“ххi асрда илм-фан тарақҚиётининг ривожланиш истиқболлари ва уларда инновацияларнинг тутган ўрни” мавзусидаги республика илмий-online конференцияси материаллари


“ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ


Download 2.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/226
Sana17.11.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1782238
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   226
Bog'liq
November conf 2019 part 1

“ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ 
ТУТГАН ЎРНИ” МАВЗУСИДАГИ РЕСПУБЛИКА ИЛМИЙ-ONLINE КОНФЕРЕНЦИЯСИ МАТЕРИАЛЛАРИ 
132 
bo‘lgan qahramonlar obrazini yaratadi. Qodiriy egachi-singillar xarakteridagi turlilikni – birini 
mute, itoatkor , “ota-onasining bir og‘iz so‘zidan chiqolmaydigan”, erksiz sifatida, Xushro‘yni esa 
shaddod, qaysar, “o‘z gapini o‘tqazadigan”, mustaqil va o‘z taqdiri uchun kurashuvchan etib 
tasvirlagan.
Tabiatiga xos bo‘lgan mutelik Zaynabni o‘z baxtiga zomin bo‘lishga, yana o‘zgalar ixtiyori 
bilan jinoyat qilishga sabab bo‘ladi. Xushro‘ybibi esa birovning baxtini vayron qila olish orqali baxt 
tiklaydi, shaxsiy maqsadlari yo‘lida hech narsadan tap tortmaydi, Zaynabga ham shularni 
singdirishga harakat qiladi va erishadi – Kumush zaharlanadi. Bu ikki opa-singil asarda salbiy obraz 
sifatida ko‘zga tashlansa ham, ularning roli orqali muallif asarga ma’lum bir ma’no yuklagan. Asar 
qurilishi va voqealar rivojida ularning xissasi katta. Umarali Normatov “Qodiriy mo‘jizasi” asarida 
“Faqat bu ikki personaj emas, balki romandagi barcha qahramonlar muayyan fikr – g‘oyani 
tashaydilar, ammo ularning barchasi birinchi galda shu tariqa betakror tirik inson tarzida namoyon 
bo‘ladilar, fikr-g‘oya esa tirik tandagi qon tomirlari kabi qahramonlarni harakatga keltiradi, ammo 
ularning mavjudligi bir qarashda darhol sezilmaydi” deb izohlaydi.
“O‘tkan kunlar” romanida Kumushning portreti g‘oyat nafis chizib ko‘rsatilgan: “Uning 
qora zulfi par yostiqning turli turlik tomonig‘a tartibsiz suratda to‘zg‘ib, quyuq jingilla kiprak 
ostidag‘i timqora ko‘zlari bir nuqtag‘a tikilgan-da, nimadir bir narsani ko‘rgan kabi… qop-qora 
kamon, o‘tib ketgan nafis, qiyig‘ qoshlari chimirilganda, nimadir bir narsadan cho‘chigan kabi 
…to‘lg‘an oydek g‘uborsiz oq yuzi biroz qizillikg‘a aylangan-da, kimdandir uyalg‘an kabi…” 
Tasvirlashga ta’rif yo‘q go‘zal “qiz sur’atida ko‘ringan malak” sharqona go‘zallar namunasiga xos 
bo‘lgan badiiy obrazdir. Ushbu “malak” taqdiri orqali yozuvchi muhabbatdek oliy va go‘zal 
tuyg‘uning kishilar hayotidagi ajoyib o‘rnini ko‘rsatib beradi. Bundan tashqari, Kumush va 
Otabekning muhabbat mojarosi zamirida davr uchun muhim bo‘lgan katta ijtimoiy g‘oyani ifoda 
etib, “tariximizning eng kir, qora kunlari”ni fosh etadi.
Kumush obrazi asar jozibadorligini ta’minlash bilan birga, kitobxonni estetik didini 
tarbiyalaydi. Kumushda ayollarga xos, ammo o‘zbek ayollari uchun yashirin bo‘lgan jasorat 
tuyg‘usini ham ko‘rishimiz mumkin. Buni biz el oldida turgan qushbegining Kumushga aytgan 
so‘zlari bilan izohlashimiz mumkin: “Qizim, bunchalik zakovat va jasoratingizga otangiz bilan 
eringiz har qancha tashakkur aytsalar va o‘zlarining mundane so‘nggi umrlarini sizning baxshingiz, 
deb bilsalar arzir. Men ham sizning bu xizmatingiz evaziga eringiz bilan otangizni hozirdan boshlab 
ozod qildim”. Bu so‘zlar Kumush uchun berilgan haqiqiy ta’rif va ota-onasi bergan bir umrlik 
tarbiyaning mevasi – mukofoti edi. Kumushning bilimli-yu zukkoliligi uning barcha xatti-
harakatlaridagi mustaqilliklarida seziladi. Kumush xarakteri faqat uning go‘zalligi bilan emas, balki 
ota-onasiga va vafodor yoriga sadoqati, uni o‘limdan qutqarib, jasorat ko‘rsatishi o‘z davri 
ayollariga xos bo‘lmagan xususiyatni ham namoyon qiladi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Abdulla Qodiriy “O‘tkan kunlar” asaridagi har bir 
ayol obraziga o‘ziga xoslik yuklashga harakat qilgan va bu vazifani mukammal ravishda uddalay 
olgan. O‘zbek ayollarining asardagi haqqoniy tasviri romanning milliy ruhini oshirsa, 
qahramonlarning o‘zbekona ish tutimlari, xatti-harakatlari, o‘ylari, tuyg‘u va fikr-mulohazalari 
orqali milliy tarbiyani shakllantirish, ibratli jihatlarini targ‘ib qilish, o‘zimizga xos bo‘lgan 
kamchilik va qusurlardan xulosa chiqarishga xizmat qiladi.

Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling