“ххi асрда илм-фан тарақҚиётининг ривожланиш истиқболлари ва уларда инновацияларнинг тутган ўрни” мавзусидаги республика илмий-online конференцияси материаллари


“ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ


Download 2.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/226
Sana17.11.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1782238
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   226
Bog'liq
November conf 2019 part 1

“ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ 
ТУТГАН ЎРНИ” МАВЗУСИДАГИ РЕСПУБЛИКА ИЛМИЙ-ONLINE КОНФЕРЕНЦИЯСИ МАТЕРИАЛЛАРИ 
135 
Hikoyada mana shu ikki rus ofitserining chechenlarga tutqunlikka tushgan holati va ularning 
o‘sha tutqunlikdan qanday forig‘ bo‘lganligi tasvirlangan. Asardagi bosh g‘oya – chiqish yo‘li 
doimo mavjud. Murakkab yo‘ldan chiqish uchun hech qachon to‘xtab qolma, tinimsiz harakatda 
bo‘l. Hikoyadagi turli xil voqealar orqali samimiy va ta’masiz do‘stlik (Fikrimiz isbotini, Jilinning 
Kostilyinni jarohatlangan holda bo‘lsa ham yelkasiga ortib qochirib olib ketganida ko‘rishimiz 
mumkin), o‘sha davrdagi ekspluatatsiya (Ixtiyoriy qiynoqlar evaziga qullik), rahm-shavqat va 
hamdardlik (Dina obrazi orqali), ma’nosiz va shavqatsiz urush (Rus va chechenlar urushi), milliy 
nizolar (Joyida hal qilinmagan, sansolarlikka yo‘l qo‘yilgan harakatlar, qadriyatlar toptalishi), 
tinchlik va baxt uchun kurashni ko‘rishimiz mumkin.
Badiiy asar g‘oyasi shu qadar yaxshi tanlanganki, yozuvchi ikki shaxs hayotini taqqoslash 
orqali kitobxonga ko‘mak, chiqish yo‘li ko‘rsatadi. Vaholanki, asirlikdan qutilish uchun boy ofitser 
Kostiliyinning imkoniyatlari kengroq edi. Lekin uning o‘zi qiynalishni, azob chekishni xohlamadi. 
Oddiy yo‘ldan bordi. Pul evaziga qutqarildi. Jilin esa moddiy tarafdan qiynalib qolgan, shuning 
uchun ham jasorat ko‘rsatishga, tutqunikdan qochish uchun harakat qilishga majbur edi. Holbuki, 
uning boshqa iloji ham yo‘q edi. Ikkala qahramonning ana shu jihatlari kitobxonga o‘rnak bo‘lishi 
hech shubhasiz.
Bu kitobni o‘qigan har bir kitobxon har qanday vaziyatda, har qanday holatda ham nekbinlik 
bilan mavaffaqiyatga erishish mumkinligiga amin bo‘lib yorqin kelajak, orzular ro‘yobi sari dadil 
qadam tashlay boshlaydi. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Lev Tolstoy. Kavkaz asiri, - Toshkent, Book media nashriyoti, 2002. B-253. 
2. To‘xta Boboyev. Adabiyotshunoslik asoslari, - Toshkent, O‘zbekiston nashriyoti, 2002. B-432. 
3. Jamshid Quramboyev. Yorqin kelajak sari. – Urganch, Xorazm nashriyoti, 2019. B-5. 



Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling