“ххi асрда илм-фан тарақҚиётининг ривожланиш истиқболлари ва уларда инновацияларнинг тутган ўрни” мавзусидаги республика илмий-online конференцияси материаллари


Download 2.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/226
Sana17.11.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1782238
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   226
Bog'liq
November conf 2019 part 1

 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Lev Tolstoy. Iqrornoma, - Toshkent, Book media nashriyoti, 2002. B-53. 
2. Telman Xurshid o‘g‘li Aliyev., Voqif Termez o‘g‘li Xalilovlar. Hazrati Muhammad (S.A.V) hadislari Lev olstoy 
saylanmasida, - Toshkent, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007. B-43. 
 


“ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ 
ТУТГАН ЎРНИ” МАВЗУСИДАГИ РЕСПУБЛИКА ИЛМИЙ-ONLINE КОНФЕРЕНЦИЯСИ МАТЕРИАЛЛАРИ 
134 
LEV NIKOLAYEVICH TOLSTOYNING “KAVKAZ ASIRI” HIKOYASIDA 
UMIDSIZ SA’Y-HARAKATLARNING RO‘YOBI 
Pirnazarova Manzura, UrDU dotsenti, ilmiy rahbar, 
Dushamova Nodirabegim, UrDU talabasi 
nodirabegim_dushamova@mail.ru 
Eng tushkun lahzalarimizda ham biz bor e’tiborimizni yorug‘lik tomon intilishga 
qaratishimiz kerak 
Aristotel 
Jahon adabiyoti durdonalariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ularning ko‘pchiligidan 
ko‘zlangan asosiy maqsad, ma’no-mazmun – kitobxonni hayot sinovlari qarshisida bukilmaslikka, 
egilmaslikka, har qanday qiyinchilikka ta’slim bo‘lmaslikka da’vatdir. Shunday asarlar sirasiga 
barcha jahon yozuvchilari uchun ijodi va hayoti adabiy maktab bo‘lgan Lev Nikolayevich 
Tolstoyning asarlarini kiritishimiz mumkin. Bilamizki, Lev Tolstoy dunyo tan olgan eng kuchli 
yozuvchi va faylasufdir. Fikrimiz isbotini biz ijodkorning 90 jilddan iborat asarlaridan ham 
ko‘rishimiz mumkin. U shunday daho ijodkorki, uning har bir asari, har bir so‘zining o‘zi o‘gitdir. 
Asarlarida eng ko‘p yoritilgan masalalar – oilaviy turmush va munosabatlar, farzandlar tarbiyasi, 
muhabbat, sadoqat, insoniy fazilatlar, shu bilan birga sabr-matonatli insonlar taqdiri. 
Har bir inson dunyoga kelgan ilk kunidan e’tiboran hayot qiyinchiliklari oldida ta’slim 
bo‘lmaslik va har qanday vaziyat bo‘lishidan qat’iy nazar omon qolish uchun shiddatli kurashga 
kiradi. Ha, bu kurashda barcha ishtirok etadi, hech kim undan chetda qolmaydi. Raqib esa ko‘plab 
insonlarning qaddini bukkan hayot sinovlaridir. Bu sinovlar oldida kimdir o‘zini ojiz kimsa deb 
hisoblasa, yana kimdir ilk urinishdanoq barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tib, o‘z maqsadi sari ildam 
qadam tashlashda davom etadi. Hayotda ro‘l o‘ynayotgan qahramon hech qachon o‘sha sinovlar 
oldida taslim bo‘lmasligi lozim. 
Kitobxonga yuqoridagi masalalarni uqtirishga harakat qilgan, odamning qat’iyatini 
mustahkam bo‘lishiga undagan Tolstoy “Kavkaz asiri” nomli hikoya yozadi. Hikoya garchand 
kichik hajmga ega bo‘lsa ham, ilgari surilyotgan fikr, yuritilayotgan mushohada nihoyatda keng va 
tushunarlidir. Bugungi kun kitobxoni biladiki, rus adabiyotida “kavkaz asirlari”ga qiziqish A.S. 
Pushkin, M.YU. Lermontov va Tolstoy ijodida uchraydi. Lekin bu asarlar orasida farqlar bor. 
Shunday bo‘lishiga qaramasdan, ushbu asarlarning barchasini yozilish usuli sodda, aniq yozilgan, 
asardagi “kavkaz asirlari” tasviri esa nihoyatda boshqacha.
Tolstoyning “Kavkaz asiri” hikoyasi tili ravon, rivoyaviy usulda yaratilgan kichik epik 
asarlar sirasiga kiradi. Bilamizki hikoyada, muayyan bir vaziyatdagi kishi hayoti haqida to‘xtalib 
o‘tiladi. Hikoya haqida V.G. Belinskiy shunday deydi: “Qachondir va qayerdadir hikoya bu 
kishilik taqdirining poyonsiz poemasidan bir epizod deb juda yaxshi aytilgan edi. Bu juda to‘g‘ri 
fikr; ha, hikoya qismlarga, minglab bo‘laklarga bo‘lingan bir romandir; romandan olingan 
boblardir…” 
“Kavkaz asiri” hikoyasini o‘rganish jarayonida shunga guvoh bo‘lamizki, asarda 
oliyjanoblik, halollik, sadoqatlilik, rahm-shavqat, qat’iyat va sabr madh etilgan. Asarning asosiy 
qahramonlari Jilin va Kostilin.
Jilin – Kavkazda xizmat qilayotgan rus ofitseri. Bo‘ylari kalta, sariq, ko‘zlari yirik. Uning 
yolg‘iz onasi bor. U oliyjanob, kuzatuvchan, topqir, qat’iyatli, sabr-matonatli, bir so‘z bilan 
aytganda “haqiqiy yelkadosh do‘st” ham. Hayotda u faqat o‘ziga ishonadi, hamma narsani har doim 
o‘z qo‘li bilan yaratishga intiladi. 
Kostilin – Kavkazda xizmat qilayotgan badavlat rus ofitseri. U semiz, sariq, novchadan 
kelgan. O‘ziga to‘q oila farzandi. Haddan tashqari xushchaqchaq, qo‘rqoq, zaif, bir so‘z bilan 
aytganda chidamsiz. 



Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling