“ххi асрда илм-фан тарақҚиётининг ривожланиш истиқболлари ва уларда инновацияларнинг тутган ўрни” мавзусидаги республика илмий-online конференцияси материаллари


Download 2.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/226
Sana17.11.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1782238
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   226
Bog'liq
November conf 2019 part 1

Kalit so‘zlar: modal fe’l, yetakchi fe’l, mustaqil fe’l, ko‘makchi fe’l, yarim ma’no 
anglatuvchi fe’l, fe’l ikkilanishi. 
 
Ma’lumki, har bir til grammatikasida modal fe’llar alohida tadqiq etiladi. Modal fe’llar 
gapda qo‘llanilayotgan yetakchi, ya’ni mustaqil fe’lga qo‘shimcha ma’no yuklashga hizmat qiladi. 
Ushbu maqolada xitoy tilida modal fe’llarning qo‘llanilishini ko‘rib chiqamiz. 
Xitoy tilida modal fe’llar imkoniyat, xohish, qobiliyat yoki ish-harakati sodir etishga bo‘lgan 
zaruriyatni ifodalaydi. Ular ish-harakatini emas, balki ish-harakatiga bo‘lgan munosabatni ifodalab 
keladi. Shu sababli modal fe’llar ishtirok etgan gapda, yana bir fe’l qo‘llaniladi va ular birgalikda 
kesimni ifodalaydi. Ularda inkor shakl 不 inkor so‘zi orqali, so‘roq shakli esa 吗 so‘roq yuklamasi 
orqali yasaladi. Modal fe’llarning gapda qo‘llanilish formulasi esa asosan “kimdir 
(nimadir)+istaydi (majbur)+nimanidir qilishga” ko‘rinishida bo‘ladi. 
Xitoy modal fe’llarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri aksariyat modal fe’llar yarim ma’no 
anglatuvchi fe’l sifatida qo‘lanila oladi: 我会汉语 - Men xitoy tilida so‘zlasha olaman (xitoy 
tilidagi gapda “gapirmoq” so‘zi o‘rnida “qila olish” modal fe’lidan foydalanilgan). Shuningdek
xitoy tilidagi modal fe’llar 了,着, 过 kabi qo‘shimchalar qabul qilmaydi. Biroq bu 
qo‘shimchalar gapda asosiy fe’ldan so‘ng qo‘llanilishi mumkin. Shu bilan birga, xitoy tilida modal 
fe’llarning yetakchi fe’llardan yana bir farqli jihati ular mustaqil fe’l singari ikkilanib kelamaydi, 
masalan, 我看看 (to‘g‘ri) - 我能能 (xato). Quyida ba’zi modal fe’llar ma’nosi bilan qisqacha 
tanishib chiqamiz. 
“Qila olmoq, imkoniyatga ega bo‘lish” kabi ma’nolarga ega modal fe’llar: 
能 néng “qila olmoq” 我能帮助你 - Men senga ko‘maklasha olaman. 
可以 kěyǐ “mumkin, ruxsat” ma’nosida 妈妈,可以去看我朋友吗? Oyi, men o‘rtog‘imni 
ko‘rishga borsam maylimi? 
会 huì “qila olmoq” 他会滑雪 U chang‘ida ucha oladi. 

Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling