Hayotning paydo bo’lishi haqidagi zamonaviy tasavvurlar


Yerda jonli tabiat to‘g‘risida hozirgi zamon tabiatshunosligi


Download 12.56 Kb.
bet2/3
Sana03.12.2023
Hajmi12.56 Kb.
#1806189
1   2   3
Bog'liq
Hayotning paydo bo’lishi haqidagi zamonaviy tasavvurlar

2.Yerda jonli tabiat to‘g‘risida hozirgi zamon tabiatshunosligi

  • Yerda hayotning paydo bo‘lishi va uning dastlabki taraqqiyot davri to‘g‘risida turli gipotezalar mavjud. Tirik tabiat haqidagi fanlar majsuasi biologiya deb ataladi. Biologiya hayotni barcha ko‘rinishlari: tirik organizmlar va tabiiy jamoalarning tuzilishi va funksiyasini, tirik mavjudotlarning kelib chiqishi va tarqalishi, ularning bir-biri va notirik tabiat bilan o‘zaro bog‘lanishini o‘rganadi. Biologiyaning asosiy vazifasi tiriklikning namoyon bo‘lishi qonuniyatlarini o‘rganish, hayotning mohiyatini ochib berish, tirik organizmlarni sistemaga solishdan iborat.Biologiya bir necha fanlardan tarkib topgan. Tadqiqot ob’ektiga binoan biologiya botanika – o‘simliklarni o‘rganadigan fan, zoologiya – hayvonlarni o‘rganadigan fan, odam anatomiyasi va fiziologiyasi – odam organizmining tuzilishi va funksiyasini o‘ragandigan fan, mikrobiologiya – mikroorganizmlarni o‘rganadigan fan, gidrobiologiya – suvda yashovchi organizmlar haqidagi fanlarga bo‘linadi. Biologiya fanlarini tadqiqot metodlariga binoan ham alohida fanlarga ajratish mumkin
  • Hayvonlar va o‘simliklar odamlar uchun oziq-ovqat manbai bo‘lganligi nazarda tutiladigan bo‘lsa, biologiya tarixi odam g‘orda hayot kechira boshlagan davrdan, hatto undan ham oldinroq boshlagan deyish mumkin. Hozirgi zamon biologiya fanining rivojlanishi O‘rta dengiz bo‘yida yashovchi xalqlar (Qadimiy Misr, Yunoniston) sivilizatsiyasi bilan bog‘liq. Yunon va Rim naturfilosoflari birinchi bo‘lib hayotning mohiyati va kelib chiqishini materialistik nuqtai nazardan tushuntirib berishga harakat qilishgan. Demokrit atrof muhitdagi narsa va hodisalar doimiy bo‘lmasdan o‘zgarib turishi to‘g‘risidagi materialistik g‘oyani ilgari surgan. Aristotel birinchi bo‘lib hayvonlarni sistemaga solib o‘rganishni taklif etgan. Galen hayvonlarning ichki tuzilishi asosida odamning ichki tuzilishini, qon tomirlari va nervlar funksiyasini tavsirlab bergan birinchi fiziolog - eksperimentator hisoblanadi.
  • Fransuz olimi J.B.Lamark tiriklik pog‘onasini evolyutsiya nuqtai nazaridan tushuntirib berdi. Tirik organizmlarning tubdan yuksak formalargacha takomillashib borishi uning fikricha organizm uchun xos bo‘lgan ikki progressga intilish tufayli sodir bo‘lgan. Lamark evolyutsiyani to‘g‘ri tushuntirgan bo‘lsa-da, uning asosiy sabablarini ochib berolmadi.
  • T.Shvann tomonidan asoslab berilgan hujayra nazariyasi organik dunyoning birligini tushunib olishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 19-asrning o‘rtalarida o‘simliklarning oziqlanish xususiyati va uning hayvonlarnikidan farq qilishi hamda tabiatda moddalar aylanishi prinsiplari kashf etiladi.
  • 19-asrda Ch.Darvin tomonidan evolyutsiya nazariyasining ishlab chiqilishi biologiyaning rivojlanishi tarixida ayniqsa katta ahamiyatga ega. Uning “Turlarning paydo bo‘lishi” asarida evolyutsiyaning asosiy mexanizmi – tabiiy tanlanish ochib beriladi. Biologiyada Darvin g‘oyalarining g‘alabasi bilan evolyutsion solishtirma anatomiya, evolyutsion embriologiya, evolyutsion paleontologiya kabi yangi yo‘nalishlarga asos solindi. Hujayraning bo‘linishi, jinsiy hujayralarning yetilishi, urug‘lanishi hamda u bilan bog‘liq bo‘lgan mitoz va meyozda xromosomalarning taqsimlanishinaxborotning saqlanishi to‘g‘risida ko‘plab g‘oyalarning paydo bo‘lishiga olib keldi
  • . Ana shu davrda G.Mendel tomonidan irsiylanish qonuniyatlari ochilishi bilan genetika faniga asos solindi. Mendel ochgan qonunlar asosida mutatsiya va irsiyatning xromosoma nazariyalari ishlab chiqildi. Xromosoma nazariyasini G.Morgan va shogirdlari V.Iogansenning sof liniya to‘g‘risidagi ta’limotiga asoslanib gen, genotip, fenotip tushunchalarini ishlab chiqishdi
  • Bu konsepsiya ilmiy doiralarda eng katta e’tiborga sazovor bo‘ldi. Jonli tizimlar rivojlanishining quyidagi bosqichlarini ajartish mumkin, ya’ni dastlab eng oddiydan, so‘ngra esa borgan sari murakkablashib borgan. Moddiy jihatdan olganda, hayotning shakllanishi uchun avvalo uglerod zarurdir. Yerdagi hayot ushbu elementga asoslangan bo‘lib, uglerod hayotning asosini tashkil etadi.

Download 12.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling