HECH BO'LMAGANDA BITTA HODISANING RO'Y BERISH EHTIMOLLIGI
Reja:
Ehtimolliklarni qo’shish teoremalari.
Ehtimolliklarni ko’paytirish teoremalari.
Kamida bitta hodisaning ro’y berish ehtimolligi.
To’la ehtimollik va Beyes formulalari.
80.1. Ehtimolliklarni qo’shish teoremalari
Faraz qilaylik, A va B birgalikda bo’lmagan hodisalar bo’lib, P(A) va P(B) mos ravishda ularning ehtimolliklari bo’lsin.
80.1-teorema. Ikkita birlikda bo’lmagan A va B hodisalar yig’indisining ehtimolligi shu hodisalar ehtimilliklarining yig’indisiga teng:
P(A+B)=P(A)+P(B).
Isboti. Tajriba natijasi n ta elementar hodisalar bo’lib, bulardan m1 tasi A hodisaga, m2 tasi esa B hodisaga qulaylik tug’dirsin.
U holda
Shartga ko’ra A va B hodisalar birgalikda emas. Shuning uchun bu hodisalar birgalikda ro’y berishiga qulaylik tug’diruvchi hodisalarning soni nolga teng bo’lib yo A hodisa yo B hodisaning ro’y berishiga qulaylik tug’diruvchi hodisalarning soni m1+ m2 ga teng bo’ladi.
Demak,
1-natija. A hodisaga qarama-qarshi hodisaning ehtimolligi
P( )=1-P(A)
ga teng bo’ladi.
Isboti. A va hodisalar qarama-qarshi bo’lganligidan
P(A+ )=P(U)=1.
Yuqorida keltirilgan birgalikda bo’lmagan hodisalar uchun ehtimolliklarni qo’shish teoremasiga asosan
P(A+ )=P(A)+P( )=1.
Bundan P(A)=1-P( ) bo’lishi kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |