“ххi асрда илм-фан тарақҚиётининг ривожланиш истиқболлари ва уларда инновацияларнинг тутган ўрни” мавзусидаги республика илмий-online конференцияси материаллари
“ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ
Download 2.1 Mb. Pdf ko'rish
|
November conf 2019 part 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- KO‘PLIK -LAR AFFIKSINING MA’NOLARI K IBRIYO X
“ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ
ТУТГАН ЎРНИ” МАВЗУСИДАГИ РЕСПУБЛИКА ИЛМИЙ-ONLINE КОНФЕРЕНЦИЯСИ МАТЕРИАЛЛАРИ 191 KO‘PLIK -LAR AFFIKSINING MA’NOLARI K IBRIYO X AKIMOVA ADU 3- BOSQICH TALABASI I LMIY RAHBAR : DOT . H AFIZA Z OKIROVA Ayub G‘ulomovning “O‘zbek tilida ko‘plik kategoriyasi” monografiyasida o‘zbek tilshunosligidagi alohida bir hodisani - grammatik kategoriyani chuqur tadqiq etishning ilk namunasi deyish mumkin. A.G‘ulomov “O‘zbek tilida ko‘plik” iborasi juda keng ma’noni o‘z ichiga olishini ta’kidlar ekan, “undan qo‘shimchalar orqali ifodalangan ko‘plik(gullardagi predmet sonining ortiqligi, gulimizdagi qaratuvchi ortiqligi, gullatdikdagi bajaruvchi shaxs ortiqligi) uqilib turganidek, ayrim so‘z, so‘z birikmalari orqali ifodalangan ko‘plik (biz, shoda-shoda marvarid) ham anglashilib turadi,” degan umumiy holatni qo‘shimcha qiladi. A.G‘ulomov o‘z monografiyasida “O‘zbek tilida otlardagi ko‘plik ma’nosinining yagona belgisi “-lar”dir” degan qat’iy fikrni ilgari suradi. Professor A.Nurmonov esa “Otlar birlik va ko‘plik shakllariga ega. Ko‘plik shakli birlik shaklga –lar qo‘shimchasini qo‘shish bilan hosil qilinadi, ya’ni otlarning –lar qo‘shimchasini olmagan shakli birlik shakli hisoblanadi. Otlarning ko‘plik shakli ko‘plik ma’nosidan tashqari hurmat (dadamlar,), umumlashtirish, kuchaytirish(ko‘zlarim,) va boshqa ma’nolarni ifodalashi mumkin”, deb ko‘plik shaklining boshqa ma’nolarni ham ifodalashini aytib o‘tadi. Ushbu fikrlarga tayangan holda biz otlardagi ko‘plik qo‘shimchasi hisoblangan –lar qo‘shimchasi ifodalashi mumkin bo‘lgan leksik-grammatik ma’nolarni ko‘rib o‘tamiz. 1. Ot leksemalardagi ko‘plik ma’nosini ifodalaydi. Masalan: Kutish ham u uchun bir saodat. Har tunda yostiqqa bosh qo‘yib har tongda ko‘z ochishining o‘ziyoq bir baxt. Manzura esa yana qancha tund tonglarni musofirlikda qarshilashini bilmaydi.(T.Malik) Bu yerda –lar affiksi asl ko‘plik ma’nosini ifodalab kelgan. Tong birlik, tonglar ko‘plik ma’nosini ifodalgan. 2. Modal ma'noni (sizlash, senlash ma’nolarini) ifodalaydi. Masalan: «Adasi, siz keyinroq kelarsiz», degan taklif hamda qaytmoqlik ahdini ma’lum qilib qo‘yish niyatida edi. Boloxonadagi yigitning «Bek akam janozaga ketganlar» deyishi yuragidagi xavotir uchqunini o‘t oldirdi.(T.Malik) Ushbu misolda III shaxs birlikda ifodalanishi kerak bo‘lgan ketgan kesimini ketganlar tarzida ifodalashdan maqsad-bu hurmat, o‘zini shu insondan pastligini bildirish ma’nolarini kuchaytirib berishdir, kelarsiz so‘zidagi -lar affiksi esa taklif, umid qilish ma’nolarini ifodalab kelgan. 3. Joy nomlari: Toshkent-, Zangota-, Hadra-, yer- kabi. Bunday otlar -lar affiksi bilan ishlatilsa, shunday ataladigan joy va uning atrofi ma'nosi ifodalanadi. Masalan: Abdusamad bilan Abdulhamid sog‘ingan oshnalari bilan choyxonalardagi o‘tirishlarini boshlab yuborishgach, ular avvaliga ajablanishdi. So‘ng bu yerlarning odaticha «er-xotin birgalikda sudralib yurmasliklarini» bilib, afsus chodiriga o‘ralgancha bunga ham ko‘nikishdi.(T.Malik) Ushbu “oshnalari”, “o‘tirishlarini”, “sudralib yurmasliklarini”da –lar affiksi asl ko‘plik ma’nosida, “bu yerlarning” so‘z birikmasida esa aytilayotgan joy va uning atrofida hududlarni ham nazarda tutmoqda. 4. Qum-, muz- , suv- kabi sanalmaydigan jism nomlari. Bu uch tur narsa otlari -lar affiksi bilan ishlatilsa, turli xil, mo‘l ma'no qirrasi ifodalanadi. Masalan: Bir kuni suruv o‘tlab yurganda qo‘qqisdan sel kelibdi-yu, qo‘ylarni surib ketibdi. Oqshomda so‘ppayib qaytayotgan cho‘ponini ko‘rib, xo‘jayin «Qo‘ylar qani?» deb so‘rabdi. «Siz sutga qo‘shgan suvlar yig‘ilib selga aylandi-yu, suruvni surib ketdi», debdi cho‘pon.(T.Malik) Yuqoridagi misoldagi qo‘ylarni so‘zida sanaladigan otga qo‘shilib ko‘plik ma’nosini, suvlar so‘zida sanalmaydigan otga qo‘shilib mo‘llik, me’yordan ortiqlik ma’nolarini ifodalab kelgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling