Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘G‘risida
Download 45.01 Kb.
|
Moliya ma`ruza
VAZIYAT:
Qodirali va Chingiz yaqin do`st. Ular yoshlikdan birga katta bo`lishgan. Toshkent Moliya institutini birga tugatishgan. 2021-yil SQB(SanoatQurilishBank)ga ishga kirishgan. Qodiraliga kechki soat 2 da Chingiz ismli yaqin do`sti va hamkasbi qo`ng`iroq qildi va unga zudlik bilan pul zarur bo`lib qolganini aytib Qodiralidan 3 kunga qarz berib turishini iltimos qildi. Qodirali 3 kundan so`ng ishxona oylik maosh berishini biladi. Qodirali hamkasbiga yordam berishga qaror qildi va bank kartasi raqamini so`radi. Chingiz bank kartasi telefon raqamiga ulangani va nomeri orqali pul yuborish mumkinligini aytdi. Qodirali zarur pulni yubordi va Chingizga pullarni qabul qilib olish uchun kodni aytish maqsadida qo`ng`iroq qildi. Ammo, kodni aytishi bilan aloqa uzilib qoldi. Qaytib qoʼngʼiroq qilganida esa Chingizning telefoni oʼchirilgan edi. SAVOLLAR: 1.Kiberfiribgarlikning potensial qurboni kim? Bu qanday ishlaydi (sxemalar) va nimalarga e’tibor berish kerak?? 2. Qodirali bunday vaziyatda nima qilgani maqsadga muvofiq? 3. Davlat Qodiralining moddiy mulki xavfsizligini ta’minlay oladimi? YECHIM: 1) Potensial qurbonlar doirasiga deyarli barcha karta foydalanuvchilari kiradi. Nega? Chunki, bu yerda to‘lov tizimlari yoki ilovalarini emas, balki odamlarni buzishga urinish bor. Ijtimoiy injeneriya metodlari qo‘llanadi. Kim uchundir karta ma’lumotlarini berish so‘rovi bilan qo‘ng‘iroq qilishning o‘zi kifoya qiladi, kim uchundir esa butun bir ssenariylarni ishlab chiqish kerak bo‘ladi. Masalan, bank xavfsizlik xizmatlaridan yoki huquqni muhofaza qilish organlaridan qo‘ng‘iroqlar. O‘nlab, ehtimol hatto yuzlab sxemalar mavjud, ammo asosiysi, oxir-oqibat, firibgarlarga karta ma’lumotlari va bank yoki to‘lov tizimidan SMS-xabarda kelgan tasdiqlanish kodi kerak. Aytganday, SMS matnning o‘zida har har doim “kodni hech kimga bermang, uni faqat firibgarlar so‘raydi” degan yozuvlarni ko‘rish mumkin. 2) Avvalo, kartani blokirovka qilish kerak, hozir bunday imkoniyat bankka bormasdan turib bank ilovalarida mavjud. Keyin siz bank bilan bog‘lanib, kartangiz bo‘yicha ko‘chirma olishingiz va uni olib huquqni muhofaza qilish organlariga ariza yozish uchun borishingiz mumkin. Keling, “ruxsat berilmagan” so‘zi nimani anglatishini ko‘rib chiqaylik. Bu siz pul yechib olinishiga ruxsat bermaganingizni anglatadi. Lekin qonun nuqtai nazaridan siz maxfiy kodni berib bo‘ldingiz, bu mablag‘ni yechib olishga va kartani ilovaga ulashga ruxsat edi. Shunday qilib, bank nuqtai nazaridan – bu qonuniy amaliyot. Afsuski, bankning o‘zi uni bekor qila olmaydi. Bundan tashqari, odatda firibgarlar pulni tezda bir kartadan boshqasiga o‘tkazadi va bir necha daqiqada pullar «ketib qoladi» va bekor qilish uchun hech narsa qolmaydi. Ko‘pincha mablag‘lar chet elga chiqariladi, chet el kartalari yoki hatto hamyonlariga o‘tkaziladi, ammo kimdir bankomatdan yechib olganida – bunday «firibgarlarni» ushlash osonroq. 3) davlatdan yordam kutish mumkin, lekin ko‘pincha bu talablarni kuchaytirishda, masalan, mobil ilovalarda ro‘yxatdan o‘tishda namoyon bo‘ladi, bu esa pirovardida foydalanuvchilarning o‘zlariga noqulaylik tug‘diradi. Shuning uchun, birinchi navbatda, o‘zingizga tayanganingiz ma’qul. Menimcha, bu yerda davlatning vazifasi aholining moliyaviy savodxonligini oshirishdan iborat. Bizni tarbiyalashga balki kech bo‘lgandir, lekin maktablarda ishlashni, moliyaviy savodxonlik asoslarini o‘rgatishni boshlashimiz mumkin va zarur. 3-keys Download 45.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling