Hikmat durdonalari


Download 43 Kb.
Sana20.10.2020
Hajmi43 Kb.
#135132
Bog'liq
5-sinf-adabiyot-fanidan-mavzulashtirilgan-testlar-toplami.baxtiyor.uz





5-SINF

1-DARS. ADABIYOT – SO’Z SAN’ATI. (3-347-betlar)

Reja:

1. Hikmat durdonalari.



2. Rivoyat va ertaklar olamida.

3. Bolalikning beg’ubor olami.

4. Mumtoz adabiyot bo’stoni.

5. Vatanni sevmoq iymondandir.


Hikmat durdonalari

1. Arabcha “so’z” degan ma’noni bildiruvchi xalq og’zaki ijodiga hos janr qaysi qatorda berilgan?

A) rivoyat B) maqol C) ertak D) hikoyat

2. Adabiy turlar berilgan qatorni aniqlang.

A) roman, hikoya, qissa B) adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi C) she’riyat, nasr, dramaturgiya, maxsus tur D) maqol, matal, topishmoq

3. Folklor atamasi birinchi marta qachon va kim tamonidan qo’llangan?

A) 1846- yilda V. Toms B) 1892- yilda V. Rodlov C) 1842- yilda V. Toms D) 1920- yilda S. Malov

4. Hadislarbarcha shartlariga ko’ra tekshirilib qanday turlarga bo’linadi.

A) sahih va g’ayri sahih B) hadis matni va sanadi C) hadis musnadi va sanadi D) B va C

5. Imom al-Buxoriyning “Al-jome’ as-sahih” kitobida nechta ishonchli hadis jamlangan?

A) 7275 ta B) 7375 ta C) 7397 ta D) 600000 ta

6. Buxoro amiri Xolid ibn Ahmadning taklifiga javoban “Men ilmni xor qilmayman, uni hukmdorlar eshigiga olib bormayman” deb javob qaytargan olim kim?

A) Firdavsiy B) Ezop C) Imom al-Buxoriy D) Beruniy

7. Musnad nima?

A) Hadislarni bir-biridan eshitib, rivoyat qilib, avloddan avlodga qoldirib kelgan roviylar ro’yxati B) hadis ilmi bilan shug’ullanuvchi olimlar C) Payg’ambarimiz so’zlarining qachon qanday sharoitda, kimlar huzurida aytilganligi hujjati D) to’g’ri javob yo’q

8. Milloddan avvalgi VI asrda yashagan Lidiya shohi Kerz saroyida xizmat qilgan, Vavilon shohi Likurg saltanatida xazinabon darajasiga ko’tarilgan, Delfa shahrida tog’ qoyasida otib yuborib o’ldirilgan jahon adabiyotining buyuk darg’asi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) Herodot B) Aristotel C) Ezop D) Lafonten

9. Masal janrining rus adabiyotida rivojlanishiga beqiyos hissa qo’shgan masalchilarni aniqlang.

A) Babriy, I. Krilov B) I. Krilov C) Lessing, Gellert D) Lafonten, Fedr
Rivoyat va ertaklar olamida

1. Herodotning “Tarix” kitobida keltirilgan “To’maris” haqidagi afsonada eng muhim gap iborat?

A) To’marisning eronliklarga qarshi kurashi B) Ayol kishining jasorat ko’rsatib, dushmanga qarshi kurashi C) To’marisning o’g’li Sparangizni Kir qo’shinlaridan yengilib, o’zini o’ldirishi D) To’maris jangda o’lgan Kirning boshini kestirib, qon bilan to’ldirilgan meshga solishini buyurishi

2. Mirkarim Osim “Shiroq” afsonasini qaysi manbaga asoslanib yaratgan?

A) Herodotning “Tarix” kitobiga B) Polienning “Harbiy hiylalar” kitobiga C) Aristotelning “Poetika” asariga D) hech qanday manbaga asoslanmagan

3. Sof mifologik afsonalar qatorini aniqlang.

A) “Qayumars”, “Odami Od”, “Hazrati Xizr” B) “Devqal’a”, “Kalta minor” C) “Ilonbuzgan”, “Anbar ona” D) A va C

4. Ota va o’g’illarning safar oldidan suhbati qaysi asarda tasvirlangan?

A) “Shiroq” afsonasida B) “To’maris” afsonasida C) “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonida D) “Uch og’a-ini botirlar” ertagida

5. Maktab darsliklari uchun ibratli ertaklar yaratgan jadid adabiyoti vakillarini aniqlang.

A) X. To’xtaboyev, A. Obidjon, T. Adashboyev B) M. Behbudiy, A. Fitrat, Avloniy C) Siddiqiy-Ajziy, Hamza, S. Jo’ra, H. Olimjon D) B va C

6. Hamid Olimjon qalamiga mansub she’riy dramalar qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) “Janub kechasida”, “O’rik gullaganda” B) “Zaynab va Omon”, “Ofeliyaning o’limi” C) “Muqanna”, “Jinoyat” D) H.Olimjon drama yozmagan

7. “Oygul bilan Baxtiyor” ertak-dostonida zindonda yotgan Oygulni zindondan ozod etgan obrazni aniqlang.

A) Baliqchi chol B) Qul Tarlon C) Jambil xoni D) Oygulni zindondan ozod etgan shaxsning ismi qayd etilmagan

8. “O’n besh yilning daftari”, “Zamon torlari”, “Shu’la” kabi she’riy to’plamlarning muallifi kim?

A) M.Shayxzoda B) H.Olimjon C) Shukrullo D) Oybek

9. Shukrulloning birinchi she’ri qanday nomlangan?

A) “Baxt qonuni” B) “Birinchi daftar” C) “Qalb qo’shiqlari” D) to’g’ri javob yo’q

10. Shukrulloning nasriy asarlari berilgan javobni aniqlang.

A) “Hayot ilhomlari”, “Inson va yaxshilik” B) “Javohirlar sandig’i”, “Kafansiz ko’milganlar” C) “Tirik ruhlar”, “Otash va gul” D) B va C

11. Birinchi o’zbek yuristi Ubaydulla Xo’jayev hayoti haqida hikoya qiladigan asar qaysi qatorda to’g’ri berilgan?

A) “Kafansiz ko’milganlar” Shukrullo B) “O’g’rini qaroqchi o’rdi” M.Shayxzoda C) “Tirik ruhlar” Shukrullo D) “Tillatopar” Oybek

12. “Daniyaning Odens shahrida tug’ilgan Kopengagen universitetida o’qigan Gyugo, Balzak, Dyumo, Dikkens, Geyne kabi buyuk ijodkorlar bilan muloqotda bo’lgan”. Ushbu tarjimai hol qaysi ijodkorga tegishli?

A) A.S.Ekzyuperi B) N.Dumbadze C) H.K.Andersen D) Ezop
Bolalikning beg’ubor olami

1. Abdulla Qodiriy yana qanday romanlar yozish uchun ijodiy tayyorgarlik ko’rgan?

A) “Qasosqorning oltin boshi”, “Fikr aylagil” B) “Xalq dushmani”, “Turg’un chavondoz” C) “Amir Umarxonning kanizi”, “Namoz o’g’ri” D) “Ahvolimiz”, “Millatimga bir qaror”

2. A.Qodiriyning “Uloqda” hikoyasida uloq chopish paytida halok bo’lgan obrazni aniqlang.

A) Turg’un B) Mahkam C) To’g’onboy D) Esonboy

3. 1926- yilda chop etilgan “Tuyg’ular” nomli sheriy to’plam qaysi ijodkor qalamiga mansub?

A) Oybek B) Shukrullo C) H.Olimjon D) M.Shayxzoda

4. “Chol kasal odamga o’xshab, sekin-sekin pastga tushdi. Usiq qoshlari tagida qisilib yotgan ko’zlari ila hammamizga yalingansimon qaradi…” Mazkur jumla qaysi asardan olingan?

A) Oybek “Navoiy” romani B) Oybek “Fanorchi ota” hikoyasi C) H.K.Andersen “Bulbul” ertagi D) A.Qodiriy “Uloqda” hikoyasi

5. Pushkinning “Yevgeniy Onegin”, Lermontovning “Maskarad”, arman xalq eposi “Sosunli Dovud” dostonlarini o’zbek tiliga kim tarjima qilgan?

A) Cho’lpon B) Oybek C) G’afur G’ulom D) Shukrullo

6. “– Nimalarning xayolini surardim. Shu to’rtta yetimning ertasini o’ylayman-da. Zamonni ko’rib turibsan, tiriklik toshdan qattiq, tuyaning ko’ziday non anqoga shapig‘”. Mazkur jumla qaysi asardan olingan?

A) G’afur G’ulom “Shum bola” qissasi B) Oybek “Bolalik” qissasi C) G’afur G’ulom “Mening o’g’rigina bolam” hikoyasi D) A.Qodiriy “Uloqda” hikoyasi

7. Mashhur yozuvchi O.Genrining “Darddoshlarim” nomli asari bilan o’zbek adabiyotidagi qaysi asar o’rtasida muayyan o’xshashlik, umumiylik mavjud?

A) G’afur G’ulom “Shum bola” qissasi B) Oybek “Bolalik” qissasi C) G’afur G’ulom “Mening o’g’rigina bolam” hikoyasi D) A.Qodiriy “Uloqda” hikoyasi

8. “Eng dahshatli sukunat – shoir jim yurishi” Ushbu misra muallifini aniqlang.

A) Cho’lpon B) Shukrullo C) G’afur G’ulom D) Xurshid Davron

9. Vaznga solingan, biroq qofiyasi bo’lmagan she’r…

A) sarbast B) turoq C) nasriy she’r D) oq she’r

10. Nasriy she’rning asosiy belgisi nimadan iborat?

A) ma’lum vazinga va izchil qofiyaga ega emasligi B) ramziy tasvir uslubining kuchliligi C) ritorik qaytariqlarning ko’pligi, pauzalarning ko’pligi D) A, B, C

11. O’.Hoshimov qalamiga mansub qissalar qatorini belgilang.

A) “Odamlar nima derkin”, “Shamol esaveradi” B) “Qatag’on”, “To’ylar muborak” C) “Bahor qaytmaydi”, “Dunyoning ishlari” D) A va C

12. “… dostondek o’qiladi. Uni o’qib o’z onalarimizni o’ylab ketamiz…” S. Ahmadning ushbu fikrlari O’tkir Hoshimovning qaysi asari haqida?

A) “Yo’qotganlarim va topganlarim” B) “Ikki eshik orasi” C) “Dunyoning ishlari” D) “Kelinlar qo’zg’oloni”

13. “Oydin kechalar”, “Oy tutilgan kecha”, “Afrosiyob go’zali” kabi bir qator kitoblar muallifini aniqlang.

A) Maqsud Qoriyev B) Mirtemir C) O’tkir Hoshimov D) O’lmas Umarbekov

14. Maqsud Qoriyevning Toshkent zilzilasi haqida so’z yurituvchi asari qaysi?

A) “Oy tutilgan kecha” B) “Qaytar dunyo” C) “Qaldirg’ochlar bahorda keladi” D) “Oydin kechalar”

15. Antuan de Sent – Ekzyuperining qaysi asari 1931- yilda “Femina” mukofotiga munosib ko’rilgan?

A) “Janub chopari” B) “Tungi parvoz” C) “Kichkina shahzoda” D) “Harbiy uchuvchi”
Mumtoz adabiyot bo’stoni

1. Yaxshidur avvalg’isi xud begumon,

Lek ikkinchisi ham ermas yomon. Mazkur bayt A.Navoiyning qaysi asaridan olingan?

A) “Farhod va Shirin” B) “Hayrat ul-abror” C) “Lison ut-tayr” D) “Muhokamat ul-lug’atayn”

2. “Sher bilan Durroj” hikoyati A.Navoiy “Xamsa”sining qaysi dostonida keltirilgan?

A) “Hayrat ul-abror” B) “Farhod va Shirin” C) “Sab’ai sayyor” D) Saddi Iskandariy

3. Vaslingg’a yetishmadim, jihat bu erdi:

Yo’l balchiq edi, kecha qorong’u erdi.

Ohim tutuni birla ko’zimning yoshidin

Hajringda but un ko’ngulda qayg’u erdi. (Bobur) Ushbu ruboiyning to’g’ri tartibini belgilang.

A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 1, 3, 4 C) 4, 2, 3, 1 D) 4, 3, 2, 1

4. Do’rmancha, O’ltarma, Roshidan, Zohidon, Qudash kabi joy nomlari kimning qaysi asarda uchraydi?

A) Zavqiy “Sayohatnoma” B) Muqimiy “Tanobchilar” C) Muqimiy “Sayohatnoma” D) Muqimiy “Devon”da

5. Birov ilmdon-u bo’lsa tadbirkor,

Nogoh toyib ketsa oyog’i yakbor.

Kichik bir xatoga gapirma qo’pol,

Ulug’lar demishlar: “Yaxshilikni ol!” She’r muallifi qaysi javobda ko’rsatilgan?

A) A.Navoiy B) H.Sheroziy C) S.Sheroziy D) Muqimiy

6. S.Yesenin, A.Blok, Gyote, L.Ukrainka, R.Hamzatov kabi jahon adabiyoti vakillarining asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan ijodkorni aniqlang.

A) Abdulla Oripov B) O’.Umarbekov C) Erkin Vohidov D) U.Nosir

7. Mashhur tarixiy shaxslar va voqealarni madh etuvchi tantanavor uslubdagi she’r qanday ataladi?

A) g’azal B) qasida C) ta’rix D) noma

8. Alisher Navoiyning qaysi asarlarida majoziy shakldagi ibratli hikoyatlar mavjud?

A) “Hauratul - abror” va “Majolis un-nafois”da B) “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”da C) “Majolis un-nafois” va “Nasoyim ul-muhabbat”da D) “Hayrat ul-abror” va “Lison ut-tayr”da


Vatanni sevmoq iymondandir

1. 1914-1915- yillarda Hamza yaratgan “milliy romanlar”ni aniqlang.

A) “Yangi saodat”, “O’ch” B) “Boy ila xizmatchi”, “Farg’ona fojiasi” C) “Zaharli hayot yoxud Ishq qurbonlari”, “Ilm hidoyati” D) “Yangi saodat”, “Uchrashuv”

2. Buyuk italyan shoiri Dantening “Ilohiy komediya” asarini juda katta mahorat bilan o’zbek tiliga tarjima qilgan o’zbek shoirini aniqlang.

A) Erkin Vohidov B) Abdulla Oripov C) M.Shayxzoda D) U.Nosir

3. O’.Umarbekovning A.Qahhor tamonidan yuksak baholangan asarini aniqlang.

A) “Hayot abadiy” B) “Urush farzandi” C) “Sevgim, sevgilim” D) “Odam bo’lish qiyin”

4. “Bu dunyoga kelganlarning, albatta, ketmog’i bor. Kimdir bir kun oldin, kimdir bir kun keyin… Ketadi-yu, qaytmaydi. Mangu dunyo abadiy uni o’z quchog’iga oladi”. Qaysi asar mazkur jumlalar bilan boshlangan?

A) O’.Umarbekov “Hayot abadiy” B) N.Dumbadze “Hellados” C) O’.Umarbekov “Qizimga maktublar” D) M.Qoriyev “Qaldirg’ochlar bahorda keladi”

5. Ch.Aytmatovning “Qiyomat” romanidan joy olgan “Oltovlon va yettinchi” taqdiri to’g’risidagi adabiy mavzu yana qaysi asarda ochib berilgan?

A) N.Dumbadze “Hellados” B) N.Dumbadze “Abadiyat qonuni” C) O’lmas Umarbekov “Qizimga maktublar” D) A.Sent – Ekzyuperi “Kichkina shahzoda”
Javoblar:

Hikmat durdonalari 1-B 2-C 3-A 4-B 5-C 6-C 7-A 8-C 9-B

Rivoyat va ertaklar olamida 1-D 2-B 3-A 4-D 5-B 6-C 7-B 8-A 9-B 10-B 11-C 12-A

Bolalikning beg’ubor olami 1-C 2-D 3-A 4-B 5-B 6-C 7-C 8-D 9-D 10-D 11-D 12-C 13-A 14-C 15-B

Mumtoz adabiyot bo’stoni 1-B 2-A 3-C 4-C 5-C 6-C 7-B 8-D

Vatanni sevmoq iymondandir 1-D 2-B 3-C 4-C 5-A






Download 43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling