Vodil adirlari. Yuqori cho‘l va quyi adir ekosistemasining holati va hayvonot olami bilan tanishish
Yuqori cho‘l va quyi adir ekosistemasining ekologik holati haqida ma‘lumot berish. Adir hayvonlari tarkibi, ularning hozirgi holati, turli omillar ta'sirida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar haqida ma‘lumotlar berish, materiallar yig‘ish. Yuqori cho‘l va quyi adir ekosistemasining ekologik holatini chizib va rasmga oldik.
Dastlab yovvoyi o‘tlar bilan madaniy o‘tlar o‘rtasidagi chegarani aniqladik. Begona o‘tlar hayotiy formulalari va biologik holatlari bo‘yicha tasniflandik. Begona o‘tlar orasidan migrantlar va jaydari (aborigen) turlarni tavsiflash. Ularning madaniy o‘simliklar orasidagi taxminiy hisobi aniqlanadi. Talablarga begona o‘tlarda uchrovchi zararkuranda hasharotlarga qarshi kurash bo‘yicha mavjud bo‘lgan usullarning afzalliklari to‘g‘risida ma‘lumotlar beriladi. Begona o‘simliklarda uchrovchi hasharotlar ustida kuzatuvlar olib borish, ularning morfologik va morfometrik ko‘rsatgichlariga qarab turlarga ajratish, kolleksiyalar uchun namunalar yig‘ish.
Amaliyot davrida davlat tabiat yodgorligi bilan tanishdik. Bunda yodgorlikning muhofaza etiladigan ob‘ekti, o‘simlik va hayvonot dunyosu bilan tanishdik. Muhofaza etiladigan hududning iqlim, tuprog‘i bilan tanishdik. Hududda uchrovchi umurtqasiz hayvon turlarining morfologik belgilari, moslanishini o‘rgandik. Topilgan turlarni kolleksiya uchub yig‘dik. O‘rganilgan materiallar bo‘yicha talabalar tomonidan fotoalbom tayyorladik. Kolleksiyalar uchun namunarlar yig‘dik.
Do'stlaringiz bilan baham: |