“ххi асрда илм-фан тарақҚиётининг ривожланиш истиқболлари ва уларда инновацияларнинг тутган ўрни” мавзусидаги республика илмий-online конференцияси материаллари


“ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ


Download 2.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/226
Sana17.11.2023
Hajmi2.1 Mb.
#1782238
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   226
Bog'liq
November conf 2019 part 1

“ХХI АСРДА ИЛМ-ФАН ТАРАҚҚИЁТИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ ВА УЛАРДА ИННОВАЦИЯЛАРНИНГ 
ТУТГАН ЎРНИ” МАВЗУСИДАГИ РЕСПУБЛИКА ИЛМИЙ-ONLINE КОНФЕРЕНЦИЯСИ МАТЕРИАЛЛАРИ 
193 
“DEVONU LUG’OTIT - TURK”ASARIDA MAQOL JANRI 
 
Xurramova Maxliyo, 
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat
o’zbek tili va adabiyoti universiteti
O’zbek tili va adabiyoti fakulteti 2-kurs talabasi 
Annotatsiya Maqolada qomusiy alloma Mahmud Koshg’ariyning “Devoni lug’otit -
turk” asari tahlilga tortilgan. Asardagi xalq og’zakimijodi namunalari xususan, maqol va 
ularning qo’llanilishi kuzatilgan. Natijada maqollarning bugungi kun dagi muqobili 
aniqlangan.
Kalit so’zlar: devon, nusxa, maqol, xalq og’zaki ijodi, an’ana, muqobil, badiiyat.
Ijtimoiy va maishiy hayotning barcha jabhalarini qamrab oladigan, xalqimizning asrlar 
davomida to’plab kelgan tajribalarini qisqa va tushunarli ifodalaydigan kichik hajmli asar 
maqollardir. Bu janrda har bir holat qolipga solinib, ixchamlashtirilib, badiiy ifoda etiladi. Ona 
xalqimizning “zuvalasi pishiq” iborasini maqollarga nisbatan ham qo’llashimiz mumkin. Sababi:
ular hajman kichkina bo’lsalar-da, mazmunan basavlatdir. Barchamizga ma’lumki, maqol arabcha 
“so’z” deganidir. Ular nasriy va she’riy tuzilishga ega. Adabiyotimiz tarixida boshidan oxirigacha
maqol bilan yozilgan asar Muhammadsharif Gulxaniyning “ Zarbulmasal”idir. Asarda 400dan ortiq 
maqol qo’llanganligi haqida ma’lumotlar bor. 
XI asrda yashab o’tgan mashhur olim Mahmud Koshg’ariy qalamiga mansub “ Devoni 
lug’otit turk” ( Turkiy so’zlar devoni”) o’z davridagi turkiy qabilalarning lug’atini izohlashga 
bag’ishlangan. Devon faqat lug’at bo’lib qolmay, unda maqol, matal, mif, marsiya singari janr 
namunalarini, hatto yer yuzining xaritasini ham ko’rishimiz ham mumkin. Bundan tashqari, 
devonda XI asrning fonetikasi va grammatikasi ham bordir. 1914- yilda kitobni do’kondordan sotib 
olgan Ali Amiriy “ Bu kitobga haqiqiy qiymat bermak lozim bo’lsa, jahonning xazinalari kifoya 
qilmas”[ 3.5-b] degandi. Biz quyida “ Devoni lug’otit- turk”da uchraydigan maqollarni tahlil etib, 
muqobili bor maqollar, muqobili yo’q maqollar, shaklan aynan o’zgarmagan maqollar singari
guruhlarda tasnifladik .

Download 2.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling