“ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ
ТУТГАН ЎРНИ” МАВЗУСИДАГИ РЕСПУБЛИКА ИЛМИЙ-ONLINE КОНФЕРЕНЦИЯСИ МАТЕРИАЛЛАРИ
135
Hikoyada mana shu ikki rus ofitserining chechenlarga tutqunlikka tushgan holati va ularning
o‘sha tutqunlikdan qanday forig‘ bo‘lganligi tasvirlangan. Asardagi bosh g‘oya – chiqish yo‘li
doimo mavjud. Murakkab yo‘ldan chiqish uchun hech qachon to‘xtab qolma, tinimsiz harakatda
bo‘l. Hikoyadagi turli xil voqealar orqali samimiy va ta’masiz do‘stlik (Fikrimiz isbotini, Jilinning
Kostilyinni jarohatlangan holda bo‘lsa ham yelkasiga ortib qochirib olib ketganida ko‘rishimiz
mumkin), o‘sha davrdagi ekspluatatsiya (Ixtiyoriy qiynoqlar evaziga qullik), rahm-shavqat va
hamdardlik (Dina obrazi orqali), ma’nosiz va shavqatsiz urush (Rus va chechenlar urushi), milliy
nizolar (Joyida hal qilinmagan, sansolarlikka yo‘l qo‘yilgan harakatlar, qadriyatlar toptalishi),
tinchlik va baxt uchun kurashni ko‘rishimiz mumkin.
Badiiy asar g‘oyasi shu qadar yaxshi tanlanganki, yozuvchi ikki shaxs hayotini taqqoslash
orqali kitobxonga ko‘mak, chiqish yo‘li ko‘rsatadi. Vaholanki, asirlikdan qutilish uchun boy ofitser
Kostiliyinning imkoniyatlari kengroq edi. Lekin uning o‘zi qiynalishni, azob chekishni xohlamadi.
Oddiy yo‘ldan bordi. Pul evaziga qutqarildi. Jilin esa moddiy tarafdan qiynalib qolgan, shuning
uchun ham jasorat ko‘rsatishga, tutqunikdan qochish uchun harakat qilishga majbur edi. Holbuki,
uning boshqa iloji ham yo‘q edi. Ikkala qahramonning ana shu jihatlari kitobxonga o‘rnak bo‘lishi
hech shubhasiz.
Bu kitobni o‘qigan har bir kitobxon har qanday vaziyatda, har qanday holatda ham nekbinlik
bilan mavaffaqiyatga erishish mumkinligiga amin bo‘lib yorqin kelajak, orzular ro‘yobi sari dadil
qadam tashlay boshlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Lev Tolstoy. Kavkaz asiri, - Toshkent, Book media nashriyoti, 2002. B-253.
2. To‘xta Boboyev. Adabiyotshunoslik asoslari, - Toshkent, O‘zbekiston nashriyoti, 2002. B-432.
3. Jamshid Quramboyev. Yorqin kelajak sari. – Urganch, Xorazm nashriyoti, 2019. B-5.
Do'stlaringiz bilan baham: |