“ххi асрда илм-фан тарақҚиётининг ривожланиш истиқболлари ва уларда инновацияларнинг тутган ўрни” мавзусидаги республика илмий-online конференцияси материаллари
Download 2.1 Mb. Pdf ko'rish
|
November conf 2019 part 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- UMIDSIZ SA’Y-HARAKATLARNING RO‘YOBI Pirnazarova Manzura
Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Lev Tolstoy. Iqrornoma, - Toshkent, Book media nashriyoti, 2002. B-53. 2. Telman Xurshid o‘g‘li Aliyev., Voqif Termez o‘g‘li Xalilovlar. Hazrati Muhammad (S.A.V) hadislari Lev olstoy saylanmasida, - Toshkent, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007. B-43. “ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ ТУТГАН ЎРНИ” МАВЗУСИДАГИ РЕСПУБЛИКА ИЛМИЙ-ONLINE КОНФЕРЕНЦИЯСИ МАТЕРИАЛЛАРИ 134 LEV NIKOLAYEVICH TOLSTOYNING “KAVKAZ ASIRI” HIKOYASIDA UMIDSIZ SA’Y-HARAKATLARNING RO‘YOBI Pirnazarova Manzura, UrDU dotsenti, ilmiy rahbar, Dushamova Nodirabegim, UrDU talabasi nodirabegim_dushamova@mail.ru Eng tushkun lahzalarimizda ham biz bor e’tiborimizni yorug‘lik tomon intilishga qaratishimiz kerak Aristotel Jahon adabiyoti durdonalariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ularning ko‘pchiligidan ko‘zlangan asosiy maqsad, ma’no-mazmun – kitobxonni hayot sinovlari qarshisida bukilmaslikka, egilmaslikka, har qanday qiyinchilikka ta’slim bo‘lmaslikka da’vatdir. Shunday asarlar sirasiga barcha jahon yozuvchilari uchun ijodi va hayoti adabiy maktab bo‘lgan Lev Nikolayevich Tolstoyning asarlarini kiritishimiz mumkin. Bilamizki, Lev Tolstoy dunyo tan olgan eng kuchli yozuvchi va faylasufdir. Fikrimiz isbotini biz ijodkorning 90 jilddan iborat asarlaridan ham ko‘rishimiz mumkin. U shunday daho ijodkorki, uning har bir asari, har bir so‘zining o‘zi o‘gitdir. Asarlarida eng ko‘p yoritilgan masalalar – oilaviy turmush va munosabatlar, farzandlar tarbiyasi, muhabbat, sadoqat, insoniy fazilatlar, shu bilan birga sabr-matonatli insonlar taqdiri. Har bir inson dunyoga kelgan ilk kunidan e’tiboran hayot qiyinchiliklari oldida ta’slim bo‘lmaslik va har qanday vaziyat bo‘lishidan qat’iy nazar omon qolish uchun shiddatli kurashga kiradi. Ha, bu kurashda barcha ishtirok etadi, hech kim undan chetda qolmaydi. Raqib esa ko‘plab insonlarning qaddini bukkan hayot sinovlaridir. Bu sinovlar oldida kimdir o‘zini ojiz kimsa deb hisoblasa, yana kimdir ilk urinishdanoq barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tib, o‘z maqsadi sari ildam qadam tashlashda davom etadi. Hayotda ro‘l o‘ynayotgan qahramon hech qachon o‘sha sinovlar oldida taslim bo‘lmasligi lozim. Kitobxonga yuqoridagi masalalarni uqtirishga harakat qilgan, odamning qat’iyatini mustahkam bo‘lishiga undagan Tolstoy “Kavkaz asiri” nomli hikoya yozadi. Hikoya garchand kichik hajmga ega bo‘lsa ham, ilgari surilyotgan fikr, yuritilayotgan mushohada nihoyatda keng va tushunarlidir. Bugungi kun kitobxoni biladiki, rus adabiyotida “kavkaz asirlari”ga qiziqish A.S. Pushkin, M.YU. Lermontov va Tolstoy ijodida uchraydi. Lekin bu asarlar orasida farqlar bor. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, ushbu asarlarning barchasini yozilish usuli sodda, aniq yozilgan, asardagi “kavkaz asirlari” tasviri esa nihoyatda boshqacha. Tolstoyning “Kavkaz asiri” hikoyasi tili ravon, rivoyaviy usulda yaratilgan kichik epik asarlar sirasiga kiradi. Bilamizki hikoyada, muayyan bir vaziyatdagi kishi hayoti haqida to‘xtalib o‘tiladi. Hikoya haqida V.G. Belinskiy shunday deydi: “Qachondir va qayerdadir hikoya bu kishilik taqdirining poyonsiz poemasidan bir epizod deb juda yaxshi aytilgan edi. Bu juda to‘g‘ri fikr; ha, hikoya qismlarga, minglab bo‘laklarga bo‘lingan bir romandir; romandan olingan boblardir…” “Kavkaz asiri” hikoyasini o‘rganish jarayonida shunga guvoh bo‘lamizki, asarda oliyjanoblik, halollik, sadoqatlilik, rahm-shavqat, qat’iyat va sabr madh etilgan. Asarning asosiy qahramonlari Jilin va Kostilin. Jilin – Kavkazda xizmat qilayotgan rus ofitseri. Bo‘ylari kalta, sariq, ko‘zlari yirik. Uning yolg‘iz onasi bor. U oliyjanob, kuzatuvchan, topqir, qat’iyatli, sabr-matonatli, bir so‘z bilan aytganda “haqiqiy yelkadosh do‘st” ham. Hayotda u faqat o‘ziga ishonadi, hamma narsani har doim o‘z qo‘li bilan yaratishga intiladi. Kostilin – Kavkazda xizmat qilayotgan badavlat rus ofitseri. U semiz, sariq, novchadan kelgan. O‘ziga to‘q oila farzandi. Haddan tashqari xushchaqchaq, qo‘rqoq, zaif, bir so‘z bilan aytganda chidamsiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling