Hazorasp tumani 2-son umumiy o`rta ta`lim maktabida “Mart-biologiya fan oyligi”ni o`tkazish dasturi Fan oyligi shiori


Bellashuvda barchaga omad yor bo`lsin


Download 0.64 Mb.
bet3/3
Sana26.08.2020
Hajmi0.64 Mb.
#127719
1   2   3
Bog'liq
“Mart-biologiya fan oyligi”ni o`tkazish dasturi


Bellashuvda barchaga omad yor bo`lsin.
Bellashuv 1aprel kuni soat 1230 da biologiya xonasida bo`lib o`tadi.

Hurmat bilan biologiya o`qituvchisi va maktab ma`muriyati



20 mart. 2020 yil


тАШАККУРНОМА

Ҳурматли __________________________________________

____________________________________________

Сизнинг фарзандингиз _________________________________

Март-биология фан ойлиги муносабати билан ўтказилган

Энг намунали биология фан дафтари

кўрик- танловида ғолибликни қўлга киритди.

Сизга ва оилангизга шундай фарзандни тарбиялаб вояга етказаётганлигингиз учун чин дилдан ташаккур билдирамиз.

Фарзандингизнинг ўқишларида омад тилаймиз. Уни келажакда ўз соҳасининг билимдони, шу билан бирга баркамол инсон бўлиб, Ватанимизнинг эртанги куни тараққиётига ўз ҳиссасини қўшишини чин дилдан истаб қоламиз.

Мактаб директори: _______________

Фан ўқитувчиси: ________________



BIOLOGIYA HAFTALIGI.

Biologiya haftaligi ,,Mart - biologiya fani oyligida’’ o`tkazilsa yanada qiziqarli va esda qolarli bo`ladi.

Haftalik o`quvchilarning biologiyaga bo`lgan qiziqishini oshiradi.Bunday haftaliklar eng muhimi o`quvchilar o`rtasida biologiyani yanada ommolashtiradi.Haftalik o`tkazish rejasini maktab ichki sharoitlarini , imkoniyatlari hamda o`quvchilar bilim darajasini hisobga olgan holda turli variyantlarda tuzish mumkin .Haftalik olti kun davom etadi.

Dushanba - Referatlar tanlovi.

Seshanba - Devoriy gazetalar va al`bomlar tanlovi.

Chorshanba - Qo`lda yasalgan ko`rsatmali qurollar tanlovi.

Payshanba - Savol-javob kechasi.

Juma - Senariylar tanlovi.

Shanba - Haftalik yakuni.

Biologiya haftaligini o`tkazishda,aynuqsa tashkiliy ishlarga alohida e`tibor berish kerak.Haftalik bayramona ko`rinishda o`tishi kerak. Chunonchi haftalik o`tkazilishi to`g`risida , uning kun tartibi va shartlarini e’lonlar doskasiga did bilan yozib qo`yish, biologiyaga doir turli xil plakatlar, stentlar chiqarish, zalni hikmatli so`zlar va ko`rgazmalar, devoriy gazetalar bilan bezash lozim. Yozuvlar qisqa, tushunarli bo`lsa, u o`quvchilar xotirasida uzoq saqlanib qoladi. Masalan

Har ishda kim inson ko`rsatur himmat

Tikan ham guldasta bo`lur oqibat (Sa’diy Sheroziy)

Bundan tashqari, to’garak a’zolarining kuchi bilan foto-stent tayyorlash lozim. Unda yoritilgan materiallar hozirgi zamon talablariga javob berishi,yani dolzarb masalalarni yoritishi lozim. Masalan,,Biologiya hayot ehtiyojidir’’, ,,Nima uchun biologiyani o`rganamiz’’, ,,Salomatlik tuman boylik’’, ,,Biologiya bilan XXI asda’’ kabi nomlar bilan foto stent tayyorlash mumkin.

Tashkiliy ishlar nihoyasiga yetgach maktab biologiya, geografiya, fizika, kimyo, onatili-adabiyot fani o`qituvchilari bilan hamkorlikda hakamlar hayati tuziladi.

Haftalik kun tartibidagi referatlar tanlovi o`quy zalida parallel sinflar o`rtasida o`tkaziladi. Referat mavzularini o`qituvchi o`quvchilarga darslikdan tashqari mavzulardan ham foydalanib qo`ysa bo`ladi. Bunda albatta o`quvchining bilim imkoniyatlarini hisobga olish lozim. O`quvchilar o`zlari yozgan referat mavzularini tushuntirib qo`shimcha adabiyotlardan foydalanib, rasmlarini ham chizib mavzuni yoritib berishi lozim. Shu asosida sinfning umumiy bali aniqlanadi va natijasi haftalik yakunida e`lon qilinadi.

Haftaning ikkinchi kuni devoriy gazetalar va al`bomlar tanlovi. Bunda o`quvchilar o`zlari mavzu tanlab devoriy gazetalar tayyorlashi kerak.Masalan :,,G`aroyib zoopark’’, ,,Yosh biolog’’, Turfa tabiat’’, ,,Sirli olam’’, “Jonivorlar-joni borlar”va shu kabi devoriy gazetalar tayyorlashi lozim.Shu bilan birga , gazetada krassvord, chaynvord, sne`r va boshqa qiziqarli ma`lumotlar bo`lishi kerak.

Haftalikning uchunchi kuni qo`lda yasalgan ko`rsatmali qurollar ko`rgazmasi bo`ladi. Bunda ularni turli xil materiallardan yasalganligiga etibor beriladi. O`quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda V-VI sinflarga ildiz, barg, poya turli xil mevalarni qog`ozdan turli hajmda tayyorlashlari , VII sinf o`quvchilari hayvonlarga doir ,masalan baliq rasmini katta qilib chizib ikki tomonini bir xil rangga bo`yab , bir-biri bilan qog`ozlarni birlashtirib va ichiga paxta yoki somon solib qog`ozdan baliq va boshqa xil hayvon maketlarini yasashlari mumkin. Gerbariylar ham tayyorlash mumkin . Bu ishlarni ba`holashda yasalgan ko`rgazmali qurollarning sifatiga va rangiga alohida diqqat qilinadi.

Haftalikning to`rtinchi kuni savol-javob keshasi o`tkaziladi.Bellashuvni o`tkazishda parallel sinflardan guruhlar tuzilib ,guruhning nomlarini va emblemalarini tanlash o`quvchilarning o`zlariga havola qilinadi.

Odatda guruhlar bellashuvi tabrik so`zlar bilan boshlanadi.Tabrik so`zlari she`riy usulda bayon qilinsa, o`quvchilar buni zo`r qiziqish bilan ting- laydilar.Tabrik qismi tugagach har ikkala guruhning maruzasi tinglanadi. Maruza mavzulari oldindan o`quvchilarga berilib qo`yiladi. Ular shu mavzular bo`yisha tayyorgarlik ko`radilar. Maruza qisqa mazmunli shu bilan birga mumkin qadar qiziqarli faktlarni o`z ichiga olgan bo`lishi kerak. Savol –javob kechasining topshiriqlari qisman o`quvchilarni ko`proq mantiqiy fikrlashga undaydigan, har xil variantlarda javob berishi mumkin bo`lgan savollar tayyorlash kechaning jonji o`tishiga olib keladi.

Haftalikning beshinchi kuni senariylar kuni. Bunda har bir guruh qisqa muddatli (15-20 minutga mo`ljallangan) biologik mavzusidagi ekalogik aksiyalar qalendaridagi biror kunga bag`ishlab senariy yozishlari kerak. Masalan: 1 dekabr Umumjahon OITS ga qarshi kurashish kuni yoki



7 aprel Butun dunyo salomatligi kuni, 22 aprel halqaro olamni asrash kuni va shu kabi kuhlarga bagishlab mavzu tanlab senariy yozishlari kerak.

Bellashuvning hamma turi o`tgandan so`ng haftalik hakamlar hay`ati tamohidan yakunlanadi.



Haftalik yakunida g`oliblar faxriy yorlik va estalik sovgalar bilan mukofotlanadilar. Mukofatlar tantanali suratda topshiriladi. Bu o`quvchilardagi fanga bo`lgan qiziqishini, faolligini yanada oshiradi.
Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling