Hikayeler Ve Hikmetler- abdulla Qahhar


o’ngimdan ketmay, bular bilan samimiy ko’risha olmadim: Akramjonni bir nav


Download 326.32 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/58
Sana20.11.2023
Hajmi326.32 Kb.
#1788315
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   58
Bog'liq
1543-Hikayeler Ve Hikmetler-Abdulla Qahhar-Ozbek-Latin-62s

o’ngimdan ketmay, bular bilan samimiy ko’risha olmadim: Akramjonni bir nav 
quchoqlagan bo’ldim, juvonga esa qo’limning uchini berdim. 
Juvon: 
- Amaki, meni tanidingizmi?-dedi va xurjundan ikkita olma olib, birini menga berdi. 
- Qayerdadir ko’rganday bo’laman, lekin… 
Juvon qo’lidagi olmani ustma-ust bir necha martaba tishladi va chala chaynab yutdi. 
- Endi ham tanimadingizmi?- dedi. 
Tanidim! Faqat ko’zini tanidim! Kulimsirab, olamga tabassum sochib turgan bu juvon 
o’sha Mastura edi. Men nima deyishimni bilmay: 
- Bu yoqda nima qilib yuribsiz?- dedim. 
Mastura kuldi. 
- Kuchimni, g’ayratimni to’la-to’kis ishga solib yuribman,-dedi. 
- Operatsiyaga kirib ketayotganingizda men yo’lakda turgan edim, hayajonda bo’lsangiz 
kerak, tanimadingiz… 
- Yo’q, amaki,- dedi Mastura bir oz xijolat bo’lib,-kechirasiz, atayin so’rashmagan edim… 
So’rashsam, menga tasalli berar edingiz… O’sha tobda menga tasalli berib aytilgan har bir 
so’z ishonchimga rahna, ko’nglimga g’ulg’ula solishi mumkin edi. 


 
Hikayeler Ve Hikmetler- Abdulla Qahhar 
 
 
Uzoq suhbatlashdik. Er-xotin otlarini yetaklab, meni talay yergacha kuzatib qo’yishdi: 
so’ng xayrlashib so’l tomonga ot qo’yib ketishdi. 
Men sahroda lochinday uchib ketayotgan Mastura bilan Akramjonga uzoq qarab qoldim. 
Ikkovi ufqqa yetganda, bari orqaga qaytdi, hayal o’tmay qaytib keldi. 
Bu Mastura ekan, yo’ldan bir necha qadam narida turib: 
- Amaki, Hoji akamga salom ayting,-dedi va ufqqa kutib turgan Akramjonga tomon ot 
qo’yib ketdi. 
Shaharga qaytganimizdan keyin Masturaning omonatini topshirish uchun Hoji akani 

Download 326.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling