqbuzarlikning oldini olish, sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyat to`g`risida yoxud huquqbuzarlik sodir etilganligi uchun qidirilayotgan shaxs turgan joy haqida hokimiyat organlariga xabar berish, guvoh yoki jabrlanuvchi sifatida shaxsning jinoyat sodir etganligini fosh etuvchi ko`rsatmalar berishi va hokazo bo`lishi mumkin9[9].
Qonunga binoan harakat qilgan shaxsni o`ldirganlik JK 97-modda 2-qismi «g» bandi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Jabrlanuvchining qonunga xilof harakatlari, ya'ni xizmat vazifasini suiiste'mol qilishi, shaxs hokimiyat vakolati doirasidan chetga chiqqanligi natijasida o`ldirilgan bo`lsa, u holda aybdor shaxsni JK 97-modda 2-qismi «g» bandi bilan javobgarlikka tortib bo`lmaydi. Odam o`ldirganlikni JK 97-modda 2-qismi «g» bandi bilan kvalifikatsiya qilish uchun jinoyatning jabrlanuvchi xizmat vazifasini bajarayotgan yoki boshqa vaqtda sodir etilganligining ahamiyati yo`q. Bunda odam o`ldirish aynan jabrlanuvchining xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan sodir etilganligini aniqlash zarurdir. Shaxsni yoki uning yaqin qarindoshlarini o`ldirganlik uchun javobgarlik jabrlanuvchi tomonidan o`zining xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishga qaratilgan u yoki bu harakatlar qachon bajarilganidan qat'i nazar, vujudga keladi va odam o`ldirish o`z xizmat burchini bajarganligi uchun jabrlanuvchidan o`ch olish maqsadida sodir etilganligini aniqlash muhimdir. Xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakiliga yoki fuqarolik burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko`rsatish bilan bog`liq holda uni qasddan o`ldirish JK 219-moddasining tegishli qismida hamda JK 97-moddasi 2-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatlar majmui bo`yicha kvalifikatsiya qilinadi10[10]. Davlat yoki jamoat arbobini yoxud hokimiyat vakilini ularning davlat yoki jamoat ishiga oid faoliyatlari bilan bog`liq holda o`ldirish, vaziyatni izdan chiqarish yoxud davlat idoralarining qaror qabul qilishlariga ta'sir ko`rsatish yoki ularning siyosiy yoki boshqa ijtimoiy faoliyatiga qarshilik ko`rsatish maqsadida sodir etilganda, bu qilmish JK 155-moddasi 3-qismining “a” bandida nazarda tutilgan terrorizm jinoyatini tashkil etdi va JK 97-moddasi 2-qismining “g” bandi bo`yicha qo`shimcha tarzda kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining o`ldirilishi yoki uning hayotiga tajovuz qilish JK 158-moddasining 1-qismi bo`yicha javobgarlikni keltirib chiqaradi. O`z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarayotgan shaxsni yoki uning yaqin qarindoshlarini o`ldirganlik uchun javobgarlik, jabrlanuvchining u yoki bu xizmat yoki fuqarolik burchini bajarish bo`yicha ijtimoiy foydali harakatlari qachon sodir etilganligidan qat'i nazar vujudga keladi. Jabrlanuvchini xizmat yoki fuqarolik burchini o`tashi munosabati bilan qasddan o`ldirish va odam o`lishiga sabab bo`lgan terrorizm (JK 155-modda 3-qismi «a»bandi)ni farqlash lozim. JK 97-modda 2-qismi «g» bandida javobgarlik belgilangan odam o`ldirish jabrlanuvchilardan biror narsa talab qilinmasdan sodir etiladi. Terrorizmda jabrlanuvchi terrorist tomonidan qo`yilgan talablarni bajarmaganidan so`ng o`ldiriladi va aybdorning qilmishi JK 155-modda 3-qismi «a» bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Download 154.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling