Hayvonlarning qon aylanish organlari evolutsiyasi
Download 0.55 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqHAYVONLARNING Qon aylanish - 2 ORGANLARI EVOLUTSIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- ARTERIAL KONUS
- (JUDA MUHIM) Qorinchadagi aralash qon BIR JUFT (O‘NG VA CHAP) AORTA YOYI orqali tanaga aralash qon , BIR JUFT UYQU ARTERIYALARI
- ORQA AORTANI
- SOVUQQONLI
- QUSH
SUVDA HAMDA
QURUQLIKDA YASHOVCHILAR Yuragi 3 kamerali, ikkita bo`lmacha va bitta qorinchadan iborat. a) Chap bo`lmachada: ARTERIAL QON b) O`ng bo`lmachada: VENOZ QON c) Qorinchada: ARALASH QON Qon taloq, jigar, suyak ko‘migida ishlab chiqariladi. Yurak qorinchasidan ARTERIAL KONUS boshlanadi. Undan 3 JUFT ARTERIYA tarmoqlanadi. BIR JUFT O‘PKA-TERI ARTERIYALARI → orqali venoz qon o‘pka va teriga boradi. Kislorodga to‘yingan qon O‘PKA VENASI orqali → chap bo‘lmachaga, TERI VENASI orqali → kovak venaga quyiladi. Bu kichik qon aylanish doirasi hisoblanadi. (JUDA MUHIM) Qorinchadagi aralash qon BIR JUFT (O‘NG VA CHAP) AORTA YOYI orqali tanaga aralash qon, BIR JUFT UYQU ARTERIYALARI orqali hali aralashib ulgurmagan arterial qon miyaga boradi. Miyadan va tanadan yig‘ilgan venoz qon → kovak venalar orqali o‘ng bo‘lmachaga quyiladi. Bu katta qon aylanish doirasi hisoblanadi. Bularda yurak urishi (puls) past 40–50 tanitashkil qiladi Sudralib yuruvchilar Qon suyak ko‘migi va taloqda ishlab chiqiladi Yuragi ikkita bo‘lmacha va bitta qorinchadan iborat. Qorincha chala to‘siq bilan ajralgan bo‘ladi Timsoxlarda: yurak to‘sig`i to‘liq bo‘lib, yuragi to‘rt kamerali Suvda hamda quruqlikda yashovchilardan farqli ravishda sudralib yuruvchilarda qorinchadan mustaqil ravishda 3 ta qon tomiri chiqadi. Qorinchaning chap tomonidan arterial qonga ega O‘NG AORTA yoyi chiqib, undan bosh miyaga ketuvchi UYQU ARTERIYASI, o‘rta qismidan tanaga ketuvchi CHAP AORTA yoyi, o‘ng tomonidan o‘pkaga ketuvchi venoz qonga ega O‘PKA ARTERIYASI boshlanadi. O‘ng va chap aorta yoylari birlashib ORQA AORTANI hosil qiladi. Shuning uchun miyaga ARTERIAL QON, tanaga ARALASH QON, o‘pkaga esa VENOZ QON boradi. O‘pka venalari chap bo‘lmachaga quyiladi. Bosh miya va tanadan keluvchi venoz qon o‘ng bo‘lmachaga quyiladi KICHIK QON AYLANISH doirasi yurak qorinchasidan chiqib, o‘pkada kislorodga to‘yinib, chap bo‘lmaga quyiladi. Chap va o‘ng bo‘lmalardagi qon yurak qorinchasiga o‘tadi. Yurak qorinchasida venoz va arterial qon qisman aralashadi. KATTA QON AYLANISH doirasi yurak qorinchasidan boshlanadi. U organ, to‘qima va hujayralardagi gaz almashinuvida ishtirok etib, yurakning o‘ng bo‘lmachasiga kelib quyiladi. Moddalar almashinuvida kam energiya hosil bo‘lganligi sababli ular SOVUQQONLI sanaladi Qushlar va sutemizuvchilar Yuragi to‘rt kamerali, arterial va venoz qon aralashmaydi. Qon suyak ko‘migi va taloqda hosil bo‘ladi. Yuragi o‘ng va chap bo‘lmacha, o‘ng va chap qorin cha dan iborat. Yurakning chap tomonida arterial qon, o‘ng tomonida venoz qon bo‘ladi. QUSH: Chap qorinchadan boshlangan O‘NG AORTA RAVOG‘I YURAKNI O‘NGDAN AYLANIB, tanani arterial qon bilan ta’minlaydi. Qushlarda aorta o‘ngdan aylanishi bilan sutemizuvchilardan farq qiladi. Qushlarda yurak minutiga 500 marta uradi. Chunki, ularda moddalar almashinuvi jadal, tana harorati baland, +42°C ni tashkil qiladi SUTEMIZUVCHI: Chap qorinchadan chiqqan AORTA YURAKNI CHAPDAN AYLANIB, TO‘SH SUYAGINING ORQASIDA RAVOQNI hosil qilib, umurtqa pog‘onasi bo‘ylab tanaga tarqaladi Tuzuvchi: Registon o`quv markazi, Mirzo – Ulug`bek filiali biologiya fani o`qituvchisi MUSLIMBEK HAKIMOV @Muslimbek_Hakimov @Registan_MirzoUlugbek @rgn_11_sinf Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling