Bola anchagacha uyqu g’ashligi bilan yig’ladi, keyin otasining g’azabidan, onasining
ahvolidan qo’rqib,kampir o’rgatgancha duo qildi:
-Xudoyo ayamdi daydiga davo beygin…
Bemor kundan-kun battar, oxiri o’sal bo’ldi. “Ko’ngilga armonbo’lmasin” deb “chilyosin”
ham qildirishga to’g’ri keldi. Sotiboldi to’qigan savatchalarini ulgurji oladigan baqqoldan
yigirma tanga qarz ko’tardi. “Chilyosin”dan bemor tetik chiqqanday bo’ldi; shu kechasi
hatto ko’zini ochib, qizchasini yoniga tortdi va pichirladi:
- Xudo qizimning saharlari qilgan duosini dargohiga qabul qildi. Dadasi, endi tuzukman,
qizimni saharlari uyg’otmang.
Yana ko’ziniyumdi, shu yumganicha qaytib ochmadi – saharga borib uzildi. Sotiboldi
qizchasini o’lik yonidan olib, boshqa yoqqa yotqizayotganda qizcha uyg’ondi va ko’zini
ochmasdan odatdagicha duo qildi:
Hikayeler Ve Hikmetler- Abdulla Qahhar
-Xudoyo ayamdi daydiga davo beygin…
1936- yil
DAHSHAT
Xotin-qizlarning burun zamonda ko’rgan kunini bilmaysizlar, qizlarim, aytgan bilan
ishonmaysizlar!..
To’raxon oyi
Y
aqin ikki haftadan beri ko’z ochirmayotgan kuzak shamoli yaydoq daraxtlar
shoxida chiyillaydi, g’uvillaydi; tomlarda vishillaydi, yopiq eshik va darchalarga
bosh urib uf tortadi.
Bunday kechalarda odamzod qo’ymijoz, g’uj bo’lib va nimanidir kutib jimgina
o’tirishni xohlab qoladi.
Olimbek dodxoning sakkiz xotini katta kundosh Nodirmohbegimning uyiga yig’ilib,
sandal atrofida o’tirishar edi. Dodho har kecha tarovih namozidan keyin halqaga
Do'stlaringiz bilan baham: |