Hikayeler Ve Hikmetler- abdulla Qahhar


Bola anchagacha uyqu g’ashligi bilan yig’ladi, keyin otasining g’azabidan, onasining


Download 326.32 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/58
Sana20.11.2023
Hajmi326.32 Kb.
#1788315
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   58
Bog'liq
1543-Hikayeler Ve Hikmetler-Abdulla Qahhar-Ozbek-Latin-62s

Bola anchagacha uyqu g’ashligi bilan yig’ladi, keyin otasining g’azabidan, onasining 
ahvolidan qo’rqib,kampir o’rgatgancha duo qildi: 
-Xudoyo ayamdi daydiga davo beygin… 
Bemor kundan-kun battar, oxiri o’sal bo’ldi. “Ko’ngilga armonbo’lmasin” deb “chilyosin” 
ham qildirishga to’g’ri keldi. Sotiboldi to’qigan savatchalarini ulgurji oladigan baqqoldan 
yigirma tanga qarz ko’tardi. “Chilyosin”dan bemor tetik chiqqanday bo’ldi; shu kechasi 
hatto ko’zini ochib, qizchasini yoniga tortdi va pichirladi: 
- Xudo qizimning saharlari qilgan duosini dargohiga qabul qildi. Dadasi, endi tuzukman, 
qizimni saharlari uyg’otmang. 
Yana ko’ziniyumdi, shu yumganicha qaytib ochmadi – saharga borib uzildi. Sotiboldi 
qizchasini o’lik yonidan olib, boshqa yoqqa yotqizayotganda qizcha uyg’ondi va ko’zini 
ochmasdan odatdagicha duo qildi: 


 
Hikayeler Ve Hikmetler- Abdulla Qahhar 
 
 
-Xudoyo ayamdi daydiga davo beygin… 
 1936- yil 
DAHSHAT 
Xotin-qizlarning burun zamonda ko’rgan kunini bilmaysizlar, qizlarim, aytgan bilan 
ishonmaysizlar!.. 
To’raxon oyi
 


Y
aqin ikki haftadan beri ko’z ochirmayotgan kuzak shamoli yaydoq daraxtlar 
shoxida chiyillaydi, g’uvillaydi; tomlarda vishillaydi, yopiq eshik va darchalarga 
bosh urib uf tortadi. 
Bunday kechalarda odamzod qo’ymijoz, g’uj bo’lib va nimanidir kutib jimgina 
o’tirishni xohlab qoladi.
Olimbek dodxoning sakkiz xotini katta kundosh Nodirmohbegimning uyiga yig’ilib, 
sandal atrofida o’tirishar edi. Dodho har kecha tarovih namozidan keyin halqaga 

Download 326.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling