HiEdTec 1 Reja
Shahar tarmoqlari (MAN) va ularning qurilish usullari
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
MAN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Simsiz MAN tarmoqlari
2. Shahar tarmoqlari (MAN) va ularning qurilish usullari
Modernization of Higher Education in Central Asia through New Technologies (HiEdTec) 3 Oxirgi foydalanuvchilarning terminallari, provayderlarnng taqdim etadigan xizmat turlari, kundalik ish faoliyatidagi ehtiyojlar sabab bo’lsa kerak, MAN tarmoqlari ham simsiz ham simli texnologiyalar asosida samarali qurilmoqda va xizmatlarni taqdim etib kelmoqda. Idoralar, maktablar, campuslar va xonadonlar LAN tarmoqlari asosida qurilsa, shaharlar, shtatlar, viloyat yoki mamlakat MAN tarmoqlari asosida quriladi. Bunday katta hududlar ikki xil texnologiya asosida quriladi: simli va simsiz. Shahar ichi tarmoqlarida telekommunikatsiya xizmat provayderlari, masalan Interner provayderlari, foydalanuvchilarga, tashkilotlar, institutlarga ikki muhit orqali xizmatlarni taqdim etadi. Shaharlararo aloqa esa asosan optik kabellar orqali ta’minlanadi. Simsiz MAN tarmoqlari. Hozirgi kunda Korea, Yaponiya kabi rivojlangan mamlakatlarda shahar tarmoqlarini simsiz texnologiyalar asosida qurish ommalashgan. Buning asosiy sabablaridan qilib foydalanuvchi terminallari (smartfon, noutbok, platshet, turli raqamli qurilmalar) simsiz bog’lanishlarni qo’llab quvvatlashidir. WiMAX, LTE va sputnik texnologiyalari asosida shahar telekommunikatsiya tarmoqlari simsiz ko’rinishda qurish mumkin. WiMax (Worldwide Interoperability for Microwave Acces) - bu IEEE 802.16 standartlari to'plamiga asoslangan simsiz keng polosali aloqa standartlari oilasiga mansub bo’lgan texnologiya hisoblanadi. WiMAX ikkita asosiy komponentdan tashkil topadi: WiMax antenna va WiMax terminal. Wi-Fi texnologiyasi singari, WiMax antenna foydalanuvchi kompyuteriga to'g'ridan-to'g'ri ulanadi. Msobl uchun O’zbekistonda WiMax standarti asosida faoliyat olib borayotgan Internet provayderi EVO ham WiMax texnologiyasi asosida qurilgan. Foydalanuvchi WiMax modemini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling