“ххi асрда илм-фан тарақҚиётининг ривожланиш истиқболлари ва уларда инновацияларнинг тутган ўрни” мавзусидаги республика илмий-online конференцияси материаллари


Foydalanilgan adabiyolar ro’yhati


Download 2.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/226
Sana17.11.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1782238
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   226
Bog'liq
November conf 2019 part 1

Foydalanilgan adabiyolar ro’yhati: 
1. Норматов У. Қoдирий мўжизаси. – Тошкент: Ўзбекистон, 2010.
2. Қодирий А. Ўткан кунлар. Тошкент: Ўзaдабийнашр, 1958.
3. Журақулов У. “Ўзбек ойим нега “оғма”?”// “Ўзбекистон адабиёти ва санъати” газетаси, 2001. 
4. Sulton I. Adabiyot nazariyasi. – Тошкент: O‘qituvchi, 2005. 
5. Қаҳҳор А. Бадиий ижод ҳақида.– Тошкент: Фан, 1983 
6. Кахмов Л. Аср ва наср. Адабий танқидий мақолалар. – Тошкент: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1975. 


“ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ 
ТУТГАН ЎРНИ” МАВЗУСИДАГИ РЕСПУБЛИКА ИЛМИЙ-ONLINE КОНФЕРЕНЦИЯСИ МАТЕРИАЛЛАРИ 
133 
“IQRORNOMA”DAGI IQRORLAR 
 
Pirnazarova Manzura, UrDU dotsenti, ilmiy rahbar 
Dushamova Nodirabegim, UrDU talabasi 
nodirabegim_dushamova@mail.ru
 
Jahon adabiyoti durdonalari ichida Lev Nikolayevich Tolstoy qalamiga mansub 
“Iqrornoma” asari bugungi kunga qadar har bir jahon adabiyoti shinavandalarining sevimli do‘sti, 
axloqiy-ma’naviy ustozi desak hech yangilishmagan bo‘lamiz. Ushbu asarni Lev Tolstoy 1879-
yilda, 51 yoshida yoza boshlagan. Hayotni baland-pastini, yaxshi-yomonni, oq va qorani, ezgulik va 
yovuzlikni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan adib yuksak samimiyat bilan inson va uning hayot ma’nosi 
xususida fikr yuritib, uning xatolarini, kamchiliklarini shavqatsiz tanqid qilgan. Bu haqida 
O‘zbekiston qahramoni Ozod Sharafiddinov shunday yozadi: “Iqrornoma” – hasbi hol janrida 
yozilgan asar. Jahon adabiyotida bunaqa asarlar unchalik ko‘p emas. Eng mashhurlari – Jan Jak 
Russo, Oskar Uayld kabi yozuvchilarniki. Ularning barchasida muallifalar o‘z hayotlari misolida
inson faoliyatining eng murakkab jihatlarini yoritadilar. Tolstoy “Iqrornoma”sining eng muhim 
fazilati shundaki, u asarda qaysi muammo haqida bahs yuritmasin hamisha bu muammolarni o‘z 
hayoti misolida va biror o‘rinda samimiyatdan chekinib maqtanchoqlikka, manmanlikka,o‘zini 
pardozlab ko‘rsatishga uringan emas. 
Bilamizki, Tolstoyni yoshligidan provaslav xristian diniga cho‘qintirgan, shu din 
aqidalari bilan katta bo‘lgan. Lekin o‘n sakkiz yoshga to‘lganda unga nimaiki o‘rgatilgan bo‘lsa, u 
o‘sha narsalarga ishonmay qo‘ygan. Bu bilan Tolstoyning e’tiqodsiz deyishimiz mumkin emas. 
Uning fikricha, diniy e’tiqod inson turmushida ishtirok eta olmaydi, odamlar o‘zaro muloqotda, o‘z 
hayotlarida ham dinga ro‘paro kelmaydilar. Balki, dinga e’tiqod hayotdan yiroq joyda, unga bog‘liq 
bo‘lmagan holda qilinadi. Asarda dinga to‘liq e’tibor qilib, o‘zini ko‘z-ko‘z qilayotganlardan ham 
johil, axloqsiz, beshavqat kishilar chiqayotganiga alohida urg‘u berilgan. Tolstoyning diniy e’tiqod 
borasidagi qarashlari atrofidagi boshqa shaxslardan tubdan farq qilsada, keyinchalik din uning 
turmush tarzining bir bo‘lagi, hayot ma’nosiga aylanib qolgan. 
Izzatparastlik, hokimiyatparastlik, ta’magirlik, shahvatparastlik, mutakabbirlik, 
g‘azab, intiqom kabi jirkanch illatlarni Tolstoy “Hurmatga loyiq fazilatlar” deb ataydi. Chunki shu 
hislatlar ta’sirida u ijod erkinligiga erishdi. Ezgulikni yashirib, yomonlikni tanqid qilib yozdi. O‘zi 
yozib bosmadan chiqargan kitoblarini, shu kitoblar orqasidan kelayotgan pulni “foydasiz faoliyat”, 
“o‘tkinchi umr hoy-u havasi” deya ta’riflaydi. Kitobni o‘qish davomida shunga amin bo‘lasizki, 
Tolstoy hayot ma’nosini tinimsiz qidiradi, hayotda yashab, havodan nafas olayotganidan zig‘ircha 
ham yengillik yo‘qligiga butkul ishonadi. Tolstoyni ajablantirgan narsa shuki, odamzod tug‘iladi, 
kasallikka chalinadi va o‘ladi. Undan qurt-qumursqa va qo‘lansa hiddan boshqa hech narsa 
qolmaydi. Aytishimiz mumkinki, Tolstoy umrning o‘tkinchiligiga, unda faqat haqiqiy inson bo‘lib 
yashash va o‘lish kerakligiga iymon keltiradi. Shu xususiyati bilan, u hali hamon kitobxonlarga 
o‘rnak bo‘lib kelmoqda. “Meni intizorlik bilan o‘lim degan ajdaho kutib turibdi va nima uchun men 
azoblar iskanjasiga tushib qolganimni bilmayman. Shunga qaramay menga avvallari taskin bergan 
asalni yalashga harakat qilaman, lekin bu asal endi meni xursand qilmasdi. Oq sichqon bilan qora 
sichqon, ya’ni tun-u kun men osilgan shoxni kemirishdan to‘xtamas. Men ajdahoni yaqqol ko‘rib 
turibman va endi asal menga shirin tuyulmas. Men faqat muqarrar ajdahoni-yu sichqonlarni 
ko‘ryapman, va ulardan nigohimni olib qocholmayapman. Bu masal emas, bu hammaga ma’lum, 
beshubha haqiqatdir”. 

Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling