“ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ
ТУТГАН ЎРНИ” МАВЗУСИДАГИ РЕСПУБЛИКА ИЛМИЙ-ONLINE КОНФЕРЕНЦИЯСИ МАТЕРИАЛЛАРИ
192
8. Mavhum va yurak-, bosh- otlarga har bir kishida bitta bo‘ladigan a'zoning nomlariga -lar
affiksi qo‘shilsa, kuchaytirish ma'nosi ifodalanadi. Masalan: O‘jarlik, o‘z ahdida qat’iy turishda
unga bas keluvchining topilishi qiyin. Ahdga vafo qilmoq, qat’iylik pokiza qalb egalari uchun
yaxshi fazilat sanaladi. Zulm urug‘i nish urgan yuraklar uchun esa ofat eshigining
ochilmog‘idir.(T.Malik)
Yuraklar so‘zida yagona bo‘lgan tana a’zosiga qo‘shilib ma’no kuchaytirishga hizmat
qilmoqda. Ma’no kuchaytirish esa yuklamaga xos. Demak, -lar bu yerda yuklama vazifasini bajarib
kelmoqda.
Demak, -lar affiksi qanday so‘zlarga qo‘shilishiga, qanday vaziyatda qo‘llanishiga ko‘ra
quyidagi ma’nolarni ifodalab keladi:
a)
Ko‘plik (kitoblar) ma’nosi;
b)
Hurmat (dadamlar keldi, opam bajardilar) ma’nosi;
c)
Ta’kid (o‘zlari), kuchaytiruv(sog‘inchlar) ma’nosi;
d)
Kesatiq (kelsinlar), kulgi-mazah(bajaradilar-bajaradilar-a) ma’nosi;
e)
Mo‘llik(ko‘p suvlar) ma’nosi;
f)
Joy va uning atrofi (Andijonlarda (Andijon va uning atrofidagi hudud)) ma’nosi;
g)
Ma’lum bir kishi va uning qurshovidagi boshqa kishilar (Farhodlar (Farhod kabi
mard yigitlar)) ma’nolarida qo‘llanib kela oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Ayub G‘ulomov. “O‘zbek tilida ko‘plik kategoriyasi” monografiyasi Toshkent, 1944. 4-5betlar.
2.Abdulhamid Nurmonov. “Tilshunoslikning nazariy va amaliy muammolari bo‘yicha tanlangan maqolalar” Toshkent,
2013. 28-bet.
4.Tohir Malik “Shaytanat”(4-kitob) Toshkent “Ilmiy”2018
Do'stlaringiz bilan baham: |