VAZIYAT:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra joriy yilning 1-avgust holatiga kreditlarning umumiy hajmi 302,7 mlrd. so‘mni, omonatlarning umumiy hajmi esa 128,7 mlrd. so‘mni tashkil etadi. Ushbu statistika shuni ko‘rsatadiki, mutasaddi tashkilotlar va tijorat banklarining jozibador foiz stavkalari bo‘yicha keng qamrovli information targ‘ibot tadbirlariga qaramasdan, bank omonatlari hajmi pastligicha qolmoqda. Kredit iste’molining yuqori darajasi iqtisodiy o‘sishga yordam beradi, lekin shu bilan birga inflyatsiya sur’atlarining yuqori bo‘lishiga olib keladi.
SAVOLLAR:
1. Aholining jamg‘arma madaniyatini shakllantirishga samarali undovchi 5-10 ta tavsiyanoma ishlab chiqish (narx-navo marketingi bundan mustasno).
2. Jamg‘arma madaniyatining shakllanishi insonning shaxsiy moliyaviyfarovonligini oshirishga qanday hissa qo‘shishi mumkin?
3. Bank omonatlarining mutannosib o‘sib borishi mamlakat iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |