Hayotning paydo bo’lishi haqidagi zamonaviy tasavvurlar


 Materiya tashkillanishining biologik bosqichlari


Download 12.56 Kb.
bet3/3
Sana03.12.2023
Hajmi12.56 Kb.
#1806189
1   2   3
Bog'liq
Hayotning paydo bo’lishi haqidagi zamonaviy tasavvurlar

3. Materiya tashkillanishining biologik bosqichlari

  • Hayotning paydo bo‘lish muammosidan jonli organizmlar tuzilishi muammosiga o‘ta turib, ta’kidlash lozimki, ushbu sohadagi ilmiy bilimlar ko‘proq yangi fan - molekulya biologiya hisobiga yuqori darajadagi ishonchlilikka ega bo‘lmoqdir. Taxminan 20-asr o‘rtalarida biologiyada ilmiy inqilob ro‘y berdi
  • 20-asrning ikkinchi yarmida hujayraning moddiy tuzilishi va unda ro‘y berayotgan jarayonlar aniqlandi. Hujayra biologiyadagi o‘ziga xos atomdir. Xuddi shu kabi turli organizmlar ham hujayraning ulkan to‘plamlaridan tarkib topadi.
  • Hujayra va to‘qimalar tarkibini biokimyo o‘rganadi. Biokimyo barcha tirik organizmlarda, ularning eng mayda hamda eng soddalari bo‘lgan viruslar va mikroorganizmlardan tortib, eng katta va murakkablari – o‘simlik hamda hayvon organizmlarigacha bo‘lgan vakillarida kechadigan kimyoviy jarayonlar bilan shug‘ullanadi. Bu jarayonlar organizmda, uning to‘qimalari va a’zolarida hujayra hamda uning tarkibidagi strukturalarda doim sodir bo‘lib turadigan moddalar va energiya almashinuvidan iborat.
  • Biokimyo, avvalo tabiatshunoslikning – yuksak darajasi poydevori sifatida xizmat qilgan bo‘lsa, endi uning tobora tezlashib kechayotgan jarayonlarini yangi g‘oyalar bilan sug‘orib turadi. Chunki jonli hayotning har bir qadami hujayradagi cheksiz kimyoviy jarayonlarning yig‘indisidan iborat. Demak, ular biokimyo shug‘ullanishi zarur bo‘lgan ob’ektdir.
  • Barcha tirik mavjudotlarning eng muhim tarkibiy qismini hujayra tashkil etadi. Hujayra elementar tirik sistema, u mustaqil yashash, o‘zidan ko‘payish va rivojlanish qobiliyatiga ega. Hujayra ko‘pincha uning markazida joylashgan qattiq dumaloq massa – yadrodan va o‘zida mayda a’zolar - organellalar yoki organoidlar tutuvchi tiniq, yarim suyuq massa sitoplazmadan tuzilgan sistema

Download 12.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling