Hayotga qarshi jinoyatlar


To`rtinchi guruhga jinoyatning subyektiga


Download 154.5 Kb.
bet7/26
Sana18.02.2023
Hajmi154.5 Kb.
#1210448
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Bog'liq
Hayotga qarshi jinoyatlar

To`rtinchi guruhga jinoyatning subyektiga taalluqli holatlar jamlangan bo`lib, ular:
p) bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh a'zosi tomonidan yoxud o`sha guruh manfaatlarini ko`zlagan holda;
r) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
s) o`ta xavfli retsidivist tomonidan qasddan odam o`ldirilishi holatlarini o`z ichiga oladi.


Ikki yoki undan ortiq shaxsni qasddan o`ldirish
(JK 97-moddasi 2-qismi «a» bandi)

Bir vaqtning o`zida ikki yoki undan ortiq shaxsni hayotidan mahrum qilishning ijtimoiy xavfliligi yuqoridir. Odam o`ldirishning bu turi o`ziga xos xususiyatga ega bo`lib, aybdorda ikki yoki undan ortiq shaxsni o`ldirish niyati bo`ladi. Masalan, Semyonov degan shaxsning o`ynashi bo`lib, uning yana boshqa kishi bilan uchrashib turishi haqidagi gap-so`zlar Semyonovning qulog`iga yetadi. Kechki payt Semyonov o`ynashinikiga kelganida, ularni to`shakda ko`radi va u har ikki shaxsni o`ldiradi. Uning qilmishi sud tomonidan JK 97-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan to`g`ri kvalifikatsiya qilinadi.


JK 97-modda 2-qismi «a» bandida nazarda tutilgan odam o`ldirishni kvalifikatsiya qilayotganda jinoyatchining harakatlari yagona qasd bilan qamrab olinganligi va bir vaqtda sodir etilganligiga e'tibor berish lozim.
Yagona jinoiy niyat bilan qamrab olingan, turli vaqtlarda sodir etilgan odam o`ldirishni ikki yoki undan ortiq shaxsni o`ldirish, deb topish uchun to`g`ri qasdning mavjudligini aniqlash lozim. Bir vaqtning o`zida ikki yoki undan ortiq kishini o`ldirish nafaqat to`g`ri qasd, balki egri qasd bilan ham sodir etilishi mumkin.
Agar ikki yoki undan ortiq shaxsning o`ldirilishi yagona jinoiy niyat bilan bog`liq bo`lmasa va boshqa kishini hayotdan mahrum qilishning har bir holatida mustaqil paydo bo`lgan qasd bilan sodir etilsa, bu qilmish JK 97-moddasining 2-qismi “a” bandi bilan kvalifikatsiya qilinmasligi lozim. Bunday qilmish-lar takroriylik belgisi bo`yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim4[4].
Aybdor ikki yoki undan ortiq kishini o`ldirishga qasd qilganda bir kishining qasddan o`ldirilishi va boshqa shaxsning hayotiga suiqasd qilinishi ikki yoki undan ortiq shaxsning tugallangan o`ldirilishi sifatida baholanmasligi kerak, chunki bunda ikki va undan ortiq shaxsni hayotdan mahrum etishga oid jinoiy niyat aybdorga bog`liq bo`lmagan vaziyatlar sababli amalga oshmagan bo`ladi. Bunday hollarda qilmish, jinoiy xatti-harakat izchilligiga bog`liq bo`lmagan holda, bir kishini o`ldirganlik sifatida, og`irlashtiruvchi holatlar mavjud bo`lganda JK 97-moddasi 2-qismi yoxud mazkur holatlar mavjud bo`lmaganda, JK 97-moddasi 1-qismi va ikki yoki undan ortiq shaxs hayotiga suiqasd qilgalik uchun JK 25-moddasi 2-qismi hamda JK 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bo`yicha kvalifikatsiya qilinishi kerak5[5].Bu holatlar jazo tayinlashda inobatga olinadi.Agar aybdor bir kishini o`ldirishga qasd qilgan bo`lsa-yu, o`zining ehtiyotsizligi natijasida ikkinchi shaxsni hayotidan mahrum etsa, qilmish jinoyatlarning jami bo`yicha, ya'ni qasddan odam o`ldirish (JK 97-moddasi 1 yoki 2-qismi) va ehtiyotsizlikdan odam o`ldirish (JK 102-moddasi) bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Qilmishda ikki yoki undan ortiq shaxsni o`ldirish va JK 97-modda 2-qismida ko`zda tutilgan boshqa holatlar ham mavjud bo`lsa, aybdorning qilmishi o`sha bandlarning barchasi bilan kvalifikatsiya qilinadi va bu jazo tayinlashda ham hisobga olinadi.



Download 154.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling