“ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ
ТУТГАН ЎРНИ” МАВЗУСИДАГИ РЕСПУБЛИКА ИЛМИЙ-ONLINE КОНФЕРЕНЦИЯСИ МАТЕРИАЛЛАРИ
128
得 dé “to‘g‘ri keladi, qilish kerak” 他病了, 我得去看看他. U betob bo‘lib qoldi, uni
ko‘rgani borishim kerak. Ushbu fe’lning inkor shakli不用 yoki不要 orqali hosil qilinadi.
你不用付款这张帐单。 Sen bu hisobni to‘lashing shart emas.
“Istamoq, xohlamoq” ma’nosidagi fe’llar:
想 xiǎng “istamoq” Bu ko‘p ma’noli fe’l bo‘lib, “istamoq”, “sog‘inmoq”
hamda
“o‘ylamoq”
ma’nolariga
ega.
Odatda
nutqda
“istamoq”
ma’nosida
foydalaniladi.
我很想去看两部电影。 Men ikkita kinoni ko‘rgani borishni juda ham xohlayman.
愿意 yuànyì “istamoq” 要是他不愿意说实话, 你不能强使他。
Agar u haqiqatni
so‘zlashni
istamasa, sen uni majbur qila olmaysan.
Xitoy tilida modal fe’llar mavzusi bo‘yicha materiallar tahlili
quyidagi xulosalarni
chiqarishga imkon beradi:
- xitoy tilida modal fe’llarning gapdagi vazifasi harakatga bo‘lgan munosabatni ifodalashdir.
- xitoy tilida modal fe’llarning o‘ziga
xos xususiyati, ulardan yarim ma’no anglashilishi
hamda ba’zi hollarda nutqiy matnda modal fe’lning o‘zi gapda yetakchi fe’l
vazifasini bajara
olishidir (grammatikada bu hodisa nutqiy ellipsis deyiladi). Bunga yuqorida “我会汉语” (
Men xitoy
tilida [so‘zlasha] olaman) degan misol keltirildi.
- xitoy tilida modal fe’llar hech qanday qo‘shimcha qabul qilmaydi (misol uchun,了,着,
过), bunday qo‘shimchalar yetakchi fe’l vazifasida kelayotgan fe’lgagina qo‘shilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: