Hayrat-ul abror
qoʻl rostligi, toʻgʻriligi
Download 73.87 Kb.
|
1 2
Bog'liqХайрат ул -аброр
qoʻl rostligi, toʻgʻriligi. Navoiy talqinicha, xatni toʻgʻri yozadigan kishilar haqiqiy sogʻlom shaxslardir: “Rostqalam xalq erurlar salim”. Shoir xatni toʻgʻri yozadigan insonlarni “Tengri nasib aylab anga shodliq”, deya taʼriflaydi. Shoir egri qoʻl sohibini ikki maʼnoda tushunadi:
1) xatni egri yozuvchilar, yolgʻonni boʻrttiruvchi kotiblar timsolida; Egri xat sohibining oʻzini ham toʻgʻrilikka odatlangan deyish dushvor: “Egri durur xatki, emas mustaqim”. 2) oʻgʻri-kazzoblar timsolida. Qadimdan xalqimizda “qoʻli egri” iborasi oʻgʻri kishilarga nisbatan ishlatilib, xalqning ularga nafrati bisyor boʻlgan. Shuningdek, “Oʻgʻri qoʻli kesilmaguncha, oʻgʻriligini qoʻymas”[2] maqolida xalqda biror shaxs oʻgʻrilik qilganida unga qoʻlini kesib tashlash orqali jazo berilganiga ishora bor. Shu anʼanani Navoiy ham oʻz dostonida tilga oladi: “Hayrat ul-abror”ning oʻninchi maqolatida yolgʻonchilikning fojiali yakunini kitobxonga teranroq anglatish uchun shoir dostonga “Sher va durroj” hikoyatini kiritadi. Durroj doʻstlikning shartlariga sodiq qolmadi: doʻstini aldadi, uning soʻzlariga quloq osmadi. Hayotining eng mushkul nuqtasi – ovchining tuzogʻiga tushganida “hamdamu hamrozi” sherning yordamga yetib kelmasligi va hayotining fojia bilan nihoya topishiga sababchi qilib shoir durroj shaxsiyatidagi egrilik, xususan, yolgʻonchilik illatini koʻrsatadi. Alif – arab alifbosidagi harflar ichida tik, adil holatda yozilgani uchun mumtoz adabiyotda bir qancha toʻgʻrilikni oʻzida mujassam etgan timsollar sifatida kela oladi. Bu oʻrinda toʻgʻri inson timsolini anglatayotgan – alif toʻgʻrilikni shior aylagani uchun balolar orasida sargardon. Bunda shoir balo soʻzining arabcha yozilishiga eʼtibor qaratib, soʻz soʻnggida keladigan alifni balo ichida qolgan insonga mengzaydi. Alifning baytda timsol sifatida olib kirilishi oʻz-oʻzidan kitobat (harf) sanʼatini yuzaga keltiradi va shu orqali mavzu mohiyati aniqroq va taʼsirchanroq ifodalanadi: Shoirning egrilik illatini xarakterlashda tanlagan timsollarini shartli ravishda ikkiga boʻlish mumkin: Egri koʻrinishi nuqtai nazaridan insonda salbiy taassurot uygʻotadigan, shoir yengil jazo berish bilan kifoyalanadigan predmetlar. Bular: koʻzboylogʻich shishasi va yasama soqoli, sunbul, arqon, chang, chirmash salla, ilon va h. k. Bu predmetlarga bevosita va bilvosita bogʻliq jarayonlarni ularga berilgan jazo sifatida sharhlaydi. (Izoh: sunbulning bargi qoraligi, changning buralib sozlanishi va h. k.) Tabiatidagi egrilik qirralari tufayli eng ogʻir jazoga loyiq koʻrilgan timsollar. Bular parvona, yer osti (goʻyo qabr)dan makon topuvchi yashin, durroj va h. k. Shoirning tengsiz badiiy mahorati, “Xamsa” asari, xususan, “Hayrat ul-abror” dostonini yozishda toʻplagan uzoq yillik boy tajribalari, boshqa ijodkorlarda kam uchraydigan noyob fikr va xulosalarning koʻpligi, badiiy tasvir vositalaridan mohirona foydalanganligi, keng auditoriya istagini birdek inobatga olganligi, tabiatda, kundalik hayotda uchraydigan oddiy, xalqona timsol va detallardan mahorat bilan foydalanganligi shoir asarlarining taʼsir kuchini oshirib, xalqimizda asrlar osha sevib oʻqilishiga sabab boʻlmoqda. Download 73.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling