Hayvonlarning oziqlanishi va uning shakllari

Download 0.67 Mb.
bet4/6
Sana02.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1320016
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-mavzu Hayvonlarning ozuqalanishi va uning shakllari

Kemiruvchilar tishlarining tuzilish sistemasi va ichaklari o’simlik mahsulotlarini ilishga moslashgan, lekin ular anchagina miqdorda hasharotlarni ham iste’mol qiladi. Donxo’r qushlar (chumchuqlar, sayroqi qushlar, dehqon chumchuqlari) yoz mavsumida ko’plab hasharotlar va boshqa mayda umurtqasizlarni tutib yeydi, bolalarini ham shunday oziqa bilan boqadi. Hasharotxo’r chittaklar qishda daraxt va boshqa o’simliklarning urug’larini iste’mol qilishga o’tadi. Fitofag otlar, qoramol, qo’y va echkilar yaylovda o’t bilan birga juda ko’p mayda umurtqasizlarni ham yeydi va shular hisobiga qabul qilingan oqsil ushbu hayvonlarning oqsilga bo’lgan ehtiyojini qisman qondiradi. Shimol bug’usi baliqlarni ishtaha bilan yeydi. Ular ba’zan boshqa umurtqasizlarni ham ishtaha bilan iste’mol qiladi. Har xil fitofag hayvonlar o’simlik mahsulotlarini turlicha qabul qiladi. Masalan, o’simlikxo’r qandalalar, shiralar, kanalar (o’rgimchakkanalar) o’simlik shirasini so’radi. Ko’pgina kapalaklar, pardaqanotlilar, ayrim to’tiqush va kolibrilar, ba’zi xaltali sut emizuvchilar (Tarsipes) gul nektarini so’rib oladi. Bunday fitofaglar, asosan, o’simliklarni changlatishda yordam beradi. Ko’pgina fitofaglar o’simliklarning yer usti vegetativ qismlari bilan oziqlansa, ba’zi hasharotlarning lichinkalari, nematodalar, ayrim sut emizuvchilar va qushlar ma’lum miqdorda o’simliklarning yer osti qismlari, jumladan, ildizi, piyozi, tuganak kabi qismlarini yeydi. Fitofaglar orasida o’simliklarni urug’i, mevasi, sporalari bilan oziqlanadigan turlar bo’lsa, ayrimlari faqat chang yoki gul to’plamini yeydi.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling