Hikayeler Ve Hikmetler- abdulla Qahhar


Hikayeler Ve Hikmetler- Abdulla Qahhar


Download 326.32 Kb.
Pdf ko'rish
bet44/58
Sana20.11.2023
Hajmi326.32 Kb.
#1788315
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   58
Bog'liq
1543-Hikayeler Ve Hikmetler-Abdulla Qahhar-Ozbek-Latin-62s

Hikayeler Ve Hikmetler- Abdulla Qahhar 
 
 
samovarni topishdan ko’ra kondan mis qazib, samovar yasash osonroq ekan: cholning 
bormagan magazini, yalinmagan magazin mudiri qolmadi. O’g’li bilan kelini uning yelib-
yugurishiga, unda shuncha kuch qayoqdan paydo bo’lganiga hayron edi. 
Nihoyat, mahalladagi mansabdorlar yordami bilan samovar topildi, mahalla faollari akt 
bilan qabul qilib oldi, umumiy majlisda rais Hikmat buvaga rahmatlaar aytdi, hamma 
chapak chaldi. 
Shu majlisda yana bir masala ko’tarildi: mahallada har kuni bo’lmasa ham, haftada ikki-
uch marta to’y-ma’raka, tug’ilgan kun va boshqa marosimlar bo’lib turadi, kim marosim 
o’tkazadigan bo’lsa uyma-uy yurib idish-tovoq, dasturxon va boshqa narsalar tilaydi, 
faollar mahalladan pul yig’ib biron yuz ellik kishilik mahalla ro’zg’ori tashkil qilsa 
bo’lmaydimi? 
Bu taklifni hamma olqishladi, buning mutasaddisi kim bo’ladi, degan saaavolga anovi 
shifokor yana Hikmat buvani taklif qildi. Bu taklifni ma’qullab hamma qiy-chuv ko’tardi. 
Hikmat buva unamasdan qarshi so’z aytgaani o’rnidan turgan edi, shuncha odam chapak 
chalib, ko’ziga qarab turganini ko’rib indayolmadi. 
Mahalla necha xonadon? Bularning hammasi cholni ovora qilmaay pulni keltirib bera 
qolsa ekan! Bu xonadonlardan ko’piga kirish kerak, koshki bir kirganda pulni bera qolsa 
ekan: biri ertaga keeling deydi,, biron falonci muncha berganda men nega shuncha berar 
ekanmaan, deb xarxasha qiladi, biri majlisda angrayib o’tirib gapga yaxshi tushunmagan, 
unga tushuntirish kerak bo’ladi… 
Chol har kuni ertalabdan xonadondan xonadonga, bor pulga bir nima olib qolish uchun 
magazindan magazinga, arz-dod qilgani idoradan idoraga yugurar, shu orada fursat topib 
ba’zan kampirining mozoriga ham borib kelar edi. 

Download 326.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling