“ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ
ТУТГАН ЎРНИ” МАВЗУСИДАГИ РЕСПУБЛИКА ИЛМИЙ-ONLINE КОНФЕРЕНЦИЯСИ МАТЕРИАЛЛАРИ
129
XITOY TILIDA SO‘Z QURILMASI
Muxamedjanova Shahbora Kamolovna,
O‘zbekiston
Respublikasi MGHTI, Xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya. Ushbu maqolada xitoy tilida so‘z qurilishi masalasi ko‘rib chiqilib, tub va
xizmatchi morfemalarning o‘xshash va farqli jihatlari o‘zaro solishtiriladi, shuningdek, misollar
orqali yoritiladi.
Kalit so‘zlar: morfema, tub morfema, xizmatchi morfema, turdosh so‘zlar, o‘zak, prefiks,
suffiksl, o‘zakli morfema, ikkita suffuksli morfema.
Xitoy tilshunos olimi Chjan Chjigun xitoy tilidagi morfemani tovushga ega bo‘lgan, tilning
eng kichik ma’noli birligi sifatida ifodalaydi. Birinchi navbatda morfemaning bir bo‘g‘inli
ekanligiga e’tibor qaratadi. Zamonaviy xitoy tilining morfemasi - bu ohangga ega bo‘lgan, bitta
iyeroglif bilan yozliadigan bo‘g‘in, deb ta’kidlaydi.
So‘z yasalishidagi ahamiyatiga va roli bo‘yicha
tub va xizmatchi morfemalar ajratiladi. Tub
morfema so‘zning asosiy, markaziy qismi bo‘lib, asosiy leksik mazmunni ifodalaydi. Tub
morfemalar leksik yoki ma’noli deb ataladi.
Tub morfemalar, so‘z yasovchi uyani tashkil etuvchi barcha turdosh so‘zlar
tarkibida, barcha
grammatik o‘zgartiruvchilar qatoriga kiruvchi turdosh so‘zlarning barcha grammatik shaklarida
takrorlanadi:
感
gan - xis qilmoq; 感触 ganchu - ruhiy kechunmalar; 感怀 ganhuai – havotirlanmoq;
感动gandong – hayajonlanmoq; 感情 ganqing - hissiyot
感 gan morfemasi barcha so ‘z yasovchi uyani tashkil etuvchi so‘zlarda uchraydi. Yuqorida
keltirilgan misollardagi ikkinchi moefemalar ham tub hisoblanadi va tegishli lug‘aviy uyani tashkil
etuvchi turdosh so‘zlarda uchradi. Masalan: 动 dong –
harakatlanmoq; 动笔 dongbi – yozmoq;
动兵 dongbing - harbiy kuch ishlatmoq; 动词 dongci - fe’l va h.k.
Quyida keltirilgan misollarda 看 kan tub morfema quyidagi so‘zning grammatik shakllarida
takrorlanadi: 看 kan - ko‘rmoq; 看过 kanguo - ko‘rgan; 看着 kanzhe - ko‘ra turib; 看了 kanle -
ko‘rdi.
O‘zak - barcha turdosh so‘zlar va grammatik shakllarda takrorlanadigan hamda asosiy leksik
mazmunni anglatuvchi so‘zning asosiy, markaziy morfemasidir.
Xizmatchi morfema yordamchi,
majburiy bo‘lmagan yoki fakultativ, so‘zning turli grammatik va so‘z yasovchi mazmunlarini
anglatuvchi, ya’ni so‘zning leksik ma’nosini o‘zgartiruvchi, konkretlashtiruvchi sifatida belgilanadi.
Xitoy tilida xizmatchi morfemalar so‘zdagi o‘rniga qarab odatda prefikslar va suffikslarga ajratiladi.
Jen Syuelyan, Chjan Szin xitoy tilida infikslarni ham ajratadilar, ularning mavjudligini Chjan Shilu
ham e’tirof etgan. Xitoy tilida ham boshqa tillardagi kabi, xizmatchi morfemalarning belgilaridan
biri bo‘lib, ularning ma’noli morfemalardan kelib chiqishi hisoblanadi.
Xitoy tilida prefikslarga
nisbatan suffikslar ko‘p. Suffiksni boshlang‘ich so‘zning negiziga yoki so‘zga qo‘shish, prefeksdagi
holatga o‘xshash, so‘zning bir so‘z turkumidan boshqasiga o‘zgarishini anglatishi mumkin.
Masalan: 教(fe’l)+员 - 教员jiaoyuan o‘qituvchi (ot).
Ma’lumki, suffikslar so‘zda o‘zakdan keyin qo‘llaniladi. Xitoy tilida suffiksli morfema,
odatda, so‘zning oxirida qo‘llanadi. Lekin shu bilan birga ba’zi-bir hollarda suffiksli morfema
shakli morfemalar orasida, o‘zakli va boshqa suffiksli morfema, ikkita
suffuksli morfema orasida
ham qo‘llanilishi mumkin. Masalan: ABA 果子酱guozijiang - jem, 石头子儿 shitouzier - mayda
tosh.