Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘G‘risida
JAMIYATDA HUQUQIY MADANIYATNI YUKSALTIRISH MILLIY DASTURI TO‘G‘RISIDA
Download 45.01 Kb.
|
Moliya ma`ruza
JAMIYATDA HUQUQIY MADANIYATNI YUKSALTIRISH MILLIY DASTURI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: 1. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi tasdiqlansin (ilova qilinadi). 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin; yuridik o‘quv yurtlarining moddiy-texnika va moliya bazasini mustahkamlash, yuridik adabiyot nashr etishga davlat madadini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi: aholining, huquqiy muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining, mansabdor shaxslar va mutaxassislarning huquqiy madaniyatini oshirish, advokatlar byurolari, hay’atlari va firmalarini, shuningdek yuristlarning maslahat berish va ma’rifat ishlari bilan shug‘ullanuvchi turli jamoat birlashmalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar muvofiqlashtirilishini ta’minlasin; yuristlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni takomillashtirsin; qonun hujjatlarini fuqarolarga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, sudlar, adliya organlari, jamoat birlashmalari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, shuningdek boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga o‘z vaqtida yetkazsin; aholiga advokatlik va notarial xizmati ko‘rsatishni, ayniqsa qishloq joylarda kengaytirish choralarini ko‘rsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda: maktabgacha tarbiya muassasalari, umumiy o‘rta maktablar, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarida va oliy o‘quv yurtlarida huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiya bo‘yicha o‘quv dasturlari hamda uslubiy tavsiyanomalar ishlab chiqilishini ta’minlasinlar; ta’lim muassasalarida adliya, prokuratura, ichki ishlar organlari xodimlari, boshqa mutaxassislar ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishini tashkil etsinlar; yuridik fanlari testlar va davlat imtihonlari tizimiga kiritish masalasini ko‘rib chiqsinlar; pedagoglar va tarbiyachilarning huquqiy madaniyatini oshirish uchun ta’sirchan choralar ko‘rsinlar; yuridik o‘quv yurtlariga chet eldagi o‘quv markazlari, taniqli huquqshunos olimlar bilan aloqa bog‘lashda yordam bersinlar. 5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi: ilmiy, ilmiy-ommabop va yuridik ma’lumotnoma adabiyotlar nashr etishni ko‘paytirsin; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda yuridik adabiyot nashr etish sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish va chop etilayotgan adabiyotlarning sifatini oshirish maqsadida olimlar, amaliyotchilar va mutaxassislar ishtirokida tahririyat-noshirlik ishlari kengashi tuzsin. 6. Mahalliy davlat hokimiyati organlari: qabul qilayotgan hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va qonunlariga mos bo‘lishini ta’minlasinlar; muhim qarorlarni aholining keng qatlamlari muhokamasiga havola etsinlar; huquqiy ta’limni va huquqiy tarbiyani turli ijtimoiy guruhlarning xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etsinlar, bu ish tegishli tartibda viloyat, shahar va tumanlarda muvofiqlashtirilishini ta’minlasinlar. 7. Ommaviy axborot vositalari qonun hujjatlarini tushuntirishga va aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan eshittirishlar va maqolalar sifatini oshirsin. 8. Quyidagilarga: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga — huquqiy tarbiya hamda aholining huquqiy madaniyatini oshirish muammolariga ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish; sudlarga — odil sudlov madaniyatini va uning tarbiyaviy rolini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ishlarni jamoatchilikni jalb qilgan holda ko‘rishni ko‘proq amaliyotga kiritish; jamoat birlashmalariga, shu jumladan jamg‘armalar, ittifoqlar va uyushmalarga, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga — huquqiy ta’lim va huquqiy tarbiyaning turli shakllaridan samarali foydalanish, aholining turli ijtimoiy guruhlariga huquqiy yordam olishda ko‘maklashish tavsiya etilsin. Download 45.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling