“ххi асрда илм-фан тарақҚиётининг ривожланиш истиқболлари ва уларда инновацияларнинг тутган ўрни” мавзусидаги республика илмий-online конференцияси материаллари
“O‘TKAN KUNLAR” ROMANIDA O‘ZBEK AYOLLARI TIMSOLI
Download 2.1 Mb. Pdf ko'rish
|
November conf 2019 part 1
“O‘TKAN KUNLAR” ROMANIDA O‘ZBEK AYOLLARI TIMSOLI
Abduqodirova Madina Rustamxo‘ja qizi, TOSHDO‘TAU 3-bosqich talabasi madina_abdukodirova@mail.ru “O‘tkan kunlar” romani o‘z davrida ham, hozirgi vaqtda ham mashhur bo‘lgan chin ma’nodagi buyuk romandir. Asar murakkab sujetli bo‘lib, unda xalq mentalitetiga xos bo‘lgan xususiyatlarni haqqoniy tarzda ifodalanganligini ko‘rish mumkin. Bir qator olimlar tomonidan Abdulla Qodiriyning ijodi, badiiy mahorati haqida ko‘plab izlanish va tadqiqotlar olib borilgan. Biroq Abdulla Qodiriy ijodida ochilmagan qo‘riqlar, e’tiborli jihatlari hali ko‘p. I. Sulton, O. Yoqubov, T. Malik, X. Sultonov, N. Boqiy, U. Normatov, B. Qosimov, A. Ulug‘ov, Oybek kabi yozuvchilar adib hayotining dramatik lavhalari, badiiyati qirralarini yorituvchi asarlar yaratdilar. AQSH, Germaniya, Turkiya va boshqa ko‘plab davlatlarda asar tarjima qilindi va ko‘plab tadqiqotlar amalga oshirildi. Adabiyotshunos olim Bahodir Karimov Qodiriy ijodiy merosining salkam bir asrlik ilmiy talqinlari tajribalarini umumlashtiruvchi doktorlik dissertatsiyasini yozdi. Asarda ayollar obraziga to‘xtaladigan bo‘lsak, Abdulla Qodiriy har bir ayol qahramonida faqatgina o‘zbek ayollariga xos bo‘lgan betakror xususiyatlarni ifodalashga harakat qiladi va shu ma’noda tasvirlangan ayollar obrazi asarning badiiyatini oshiradi. Romanda har bir ayol qahramon orqali o‘zbek ayolining qandayligi yohud qanday bo‘lishi haqida o‘quvchida tasavvur uyg‘onadi. “O‘tkan kunlar” romanida keltirilgan ayollar – Oftob oyim, O‘zbek oyim, Kumush, Zaynab, Xushro‘ybibi – bularning har biri o‘ziga xos va takrorlanmasdir. Ular asarda turlicha o‘rin egallaganlariga qaramay, asar mazmuni yoritishda katta ahamiyatga ega. “O‘tkan kunlar” romanining beshinchi bobidan boshlab xotin-qizlar sujet-voqealarida bevosita paydo bo‘la boshlaydi va voqealar rivojida markaziy nuqtaga keladi. Tadqiqotchi Uzoq Jo‘raqulov “O‘zbek oyim nega “og‘ma”?” maqolasida Yusufbek hoji oilasining bekasi, tashabbuskor va ishni ko‘zini biladigan, uddaburon ayol – O‘zbek oyimning xatti- harakatlari, uning xarakteriga zid bo‘lgan og‘machiligi haqida fikr yuritilgan: “…uch yillik adovatlar va gina-kudratlar allaqayoqqa qarab uchib ketadilar va ularning o‘rnini “ikki kelinlik bo‘lish” masalasi qamrab oldi. Uzoq-yaqin xotinlarning “Hay O‘zbek oyimning Marg‘ilonlik kelini ham kelibdur, xuddi to‘tining bolasi emish. Yuringlar bir ko‘raylik”, degan so‘zlari eshitilgandek bo‘ldi. Shu choqqacha Zaynabga yalinib, yalpog‘lanib kun ko‘rib kelgan bo‘lsa, mundan so‘ng qo‘sha kelinni o‘zining oyoqlari ostida yalinib yurgan holda ko‘rdi.” Demak, O‘zbek oyim dunyosi faqat oq va qoradan ranglardan emas. Ziddiyatlarga to‘la murakkab bir dunyo. Shuning uchun ham, badiiy obraz sifatida mukammaldir”. Tadqiqotchi O‘zbek oyimda o‘zbek qaynonalariga xos xususiyatlar aks etganligini birma-bir sanab beradi. Mohir yozuvchi Oybekning Abdulla Qodiriyga bag‘ishlangan risolasida O‘zbek oyim obraziga yuqori baho berib, uni romandagi “eng jonli realistik chiziqlar bilan ko‘rsatilgan shaxs sifatida talqin qiladi. O‘zbek oyim chala dumbul, o‘jar, basir, “o‘z xohishiga teskari kelgan haqiqatni ko‘rmaydigan qiziq tabiatga molik” ayol. “E’tibor bering-a g‘oyat jiddiy salobatli siymo Hoji O‘zbek oyim bilan muloqotda har doim o‘zgacha holatda ko‘rinadi, kulgi, hazil-mutoyiba, qisman quvlik yo‘lini tutadi, ayni shu usul orqali uning o‘jar qalbiga yo‘l topishga urinadi. Nima bo‘lganda ham, O‘zbek oyim – baribir ona; tabiatidagi barcha ziddiyatlari, ojiz tomonlariga qaramay, u o‘zbekning mag‘rur, tanti onasi!”. Abdulla Qodiriy o‘zbek onalariga xos xususiyatlarni O‘zbek oyim bilan bo‘lgan voqealarda qanchalik aks ettirishga, tasvirlashga harakat qilmasin, ushbu qahramonga “O‘zbek” deb nom qo‘yilishi ham nom va obraz mukammaligiga hissa qo‘shishga xizmat qilgan. Abdulla Qodiriy “O‘tkan kunlar” asarida tasvirlagan shaxs xarakteri va qismatini muhit, sharoit bilan chambarchas aloqadorlikda tasvirlashi bilan birga, insonning real hayotda uchramaydigan qirralarini, tug‘ma, sehrli g‘aroyib tomonlarini ham aks ettiradi. Yozuvchi opa- singil – Zaynab va Xushro‘y obrazlarini asarga kirgizib, bir onadan ikki tabiatlik, bir-birining aksi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling