“ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ
ТУТГАН ЎРНИ” МАВЗУСИДАГИ РЕСПУБЛИКА ИЛМИЙ-ONLINE КОНФЕРЕНЦИЯСИ МАТЕРИАЛЛАРИ
148
qo’ndi. Humoy kitobni tashlab uchib ketdi. Toqq oldinroq yetib brogan to’rt-besh odam haligi
kitobni “men olay, men olay!” deb talashib qoldilar. Bir-biriga bermagandan keyin uni to’rt-besh
bo’lak qilib bo’lib, turli tomonga olib ket boshladilar. Shunda siz paydo bo’ldingiz. “To’xtanglar
axir, yaxlit kitobni parchalaab olib ketish gunoh-ku”, deb ularni qaytarishga tushtingiz. Lekin
ularning birini qaytarsangiz, boshqasi tutqich bermaydir. Azbaroyi achinganimdan “oh!” tortib,
uyg’onib ketibmen. (469-bet)
Bu tush Akbarni bo’shliq holatdan olib chiqqanday va qalbida qandaydir umid uchqunlarini
paydo qilganday bo’ldi. “Kitob- haqiqat ramzi. Odamlar haqiqatni parcha-parcha qilib turli
tomonga olib ketganlari rost. Ma’naviyat ham parchalangan” (469-bet). Tush epizodidan keyin
Akbar sochilib yotgan o’lkalarni bir davlat qilib birlashtirishni, turli dinga e’tiqod qiluvchilarni
yagina “haqiqat” atrofiga yig’ishni maqsad qilib qo’yadi. Tush epizodi qator voqealar tizmasini
rivojiga sabab bo’ladi. Shundan so’ng Akbar turli mayda o’lkalarni turli yo’llar bilan bir davlat
atrofiga jipslashtiradi. Ma’naviy birlikni amalga oshirish uchun “e’tiqod uyi”ni qurdiradi. Barcha
davlatlardan, hatto Yevropa mamlakatlaridan ham din ahllarini to’plab yagona “haqiqat”ni
anglatmoqchi bo’ladi.
Asarda faqat ikkita tush epizodi bo’lib, ushbu “Psixologik romanda qahramonning ongli va
ongsiz hayoti(tushi va hushi) mantiqan bir-biriga bog’liq holda to’liq tasvirlanadi.”[1, 107]. Bu
ikkita tush tasviri faqat Humoyun va Hamida begim diologlarida tafsilot tarzida beriladi. Bular hech
qanday psixologik funksiya yoki asar voqealarining rivojiga turtki bo’lmaydi.
Biz ushbu maqolamizda P.Qodirovning “Humoyun va Akbar” tarixiy romanidagi tush
vositasining psixologik funksiyasiga e’tibor berib, yozuvchining o’ziga xos uslubini, mahoratini
baholashga harakat qildik. P.Qodirovning “Humoyun va Akbar” romanini “to’g’ridan-to’g’ri biror
tarixiy maktabga mansub deb bo’lmaydi. Ularda xilma-xil romanchilik maktablarining tajribalari
o’ziga xos tarzda mujassamlashgan”- deb baho bergan U.Normatov, ming bora haqlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |