Хх-asrning 50-80 yillarida O‘zbekistonningi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy ahvoli. O‘zbekiston mustaqilikka erishish yo‘lida


Download 66.44 Kb.
Sana22.04.2023
Hajmi66.44 Kb.
#1381809
Bog'liq
ХХ-asrning 50-80 yillarida O‘zbekistonningi ijtimoiy-siyosiy,

ХХ-asrning 50-80 yillarida O‘zbekistonningi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy ahvoli. O‘zbekiston mustaqilikka erishish yo‘lida

  • Sovet davlatining mustamlakachilikka asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy siyosati urushdan keyin ham davom etib, O‘zbekiston o‘z xalqi hukmron partiya belgilab bergan besh yillik rejalarini bajarishga kirishdi. Iqtisodiyot oldiga qo‘yilgan eng muhim vazifalar O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 1946-yil avgustida chaqirilgan VIII sessiyasida qabul qilingan 1946-1950-yillarga mo’jallangan rejada belgilandi. Bunga ko‘ra, xalq xo‘jaligining barcha sohalariga 3 mlrd 900 ming so‘m kapital mablag‘ ajratildi. Sanoatni rivojlantirish ishlari respublika iqtisodiyotining yetakchi sohasi paxtachilikni rivojlantirishga qaratildi. Bu besh yillikda O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarishga e’tibor berilib, natijada 5 yilda 8 ta yirik va o‘rta hajmdagi elektrostansiyalar, shu jumladan, 300 ming kv soat kuchga ega Farhod elektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu stansiya sobiq ittifoqda uchinchi o‘rinni egallab, urushgacha O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan elektr quvvatiga teng quv-vat beradigan bo’ldi.
  • Urushgacha “kazarma sotsializmi” va urush azoblarini boshdan kechirgan o‘zbek xalqi iqtisodni tiklash va rivojlantirishda ham hormay-tolmay mehnat qildi. Besh yilda sanoat mahsulotining yalpi hajmi 71 % ga ko‘paydi, bu urushdan oldingi darajadan 1,9 barobar ko‘p. Sanoatning xalq xo‘jaligidagi salmogi 47,7 % ni tashkil qildi. Shu yillarda Farhod, Oqqovoq-2, Bo‘zsuv-2 elektrostansiyalari, jami 150 ta yangi sanoat korxonalari ishga tushirildi.
  • O‘zbekistonning kelajakdagi taraqqiyoti rejalari Ittifoq markazida ishlab chiqarilib, iqtisodni bir tomonlama, ya’ni o‘lkani xomashyo bazasi sifatida saqlab qolishga qaratildi va O‘zbekistonning barcha tarmoqlari paxtachilikni rivojlantirishga bo‘ysundirildi. Sobiq hukumatning 1946-yil 2-fevraldagi O‘zbekistonda paxtachilikni tiklash va rivojlantirishga oid qarori esa respublikada paxta yakkahokimligi siyosatini kuchaytirish uchun asos bo‘ldi.
  • O‘zbekistonda iqtisodiyotni tiklashda, ayniqsa, paxtachilikda muammolar ko‘p edi. 1947-1948-yillarda paxta tayyorlashning davlat rejasi bajarilmadi. 1949-yildan boshlab ahvol birmuncha o‘zgardi. 1950-yili 2 mln 222 ming tonna paxta yetkazib berildi, hosildorlik gektaridan 20,7 sentnerga yetdi. 1950-yildan paxtaning xarid narxi oshirilib, 1 tonnasiga 2200 so‘m, ya’ni avvalgidan ikki baravar ko‘p haq to‘landi. Lekin dehqonchilik-ning boshqa sohalarida ekin maydonining qisqartirilgani oqibatida g‘alla va sabzavot tayyorlashda urushdan oldingi darajaga yetmadi.
  • Ijtimoiy masalalarga e’tibor qaratilsa-da, narx-navo yuqori, oziq-ovqat mahsulotlari 1950-yilda 1940-yilga nisabatan deyarli ikki barobar qimmat edi. Ijtimoiy muammolarni yechish maqsadida ish haqi oshirildi, pul islohoti o‘tkazildi, ish soati qisqartirildi, iste’mol mahsulotlari narxi arzonlashtirildi. Eng muhimi, urash davrida odamlarning yashashi bilan bog‘liq yo’lga qo‘yilgan kartochka tizimi bekor qilindi.
  • Qishloq aholisining moddiy ahvoli og’ir edi. Ishchilaming oylik daromadi 64 rubl bo’lgan bir paytda, ularniki o‘rtacha 20 rublni tashkil etar edi. Vaholanki, urashdan keyingi xo‘jalikni tiklash va rivojlantirishning asosiy og’irligi qishloq mehnatkashlari zimmasiga tushdi. O‘zining bog‘ va mevalari bilan mashhur bo’lgan O‘zbekiston aholisi haddan tashqari ko‘p olinadigan soliq tufayli bog’laridan voz kechdi. Chorvadorlar shu sababga ko‘ra mol boqib foyda ko‘rmadi. Ahvol shu darajaga yetdiki, aholining shaxsiy mollari soliq hisobiga davlat va jamoa xo‘jaliklari foydasiga olindi. Sotishdan bosh tortganlar jinoiy javobgarlikka tortildi. Oqibatda shaxsiy xo‘jaliklarda chorva mollarining soni keskin kamaydi.
  • 50-yillardan boshlab qo‘riq va bo‘z yerlarni o‘zlashtirish orqali paxta va g‘alla yetishtirishni ko‘paytirishga kirishildi. Uch yil (1953-1955) ichida respublikada 130 ming gektar yangi yerlar ochildi. Birgina Mirzacho’lning o‘zida 1956-yilga kelib 200 ming gektar yer o‘zlashtirildi. 1960-yili O‘zbekistonda sug‘oriladigan yer maydoni 2.571 ming gektarga yetdi.
  • Paxtachilikni rivojlantirish uchun mineral o‘g‘itlardan foydalanishga katta e’tibor qaratilib, respublikada 1951-yilda 0,9 mln tonna mineral o‘g‘it ishlatilgan bo’lsa, 1980-yilda uning miqdori 5 mln tonnadan oshib ketdi. G‘o‘za barglarini to‘kish va zararkunandalarga qarshi kurashda zaharli ximikatlar (butifos, merkaptafos va b.) dan foydalanildi. Dunyo bo‘yicha pestitsidlar har bir kishiga 300 gr dan, AQSH da 800 gr dan to‘g‘ri kelgan bo’lsa, 1989-yil respublikaning paxta ekiladigan hududlarida har bir kishiga 25 - 45 kg ni tashkil etib, o‘ta zaharli bu ximikatlar respublikaning aholisi sog’ligiga zarar yetkazdi.
  • O‘zbekistonda paxta yakkahokimligi siyosati tufayli yildan-yilga paxta yetishtirish ko‘payib bordi. Paxta xomashyosi yetishtirish 1946-1985-yillarda 5,5 baravar ko‘paydi, paxta ekiladigan maydonlar 1 mln ga dan ortdi. 1966 - 1986-yillar mobaynida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga 45 mlrd rubl mablag‘ ajratilgan bo’lib, shundan 17,1 mlrd rubli sug‘orish tarmoqlariga sarflandi. Shu davrda 1,5 mln ga yer o‘zlashtirildi. O‘zlashtirilgan yerlarda yangi sovxozlar 160 tani tashkil etgan bo’lsa, 20 yil davomida bu yerlarda 10,4 mln tonna paxta xomashyosi yetishtirildi.
  • 60-yillarga kelib aholining jon boshiga- go‘sht 29 kg, sut 150 litr, tuxum 78 dona, qand-shakar 21,2 kg, kartoshka 28 kg, sabzavot va poliz mahsulotlari 66 kg dan to‘g‘ri keldi. Bu miqdor umumittifoq darajasidan ancha past edi. Buning ustiga tomorqaga nisbatan noto‘g‘ri siyosat olib borildi. 50-yillarning boshlarida respublika rahbarlarining tashabbusi bilan sug‘oriladigan yerlar tomorqa hajmi 25 sotixdan 13 sotixga tushirildi. Bu ko‘rsatkich ayrim joylarda, hatto 6-8 sotixgacha kamayib ketdi. Bu holatlar O‘zbekiston qishloq aholisining turmush darajasini yanada og’irlashtirdi.
  • 1953-yili respublika ixtiyoridagi korxonalar jami sanoat mahsulotlarining 31 % ini ishlab chiqargan bo’lsa, ittifoqqa bo‘ysungan korxonalarga 69 % to‘g‘ri keldi. Faqatgina 1955-yilning oxirida O‘zKompartiya rahbari lavozimiga N.A.Muhiddinovning saylanishi va uning tashabbusi bilan Markaz ixtiyoridagi yuzlab sanoat korxonalari respublika qaramog‘iga o‘tkazildi. Bundan tashqari, 1959 - 65-yillarda 450 dan ziyod sanoat korxonalari va sexlar ishga tushirildi.
  • 1958 - 1960-yillarda Jarqoq-Buxoro-Samarqand-Toshkent magistral gaz quvuri qurilishi bilan respublika sanoat korxonalari, shahar va ayrim qishloqlarni gazlashtirish boshlandi. 1960-yilda 447 mln kubometr hajmda tabiiy gaz olingan bo‘lsa, 1970-yilga kelib bu miqdor 32 mlrd kubometrni tashkil qildi. O‘zbekiston tabiiy gazini markaz ko‘rsatmasi asosida Qozog‘iston, Tojikiston, sobiq ittifoqning Yevropa qismi, Ural, Boltiqbo‘yi respublikalari va boshqa mintaqalarga uzluksiz jo‘natish boshlandi. Respublika aholisining tabiiy gazga muhtojligi kuchayib turgan bir paytda O‘zbekiston tabiiy gazini olib ketish boshlangan edi.
  • Bu yillarda Ohangaron, Olmaliq havzasi va Zarafshon tizmasi tog‘ konlari o‘zlashtirilib, rangli metallurgiya sanoati rivojlana boshladi. Uran konlari ittifoq ixtiyoriga o‘tkazilgan edi. Qizilqumda 50 - 60-yillarda jami 27 kompleks uran konlari ochildi. Navoiy, Uchquduq, Zarafshon, Zafarobod, Nurobod shaharlarida bir necha yuz kilometrni tashkil etgan temir yo‘l, avtomobil yo’llari qurildi.
  • Bir necha o‘n yilliklar davomida O‘zbekistonda mahalliy yoshlardan ishchi kadrlar tayyorlash o‘miga, Rossiya va Ukrainadan tayyor kadrlar keltirish siyosati olib borildi. Mamlakatda sotsial-iqtisodiy ahvolning og‘irligi va muttasil ishsizlar sonining oshib borishi aholi turli tabaqalari, xususan yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning ko‘payishiga sabab bo‘lgan omillardandir. Rеspublika prokraturasidagi mas’ul xodimlarning bеrgan ishonarli ma’lumotlarga qaraganda 1985-1989 yillar va 1990 yilning to‘qqiz oyi mobaynida mamlakatda 426.143 ta jinoiy ish sodir etilganligi qayd qilingan.
  • Fashizmga qarshi urush tamom bo‘lgandan keyin, oradan ko‘p o‘tmay butun sobiq ittifoq bo‘ylab navbatdagi yalpi terror to‘lqini boshlandi. Sobiq hukmron partiya aholiga fashizm mafkurasi ta’siri bo‘lganligini va buning oqibatida matbuot, san’at va adabiyotda g‘oyasizlik, siyosatdan uzoqlashish, hayotiy haqiqatni buzib ko‘rsatish, umidsizlik, kelajakka ishonchsizlik paydo bo‘lganligini ro‘kach qilib, 40-yillar adabiyot va san’at namoyandalari faoliyatini tazyiq ostiga oldi. Bu borada bir qator qarorlar ham qabul qilindi. Bu qarorlar butun mamlakatda, shu jumladan, O‘zbekistonda ham ziyolilarga qarshi kurashni boshlanishiga sabab bo‘ldi.
  • 1949-yil 25-iyunda O‘zkompartiya Markazqo‘mining “O‘zbekiston Sovet yozuvchilar soyuzining ishi to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, unda ko‘pgina yozuvchilar, olimlar, partiya va davlat arboblari, madaniyat xodimlari millatchilikda ayblandi. Oybek, Abdulla Qahhor, Mamarasul Boboyev, Mirtemir, Shayxzoda kabi o‘zbek yozuvchilari badnom qilindi. 1951-yili avgustda bir guruh atoqli ijodkor ziyolilar “millatchilar”, deb matbuotda nohaq tanqid qilindi, “buzg‘unchilikda” ayblandi. Keyinchalik yozuvchilardan Shayxzoda, Shukrullo, Shuhrat, Said Ahmad va boshqalar uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
  • Respublikada 50-yillar qatag‘onining kuchayishida O‘zkompartiya Markazqo‘mining 1952-yil 21-22-fevralida bo’lib o‘tgan plenumi va uning qabul qilgan qarorlari ham mudhish rol o‘ynadi. Plenumda O‘zkompartiya MQ birinchi kotibi A.Niyozovning “Respublikada ideologiya ishlarining ahvoli va uni yaxshilash choralari haqida”gi ma’ruzasida adabiyot, madaniyat, san’at va fan xodimlaridan bir qanchasi keskin tanqid qilindi. Plenumda, shuningdek, jamiyatshunos olimlarga ham nohaq ayblar qo‘yildi.
  • 50-yillarning boshlarida yana 60 tacha eng ko‘zga ko‘ringan qobiliyatli olim va yozuvchi, san’at arboblarining ro‘yxati tuzilib,ularni ham millatchi, aksilinqilobchi va hokazo yorliqlar ostida jinoiy jazoga tortishga urindilar.
  • 1983-1989 yillarda “paxta ishi” bahonasida yana qatag’onlarning yangi bosqichi bo`ldi. Bundan maqsad o‘zbek xalqini, O‘zbekistonni nafaqat ittifoqda, qolaversa, dunyoda badnom qilish, jazolash va shu yo‘l bilan boshqa ittifoqchi respublikalami cho‘chitib qo‘yish edi. Afsuski, O‘zbekistonning o‘sha vaqtdagi rahbarlari buni ko‘ra-bila turib lom-mim demadi, aksincha, ularga ko‘maklashdi. Buning oqibati esa ularning o‘zlari uchun ham halokatli bo’ldi. Jurnallarda, radio-televideniyeda muntazam xabarlar bosilib, millat shanini badnom va sharmanda qilishga urinishdi.
  • 1983-yilning aprelida Buxoro viloyati rahbarlari ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. 1983-1988-yillarda O‘zbekiston bo’yicha jinoiy ish yuzasidan qamalganlarning 600 tasi rahbar xodimlar edi. Qamalganlarning 5000 dan ortig‘i javobgarlikka tortildi. O‘sha paytda respublikadagi qamoqxonalarda joy qolmagani sababli sudlanganlarning mingdan ortig‘i jazoni o‘tash uchun Sibir qamoqxonalariga jo‘natildi. Aybsiz odamlarni, ularning oila a’zolarini qamoqqa olish, jismoniy va ruhiy qiynoqqa solish avj oldi. Hibsga olinganlar tergov usullariga dosh berolmay o‘z jonlariga qasd qilishgacha borib yetdilar.
  • Ana shu tariqa o‘zbek xalqini ko‘zbo‘yamachilikda, poraxo‘rlikda, qo‘shib yozishlarda, boqimandalikda ayblab, partiya va davlat rahbarlaridan tortib oddiy dehqonlargacha ta’qib ostiga oldi. Ular o‘zlari o‘ylab topgan soxta ayblari natijasida respublikaning 25 mingga yaqin fuqarolari qiynoqlarga solindi, sudsiz, tergovsiz qamaldi. Ularning orasida keksalar, homilador ayollar, nogironlar ham bor edi. Aybsiz kishilarga jismoniy kuch ishlatib, qo‘rqitish yo’li bilan ayblar qo‘yildi. Oddiy mehnatkashlardan katta miqdorda pul, o’z rahbarlari to‘g‘risida noto‘g‘ri ko‘rsatmalar berish talab qilindi.
  • Bu davrda ijtimoiy va xo‘jalik vazifalarini ma’muriy-buyruqbozlik bilan hal etish mumkin bo’lmay qoldi. Iqtisodiy o‘sish esa yildan-yilga kamayib boraverdi. Respublika xalq xo‘jaligida umumiy ijtimoiy mehnat unumdorligining pasayishi hisobiga mo’ljaldagidan 4,3 % yoki 850,4 million so‘mga kam milliy daromad olindi. 1989-yilda O‘zbekistondagi har bir kishiga sobiq ittifoqdagi o‘rtacha darajadan bir yarim baravardan kam kapital mablag‘ to‘g‘ri keldi.
  • Shu davrga kelib respublika xalq xo‘jaligida ko‘plab muammolar to‘planib qoldi. O‘sha davrda respublikada milliy ongning o‘sishi, o‘zlikni anglash darajasining kuchayishi yana ko‘plab muammolarning yechimini kun tartibiga qo‘ydi. Ammo sobiq respublika rahbarlari bu muammolarni yechish uchun qilinayotgan harakatlarni “jamiyatga qarshi” harakat, deb tushundilar.
  • 1989-yil 24-iyunda I.A.Karimov O‘zbekiston rahbari etib saylanishi bilan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining Farg‘ona vodiysi oblastlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish masalalariga bag‘ishlangan Kengashda so‘zlangan nutqida: ''Hozirgi kunda ko‘pgina odamlar Farg‘ona voqealarning sabablarini turlicha izohlashmoqda. Men ham butun barcha sabablarni sanab ularning eng asosiylarini qayd etmoqchi emasman. Lekin, barcha voqealarining ildizi - Farg‘ona vodiysida yashayotgan aholining og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli bilan bog‘liq, desam, o‘ylaymanki, ko‘pchilik bu fikrga qo‘shiladi," deb alohida ta’kidlab o‘tadi.
  • I.A.Karimov o‘z faoliyatining dastlabki kunlaridan yirik davlat arbobi va mohir siyosatchi, bunyodkor va tashkilotchi, katta tajribaga ega bo‘lgan amaliyotchi va teran nazariyotchi sifatida serqirra va samarali faodiyat bilan respublikada millatidan va dinidan qat’iy nazar, odamlar O‘zbekistonni o‘z Vatani deb hisoblashlariga nafaqat da’vat etdi, balki ular uchun shart-sharoit yaratish qayg‘usi bilan yashadi.

Download 66.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling