Hayvonot olami. Hayvonlarning tarqalishi va yashash muhiti


Download 0.67 Mb.
Sana14.05.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1460342
Bog'liq
1450539382 61820

Hayvonot olami

. 1. Hayvonlarning tarqalishi va yashash muhiti.

  • Hayvonlarning tarqalishi va yashash muhiti. Hayvonlar Yer yuzining hamma joyida tarqalgan. Ularni barcha qit`alar va orollarda, suv havzalarida va tuproqda uchratish mumkin. Hayvonlar juda xilma-xilligi bilan boshqa organizmlardan ajralib turadi. Agar Yer yiizida 500 mingga yaqin o`simlik turi ma`lum bo`lsa, hayvonlar turi 2,5 mln ga yetadi.

2. Hayvonlarning tabiatdagi ahamiyati.

  • Hayvonlar o`simliklar hayotida ham muhim o`rinni egallaydi. Tuproq hosil bo`lishi va lining hosildorligi oshishida mikroor-ganizmlar bilan bir qatorda hayvonlar ham ishtirok etadi. Har yili kuz kirganda daraxtlardan to`kilgan barglar, xazon bo`tgan o`simliklar bakteriyalar, zamburug`lar, bir hujayrali hayvonlar, chuvalchanglar, hasharotlar va boshqa organizmlar uchun oziq bo`ladi. Hayvonlar o`simlik qoldiqlarini maydalab, ularning chirishini tezlatadi.

3. Hayvonlarning inson hayotidagi ahamiyati.

  • Hozirgi davrda hayvonlarning inson faoliyatidagi ahamiyati tobora ortib bormoqda. Xonaki hayvonlar inson uchun go`sht va sut, sanoat uchun jun, teri va pilla beradi. Yovoyi hayvonlar, xususan, baliqlar, qisqichbaqasimonlar, molluskalar oziq-ovqat sifatida ishlatilishidan tashqari, ularning mahsulotlaridan turli dori-darmonlar va vitaminlar olishda foydalaniladi; chiqindilaridan tayyorlangan un esa chorva mollari ozig`iga qo`shib beriladi yoki o`g`it sifatida foydalaniladi. Yowoyi hayvonlar terisi va go`shti uchun ham ovlanadi. Qushlarning pati, sutemizuvchilarning suyagi va shoxi yengil sanoat uchun xomashyo hisoblanadi.
  • Yowoyi qushlar zararkunanda hasharotlar, sichqonlar va kalamushlarni qirib insonga foyda keltiradi. Asalarilar qimmatli asal berishi bilan birga ekinlarni changlantirib, hosildorlikni oshiradi. Yirtqich va parazit hasharotlar qishloq xo`jaligi zararkunandalarini qirib, ularning sonini cheklab turishga yordam beradi .Hayvonlar orasida inson salomatligiga, chorva mollari va ekinlarga zarar yetkazadigan turlari ham ko`p uchraydi. Ular ekinlarni yeb, hosildorlikni kamaytiradi; oziq-ovqat mahsulotlari, jun, teri, yog`och hamda ulardan tayyorlangan mahsulotlar, kiyim-kechak va buyumlarai buzib katta ziyon yetkazadi.

4. Hayvonlar klassifikatsiyasi.

  • Hayvonlar klassifikatsiyasi. O`zaro o`xshashligi va qon-qarindoshligiga binoan hayvonlar bir qancha katta va kichik guruhlarga ajratiladi. Hayvonlarni bu tarzda guruhlash klassifikatsiya deyiladi. O`simliklar singari hayvonlar klassiflkatsiyasida ham eng kichik guruh tur hisoblanadi. Bir turga mansub hayvonlarning tuzilishi va hayot kechirishi o`xshash bo`ladi. Bir turga mansub bo`lgan hayvonlar tabiatda muayyan maydonda tarqalgan bo`lib; o`zaro erkin chatisha oladi va ularning nasli serpusht bo`ladi.
  • Har xil turga mansub bo`lgan hayvonlar, aksincha, o`zaro chatishol-maydi yoki chatishganda ham ularning nasli pushtsiz bo`ladi.
  • O`zaro yaqin turlar urug`ga, urug`lar oilaga, oilalar turkum-ga, turkumlar sinflarga, sinflar esa tiplarga birlashtiriladi.Shunday qilib, hayvonlarning asosiy sistematik guruhlari tur, urug`, oila, turkum, sinf va tipdan iborat. Bundan tashqari, hayvonot olami hujayraviy tuzilishiga binoan bir hujayralilar va ko`p hujayralilarga; umurtqa pog`onasining rivojlanganligiga qarab umurtqasizlar va umurtqalilarga ajratiladi.

5. Zoologiyaning rivojlanish tarixi.

  • Zoologiyaning rivojlanish tarixi. Zoologiyaga old dastlabki ilmiy asarlarni eramizdan oldingi IV asrda yashagan Arastu yozgan. Uning asarlarida 500 ga yaqin hayvonlarga tavsif berilgan. Bir hujayrali hayvonlarni o`rganish XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida mikroskop kashf etilgandan so`ng boshlangan. Golland olimi A. Levenguk mikroskopda ko`rinadigan hayvonlarni o`rganishni boshlab bergan. Hayvonot olami sistemasini ishlab chiqishda shved olimi K. Linneyning ishlari, ayniqsa katta ahamiyatga ega bo`ldi.

Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar

  • O`zbekistonda zoologiya fanining rivojlanishida rus olimlari ham katta hissa qo`shishgan. D. N. Kashlcarov birinchi bo`lib hayvonlar ekologiyasini o`rganishni boshlab berdi. L. M. Isayev, P. F. Borovskiy va boshqa olimlar olib borgan tadqiqotlar O`rta Osiyoda rishta, bezgak paraziti va leyshmaniya kabi parazit yashovchi hayvonlarning butunlay tugatilishi uchun asos bo`ldi. O`zbekistonlik olimlar T. Z. Zohidov, O. P. Bogdanov va boshqalar umurtqali hayvonlarni, A. M. Muhammadiyev, S. N. Alimuhamedov, V. V. Yaxontov, R. 0. Olimjonov, M. A. Sultonov, A. T. To`laganov, J. A. Azimov umurtqasiz hayvonlarni o`rganish sohasida katta tadqiqotlar olib borishgan.

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling