Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘G‘risida


-modda. Yovvoyi hayvonlarni boshqa joylarga ko‘chirish, iqlimga moslashtirish va chatishtirish


Download 45.01 Kb.
bet3/8
Sana30.10.2023
Hajmi45.01 Kb.
#1734387
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Moliya ma`ruza

38-modda. Yovvoyi hayvonlarni boshqa joylarga ko‘chirish, iqlimga moslashtirish va chatishtirish
Yovvoyi hayvonlarni yangi yashash joylariga ko‘chirishga, fauna uchun yangi bo‘lgan yovvoyi hayvon turlarini iqlimga moslashtirishga, shuningdek yovvoyi hayvonlarni chatishtirish tadbirlarini o‘tkazishga davlat ekologik ekspertizasining hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosalari asosida ilmiy va xo‘jalik maqsadlarida yo‘l qo‘yiladi.
Yovvoyi hayvonlarni o‘zboshimchalik bilan boshqa joylarga ko‘chirish, iqlimga moslashtirish va chatishtirish taqiqlanadi.

44-modda. Hayvonot dunyosi obyektlaridan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya va veterinariya maqsadlarida foydalanish
Hayvonot dunyosi obyektlaridan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya va veterinariya maqsadlarida foydalanishga ularni yashash muhitidan ajratib olgan yoki ajratib olmagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi.

43-modda. Yovvoyi hayvonlarni yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlash
Yovvoyi hayvonlarga ular to‘silgan hududda yashaydigan, erkin harakatlanadigan va barcha yashash jarayonlarini amalga oshiradigan, asosan tabiiy ozuqalar bilan oziqlanadigan va umrining ko‘p qismini inson aralashuvisiz o‘tkazadigan sharoitlarning yaratilishi yovvoyi hayvonlarni yarim erkin sharoitlarda saqlashdir.
Yovvoyi hayvonlarga ular berk joyda (qafasda, temir panjarali joyda, bog‘langan holda va hokazo) yashaydigan sharoitlar yaratilishi va ularning yashash jarayonida to‘liq ravishda insonga bog‘liq bo‘lishi yovvoyi hayvonlarni sun’iy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlashdir.
O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni, shuningdek zaharli hayvonlarni yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlashga O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining ruxsatnomalari asosida, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda tashkil etiladigan maxsus pitomniklardagina yo‘l qo‘yiladi.

2-keys


Download 45.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling