“ххi асрда илм-фан тарақҚиётининг ривожланиш истиқболлари ва уларда инновацияларнинг тутган ўрни” мавзусидаги республика илмий-online конференцияси материаллари


Download 2.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/226
Sana17.11.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1782238
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   226
Bog'liq
November conf 2019 part 1

 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Задоенко Т.П., Хуан Шуин. Начальный курс китайского языка. Ч.2. Изд. 2-е, стер. − М.: 
Муравей, 2004. 
2. 马烧莹Ma Shaoin. 现代汉语趋向动词语义研究. Hozirgi xitoy tilida harakat yo‘nalishi fe’llari 
semantikasi tadqiqi. Magistrlik ishi. Fudan universiteti, 2004.


“ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ 
ТУТГАН ЎРНИ” МАВЗУСИДАГИ РЕСПУБЛИКА ИЛМИЙ-ONLINE КОНФЕРЕНЦИЯСИ МАТЕРИАЛЛАРИ 
129 
XITOY TILIDA SO‘Z QURILMASI 
 
Muxamedjanova Shahbora Kamolovna, 
O‘zbekiston Respublikasi MGHTI, Xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi 
Annotatsiya. Ushbu maqolada xitoy tilida so‘z qurilishi masalasi ko‘rib chiqilib, tub va 
xizmatchi morfemalarning o‘xshash va farqli jihatlari o‘zaro solishtiriladi, shuningdek, misollar 
orqali yoritiladi.
Kalit so‘zlar: morfema, tub morfema, xizmatchi morfema, turdosh so‘zlar, o‘zak, prefiks, 
suffiksl, o‘zakli morfema, ikkita suffuksli morfema. 
 
Xitoy tilshunos olimi Chjan Chjigun xitoy tilidagi morfemani tovushga ega bo‘lgan, tilning 
eng kichik ma’noli birligi sifatida ifodalaydi. Birinchi navbatda morfemaning bir bo‘g‘inli 
ekanligiga e’tibor qaratadi. Zamonaviy xitoy tilining morfemasi - bu ohangga ega bo‘lgan, bitta 
iyeroglif bilan yozliadigan bo‘g‘in, deb ta’kidlaydi. 
So‘z yasalishidagi ahamiyatiga va roli bo‘yicha tub va xizmatchi morfemalar ajratiladi. Tub 
morfema so‘zning asosiy, markaziy qismi bo‘lib, asosiy leksik mazmunni ifodalaydi. Tub 
morfemalar leksik yoki ma’noli deb ataladi. 
Tub morfemalar, so‘z yasovchi uyani tashkil etuvchi barcha turdosh so‘zlar tarkibida, barcha 
grammatik o‘zgartiruvchilar qatoriga kiruvchi turdosh so‘zlarning barcha grammatik shaklarida 
takrorlanadi: 
gan - xis qilmoq; 感触 ganchu - ruhiy kechunmalar; 感怀 ganhuai – havotirlanmoq; 
感动gandong – hayajonlanmoq; 感情 ganqing - hissiyot 
感 gan morfemasi barcha so ‘z yasovchi uyani tashkil etuvchi so‘zlarda uchraydi. Yuqorida 
keltirilgan misollardagi ikkinchi moefemalar ham tub hisoblanadi va tegishli lug‘aviy uyani tashkil 
etuvchi turdosh so‘zlarda uchradi. Masalan: 动 dong – harakatlanmoq; 动笔 dongbi – yozmoq; 
动兵 dongbing - harbiy kuch ishlatmoq; 动词 dongci - fe’l va h.k. 
Quyida keltirilgan misollarda 看 kan tub morfema quyidagi so‘zning grammatik shakllarida 
takrorlanadi: 看 kan - ko‘rmoq; 看过 kanguo - ko‘rgan; 看着 kanzhe - ko‘ra turib; 看了 kanle - 
ko‘rdi. 
O‘zak - barcha turdosh so‘zlar va grammatik shakllarda takrorlanadigan hamda asosiy leksik 
mazmunni anglatuvchi so‘zning asosiy, markaziy morfemasidir. Xizmatchi morfema yordamchi
majburiy bo‘lmagan yoki fakultativ, so‘zning turli grammatik va so‘z yasovchi mazmunlarini 
anglatuvchi, ya’ni so‘zning leksik ma’nosini o‘zgartiruvchi, konkretlashtiruvchi sifatida belgilanadi. 
Xitoy tilida xizmatchi morfemalar so‘zdagi o‘rniga qarab odatda prefikslar va suffikslarga ajratiladi. 
Jen Syuelyan, Chjan Szin xitoy tilida infikslarni ham ajratadilar, ularning mavjudligini Chjan Shilu 
ham e’tirof etgan. Xitoy tilida ham boshqa tillardagi kabi, xizmatchi morfemalarning belgilaridan 
biri bo‘lib, ularning ma’noli morfemalardan kelib chiqishi hisoblanadi. Xitoy tilida prefikslarga 
nisbatan suffikslar ko‘p. Suffiksni boshlang‘ich so‘zning negiziga yoki so‘zga qo‘shish, prefeksdagi 
holatga o‘xshash, so‘zning bir so‘z turkumidan boshqasiga o‘zgarishini anglatishi mumkin. 
Masalan: 教(fe’l)+员 - 教员jiaoyuan o‘qituvchi (ot). 
Ma’lumki, suffikslar so‘zda o‘zakdan keyin qo‘llaniladi. Xitoy tilida suffiksli morfema, 
odatda, so‘zning oxirida qo‘llanadi. Lekin shu bilan birga ba’zi-bir hollarda suffiksli morfema 
shakli morfemalar orasida, o‘zakli va boshqa suffiksli morfema, ikkita suffuksli morfema orasida 
ham qo‘llanilishi mumkin. Masalan: ABA 果子酱guozijiang - jem, 石头子儿 shitouzier - mayda 
tosh. 



Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling